O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 O‘zbekistonda antimonopol qonunchilikning vujudga kelishi



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

2. O‘zbekistonda antimonopol qonunchilikning vujudga kelishi 

 

Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘li-



shini  taqozo  qiladi.  Bu  shart-sharoitlar  faqat  bozor  munosabatlari 

qaror topgan muhitda bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtiso-

diyotini  yuzaga  keltirish  ayni  vaqtda  raqobatchilik  muhitining 

shakllanishini bildiradi. 

Bozor  munosabatlari  rivojlangan  mamlakatlarda  raqobatchilik 

muhiti  uzoq  davr  davomida,  o‘z-o‘zidan,  evolutsion  yo‘l  bilan 

vujudga  kelgan.  Bu  asta-sekin  erkin  raqobat  muhitini  keltirib 

chiqargan. 

Buyruqli  iqtisodiyotdan  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tayotgan  mam-

lakatlarda,  shu  jumladan,  bizning  respublikada  sog‘lom  raqobatga 

shart-sharoit  hozirlash,  iqtisodiy  subyektlar  mustaqilligini  ken-

gaytirish  orqali  ularni  raqobatchilikka  jalb  qilish  iqtisodiy 

islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim 

jihatlari hisoblanadi. 

Birinchi  Prezidentimiz  I.A.Кarimov  ta’kidlab  o‘tganlaridek: 

«Iqtisodiyotni  erkinlashtirilishi  haqiqiy  raqobat  muhitini  shakl-

                                                           

56

 Campbell R. McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, 



New York: McGraw-Hill, 2008. page 583-597. 


220 

lantirish  bilan  uzviy  bog‘liqdir.  Raqobat  bo‘lmasa  bozor  iqtiso-

diyotini barpo etib bo‘lmaydi». 

Raqobat  bozorning  asosiy  sharti,  aytish  mumkinki,  uning 

qonunidir. 

O‘zbekistonda  davlatning  raqobatchilik  muhitini  shakllan-

tirishga  qaratilgan  siyosatida  xususiylashtirish,  davlat  mulki 

hisobidan  mulkchilikning  boshqa  shakllarini  vujudga  keltirish 

asosiy  o‘rin  tutadi.  Xususiylashtirish  natijasida,  birinchidan,  mulk 

o‘z egalari qo‘liga topshirilsa, ikkinchidan, ko‘p ukladli iqtisodiyot 

va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi. 

Raqobatchilik  muhitini  vujudga  keltirish  xo‘jalik  yurituvchi 

subyektlarning  erkinligi  va  iqtisodiy  mustaqilligini  oshirish,  tadbir-

korlik faoliyatini  rivojlantirish yo‘lidagi mavjud to‘siqlarni bartaraf 

etishni  anglatadi.  Bu  iqtisodiyotda  monopol  tuzilmalar  faoliyatini 

tartibga  solishni  ham  taqozo  etadi.  Bunday  tartibga  solishning 

zaruriy sharti uning me’yoriy huquqiy asoslarining yaratilishidir.  

«Monopol  faoliyatni  cheklash  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston 

Respublikasi  qonuniga  (1992-yil)  ko‘ra,  bozorda  ataylab  taqchillik 

hosil  qilish,  narxlarni  monopollashtirish,  raqobatchilarning  bozorga 

kirib  borishiga  to‘sqinlik  qilish,  raqobatning  g‘irrom  usullarini 

qo‘llash  man  etiladi.  Qonunni  buzuvchilar  raqibiga  yetkazgan 

zararni  qoplashlari,  jarima  to‘lashlari,  g‘irromlik  bilan  olgan 

foydadan mahrum etilishlari shart. 

Respublikada  monopoliyaga  qarshi  faol  choralarni  amalga 

oshirish  uchun  Moliya  vazirligi  tizimida  monopoliyadan  chiqarish 

va  raqobatni  rivojlantirish  bosh  boshqarmasi  tuzildi.  Boshqarmaga 

ro‘yxatga  kiritilgan  monopoliya  mavqeidagi  korxonalar  mahsuloti 

bo‘yicha  narxlarni  va  rentabellikni  tartibga  solib  turish  huquqi 

berildi. 

Respublikada  monopol  mavqega  ega  bo‘lgan  korxonalarni 

Davlat Reestriga kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi 

hamda o‘tish davrining o‘ziga xos jihatlari hisobga olinadi. 

Iqtisodiyot  va  monopoliyaga  qarshi  amaliyot  sohasidagi 

ahamiyatli  o‘zgarishlar  tegishli  qonunchilik  bazasini  yanada  tako-

millashtirishni 

taqozo 

etadi. 


Shunga 

ko‘ra, 


O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan (1996-yil 27-dekabrda) «Tovar 

bozorlarida 

monopolistik 

faoliyatni 

cheklash 

va 

raqobat 



221 

to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik 

faoliyat  va  g‘irrom  raqobatning  oldini  olish,  uni  cheklash, 

to‘xtatishning  tashkiliy  va  huquqiy  asoslarini  belgilab  berib, 

respublikaning 

tovar 


bozorlarida 

raqobat 


munosabatlarini 

shakllantirish  va  samarali  amal  qilishini  ta’minlashga  qaratilgan. 

Shuningdek,  mazkur  qonunda  mavjud  va  saqlanib  qolgan 

monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqeini suiiste’mol 

qilishning  oldini  olish  va  unga  barham  berishni  ko‘zda  tutsa, 

ikkinchidan,  eng  asosiy  muhim  masalalardan  hisoblangan 

monopoliyadan chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish 

zarurligi belgilab qo‘yilgan. 

Mazkur  qonun  monopoliyalarning  amal  qilishini  taqiqlamay, 

balki bozorda ularning hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi salbiy 

holatlarning  oldini  olishga  qaratilgan.  Qonunda  ko‘zda  tutilgan 

taqiqlar  ham  rivojlangan  bozor  iqtisodiyoti  mamlakatlari  uchun, 

ham,  O‘zbekiston  va  boshqa  o‘tish  davri  iqtisodiyoti  mamlakatlari 

uchun  xos  bo‘lgan  monopolist  tuzilmalar  xatti-harakatiga  qarshi 

o‘rnatilgan. 

Quyidagi  xatti-harakatlar  monopoliyaga  qarshi  qonunchilikka 

zid hisoblanadi: 

–  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  tomonidan  bozordagi  ustunlik 

mavqeining suiste’mol qilinishi (5-modda); 

–  xo‘jalik  subyektlarining  raqobatni  cheklashga  qaratilgan 

bitimlari (o‘zaro kelishilgan xatti-harakatlari) (6-modda); 

–  davlat  boshqaruvi  organlari  va  mahalliy  hokimiyat  organ-

larining  raqobatni  cheklashga  yo‘naltirilgan  xatti-harakatlari  (7-

modda); 


– g‘irrom raqobat (8-modda). 

 Respublikada  agar  korxona  ishlab  chiqargan  muayyan 

mahsulotlar  bozordagi  shu  turdagi  tovarlarning  35  foizidan  ortiq 

bo‘lsa,  bu  korxona  monopolistik  korxona  sifatida  Davlat  Reestriga 

kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 

20 foiz deb belgilangan. 

Respublikada  monopoliyalar 

ro‘yxatiga 

kirgan 

korxona 


(tarmoq)larning  bozordagi  mavqeini  tartibga  solishda  davlat  bir 

qator  usullardan  foydalanadi.  Bu  usullardan  ikkitasini  ajratib 

ko‘rsatish lozim: 



222 

1.  Monopol  mavqeidagi  korxonalar  mahsulotlariga  narxlarning 

eng  yuqori  darajasini  yoki  rentabellikning  chegarasini  belgilab 

qo‘yish. 

2.  O‘z  monopol  mavqeini  suiiste’mol  qilgan  monopolistik 

birlashmalarni  bo‘lib  tashlash  yoki  maydalashtirish.  Bu  usul 

Vazirlar  Mahkamasining  (1994-yil  18-iyuldagi  366-sonli)  qarori 

bilan tasdiqlangan «Obyektlarning xo‘jalik yurituvchi jamiyatlar va 

shirkatlar  tarkibidan  chiqish  tartibi  to‘g‘risidagi  Nizom»  asosida 

amalga  oshiriladi.  Respublikada  faqat  1994-1996-yillar  davomida 

monopol mavqeidagi aksiyadorlar jamiyatlari, ijara va boshqa jamoa 

korxonalari 

tarkibidan 

14972 


obyekt 

chiqarilib, 

mustaqil 

korxonalarga  aylantirilgan  bo‘lsa,  2000-yilda  xususiylashtirilgan 

obyektlar bazasida 154 ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari tashkil 

qilingan.  2002-yilda  1912  ta  korxona  va  obyekt  xususiylashtirilib 

ularning, 65,5 foizi xususiy mulk ulushiga to‘g‘ri kelgan. 2010-yilda 

xususiylashtirilgan korxona va obyektlar soni 387 tani tashkil qilgan 

bo‘lib,  ulardan  olingan  mablag‘lar  129862,7  mln.  so‘mga  yetgan. 

2012-yilda  bu  ko‘rsatkichlar  mos  ravishda  83ta  korxona  va 

obyektdan  hamda  32052,8  mln.  so‘mdan  iborat  bo‘lgan.  2015-yil 

yakunlari  bo‘yicha  O‘zbekistonda  Monopol  korxonalar  Davlat 

Reestrida  127  ta  monopol  korxona  ro‘yxatga  olingan  bo‘lib,  ular 

122  turdagi  tovar  va  xizmatlarni  ishlab  chiqarmoqda.  O‘zbekiston 

Respublikasining  «Iste’molchilarning  huquqlarini  himoya  qilish 

to‘g‘risidagi»  (1996-yil,  aprel)  qonuni  asosida  g‘irrom  raqobatga, 

shu  jumladan  respublika  bozorlariga  belgilangan  talablarga  javob 

bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizmni 

yaratishga ham alohida e’tibor beriladi. 

Respublikada  raqobatchilik  muhitini  shakllantirish  maqsadida 

va  davlatga  qarashli  bo‘lmagan  sektorni  qo‘llab-quvvatlash  uchun 

tadbirkorlikni  rivojlantirish  fondi,  kichik  va  o‘rta  biznesni 

rivojlantirishga  ko‘maklashish  fondi  tashkil  etildi.  Raqobatchilik 

muhitini  shakllantirishga  ko‘plab  xalqaro  tashkilotlar  ham  faol 

qatnashmoqda.  Jumladan,  YUNIDO  yordamida  bir  nechta  biznes 

inkubatorlar  tashkil  etildi.  Yevropa  jamiyati  Кomissiyasi  Amaliy 

aloqalar  markazi,  Germaniya  texnikaviy  ko‘maklashuv  jamiyati 

kichik  va  o‘rta  biznesni  qo‘llab-quvvatlash  markazi  tashkil  etildi. 

Respublikada  raqobatchilik  muhitini  vujudga  keltirishda  amalga 



223 

oshirilayotgan  barcha  ishlar  rivojlangan  bozor  iqtisodiyotini  tarkib 

toptirishga xizmat qiladi. 

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish