224
Tabiiy monopoliyalar – ishlab chiqarishning texnologik xusu-
siyatiga ko‘ra raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda talabni qon-
dirishning o‘ziga xos bozor tuzilmasidir.
Tabiiy monopoliyalar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar
iste’molda boshqa tovarlar bilan almashtirilishi mumkin emas.
Bunday tovarlarga talabning o‘zgarishiga ular narxining o‘zgarishi
kam darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Tabiiy monopoliyalar obyektiv sabablarga ko‘ra vujudga keladi.
U aynan olingan biron-bir tovarga talab bir yoki bir nechta ishlab
chiqaruvchilar
tomonidan
samarali
darajada
qondiriladigan
vaziyatni ifodalaydi. Tabiiy monopoliyalarning asosi – ishlab
chiqarish texnologiyalari va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishning
o‘ziga xos xususiyatlaridir. Bu yerda raqobatni qo‘llash mumkin
emas yoki uni qo‘llash samarasiz. Masalan, energiya ta’minoti,
aloqa xizmati ko‘rsatish va shu kabilar o‘z tabiatiga ko‘ra bozorda
monopol mavqeni egallaydi.
Tabiiy monopoliyalar quyidagi sohalarda faoliyat ko‘rsatadi:
– magistral truba o‘tkazgichlarda gaz, neft va neft mahsu-
lotlarini jo‘natish;
– elektr va issiqlik energiyasini uzatish xizmati;
– temir yo‘l transporti;
– transport terminallari, aeroport, suv portlari xizmati.
– aloqa, pochta xizmati va h.k.
Qayd qilingan monopol tuzilmalarning asosiy belgilari quyi-
dagilar:
– faoliyat qilish tartibini o‘rnatish, ro‘yobga chiqarish va to‘x-
tatish huquqiy asoslanganligi;
– tarmoqlar va xo‘jalik yuritish sohalari bo‘yicha faoliyat
ko‘rsatishining chegaralanganligi;
– monopoliya subyektlari umumiy huquqiy mavqega ega
bo‘lgan holda, ular huquq va majburiyatlarining o‘ziga xosligi;
– monopoliyalar faoliyatini tartibga solishning yaxlit tizimi
mavjudligi;
– tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqa-
riladigan tovar(xizmat) lar boshqalari bilan almashtirilishi mumkin
emasligi, ularning o‘rnini bosuvchisi mavjud bo‘lmasligi;
225
– mazkur tovarlar bozorida talabning noegiluvchanligi, uning
doimiy barqarorligi. Bu ularga narx (ta’rif) oshgan taqdirda ham,
talab o‘zgarmay qolishini anglatadi.
Umumiy holda tabiiy monopoliyalar texnologiyalardagi
xususiyatlar tufayli tarmoq yoki sohaga raqobatchilarning kirishi
uchun to‘siqlarning mavjud bo‘lishi yoki davlat yaratib bergan
imtiyozlar natijasida vujudga keladi va faoliyat ko‘rsatadi.
Tabiiy monopoliyalar ishlab chiqarish ko‘lami hisobiga uzoq
muddatli o‘rtacha xarajatlarni kamaytirib borish imkoniyatiga ega
bo‘ladi. Sohada yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishi
ko‘lam samarasi yo‘qolishi tufayli xarajatlarning o‘sib, sama-
radorlikning pasayishiga olib keladi.
Grafik tabiiy monopoliyalar sharoitida narx va ishlab chiqarish
hajmining aniqlanishini tasvirlaydi. Bu yerda:
LAC va LMS – korxonaning uzoq muddatli davrda o‘rtacha va
keyingi xarajatlari egri chizig‘i;
MR – keyingi daromad egri chizig‘i;
D – talab egri chizig‘i.
Do'stlaringiz bilan baham: