Tayanch tushunchalar
Davlat antimonopol siyosati – monopoliyalar faoliyatini
cheklash, tartibga solish va raqobatchilik muhitini vujudga
keltirishga qaratiladi.
Tabiiy monopoliyalar – ishlab chiqarishning texnologik xusu-
siyatiga ko‘ra raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda talabni
qondirishning o‘ziga xos bozor tuzilmasi.
Monopol faoliyatni tartibga solish – bu davlatning ishlab
chiqaruvchilarning bozorni monopollashtirish imkoniyatini cheklash
maqsadida amalga oshiradigan qonunchilik, ma’muriy va iqtisodiy
tavsifdagi chora-tadbirlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |