240
Mehnatga haq to‘lashning tegishli razryadlari bo‘yicha ish
haqini hisoblashda u eng kam ish haqi miqdoriga ko‘paytiriladi.
Agar biron kasb 18-razryadga kiritilsa, unga to‘lanadigan ish
haqi shu razryad tarif koeffitsiyenti (8,522)ni eng kam ish haqi miq-
dori (2017-yil 1 dekabrdan 172240 so‘m) ga ko‘paytiriladi, ya’ni
8,522 x 172240
1467829 so‘m 28 tiyin.
3. Ishchi kuchi bozorida ish haqi
Mehnatning alohida turlariga talab darajasining aniqlanishi va
ish haqi darajasini belgilovchi bir qator umumiy omillar mavjud.
Ularning asosiylari qo‘yidagilar:
mehnatning aniq turi taklifining cheklanganligi;
bajariladigan ishlarning jozibadorligi;
ishlovchilarning malakasi, kasbiy tayyorgarligi va mahorati.
Mamlakatdagi ishchi kuchi umumiy taklifini quyidagi omillar
belgilab beradi:
mamlakat aholisining soni;
aholining umumiy sonida mehnatga yaroqli bo‘lganlar salmog‘i;
aholining jinsi va yosh tarkibi.
Mehnatning sof raqobatli bozorida ish haqi darajasining shakl-
lanishi quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
ish haqi darajasi alohida mehnat turiga yalpi talab va uning
yalpi taklifi ta’sirida shakllanadi;
alohida ishga yollanuvchilar va ishga yollovchilar ish haqi
darajasiga ta’sir ko‘rsata olmaydi;
mehnatga umumiy talab yoki uning umumiy taklifidagi ancha
katta o‘zgarishlar ish haqi darajasida o‘zgarish bo‘lishiga olib
keladi.
Monopsoniya sharoitida ish haqi darajasi quyidagicha aniq-
lanadi:
ishga yollovchilar ish haqi darajasini belgilashda nisbiy hukm-
ronlikka ega bo‘ladi;
alohida mehnat turi taklifining cheklanishi ish haqi o‘rtacha
darajasining ko‘tarilishiga olib keladi;
mehnat turiga talab kamayganda ish haqi darajasi pasayadi.
241
Ishchi kuchi bozorida ish haqi darajasi (W) va band bo‘lganlar
soni (L) talab (D) va taklif (S) ning o‘zaro ta’siri natijasida
aniqlanadi
Mazkur bozorda muvozanatlik barcha tadbirkorlar W0
darajasida ish haqi to‘lashga roziligini, yetarli miqdorda bo‘sh
qo‘llar mavjudligini va ishchi kuchiga talab to‘liq qondirilganligini
anglatadi.
Bozor muvozanati holatida barcha xodimlar to‘liq ish bilan
ta’minlangan va ish haqining W0 darajasida o‘zlarining mehnatini
tavsiya qilishga tayyor bo‘ladi. Shu sababli, E nuqta to‘liq bandlik
holatini ko‘rsatadi. Boshqa har qanday sharoitda ish haqi W0
darajadan farq qilib ishchi kuchi bozoridagi muvozanatlik buziladi.
Real ish haqi muvozanatlik W0 dan W1 darajaga ortganda ish kuchi
bozorida taklif (0 S1) talab (0 D1)dan D1 S1 miqdorga ortadi.
Bunday sharoitda to‘liq bandlikdan foydalanish ro‘y beradi, ish
o‘rinlari barcha xohlovchilarning ish haqining W1 darajasida ishchi
kuchini sotishi uchun yetarli bo‘lmaydi. Yotiq o‘qda D1 S1 kesma
bilan aniqlanadigan ishchi kuchi taklifi ortiqchaligi vujudga keladi.
Real ish haqi muvozanatlik darajasiga nisbatan pasayganda ishchi
kuchiga talab uning taklifidan S11 D11 miqdorga ortadi. Har ikki
vaziyatda (ishsizlik va band bo‘lmagan ish o‘rinlari mavjud bo‘lgan)
sof raqobat bozor sharoitlari barqaror bo‘lishi mumkin emas.
Haqiqatda, agar ishchi kuchi taklifi unga bo‘lgan talabdan ortsa,
ishsizlik vujudga keladi, ishlab chiqarishda band bo‘lganlar, ish
o‘rinlarini yo‘qotib qo‘ymaslik uchun, o‘zlarining mehnat qilish
layoqatini ancha past ish haqi darajasida ham taqdim qilishga tayyor
turadi.