O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


XI bob. ANTIMONOPOL QONUNCHILIК VA



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

 

XI bob. ANTIMONOPOL QONUNCHILIК VA 

MONOPOLIYALARNI TARTIBGA SOLISH 

 

1. 

Antimonopol 

qonunchilikning 

kelib 

chiqishi.  

Antimonopol siyosat. 

2.  O‘zbekistonda  antimonopol  qonunchilikning  vujudga 

kelishi. 

3. Tabiiy  monopoliyalar,  ularning  belgilari  va  tartibga  soli-

nish xususiyatlari. 

4. Monopol faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari. 

 

1. Antimonopol qonunchilikning zarurligi va kelib chiqishi. 

Antimonopol siyosat 

 

Monopolistlar  iqtisodiyotdagi  erkin  va  halol  raqobatga 



to‘sqinlik  qilib,  iqtisodiy  rivojlanishga  ancha  jiddiy  salbiy  ta’sir 

ko‘rsatishi,  taraqqiyot  yo‘liga  g‘ov  bo‘lishi  ham  mumkin.  Shunga 

ko‘ra,  deyarli  barcha  mamlakatlar  iqtisodiyotida  monopoliyalarni 

davlat  tomonidan  tartibga  solish  chora-tadbirlari  qo‘llanilib,  bu 

monopoliyaga qarshi siyosatning mazmunini tashkil etadi. 

Davlatning  antimonopol  siyosati  –  monopoliyalar  faoliyatini 

cheklash,  tartibga  solish  va  raqobatchilik  muhitini  vujudga 

keltirishga qaratiladi. 

 Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga 

qarshi qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada 

rivojlangan. 



217 

Iqtisodiyotda  monopollashuv  prinsiplari  kuchayib  borishi  bilan 

raqobat  cheklanadi,  shu  sababli  raqobatchilik  muhitini  vujudga 

keltirishda 

davlat 

ham 


qatnashadi. 

Bu 


esa 

davlatning 

monopoliyalarga  qarshi  siyosatida  o‘z  aksini  topadi.  Har  bir 

mamlakatdagi  aniq  vaziyat,  ya’ni  iqtisodiyotning  monopollashuv 

darajasi,  uning  miqyosi  va  xarakteriga  qarab,  bu  siyosat  erkin 

raqobat  muhitini  yangidan  yaratish,  uni  saqlab  qolish,  zarur 

bo‘lganda  qaytadan  tiklash,  raqobat  usullarini  qaror  toptirish 

kabilarga  qaratiladi.  Bular  asosan  antimonopol  qonunchilik 

yordamida  hal  qilinadi.  Jahon  tajribasida  bunday  qonunchilik  120 

yildan  ortiq  davr  davomida  rivojlanib  kelgan.  Jumladan,  u  birinchi 

bo‘lib,  AQSHda  monopoliyalar  gurkirab  tashkil  topa  boshlagan 

davrda paydo bo‘lgan.  

Hozirgi  davrda,  erkin  raqobatni  himoya  qiluvchi  qonunchilik 

bitimlari  G‘arbiy  Yevropaning  barcha  mamlakatlarida  mavjud. 

Ularda  mazkur  qonunchilik  ikki  yo‘nalishga  ega:  narxlar  va 

kompaniyalar qo‘shilishi ustidan nazorat qilish. 

 Antimonopol  tartibga  solish  takomil-

lashmagan va muayyan xarajatlar bilan birga 

borsa-da,  ular  bozor  iqtisodiyotida  mono-

polistik tamoyillarni cheklashga olib keladi.   

 Monopoliyalarga  qarshi  qonunchilik  va 

uni  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo‘lgan 

chora-tadbirlar  boshqa  mamlakatlarda  ham 

sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. 

Odatda  AQSHdagi  monopoliyaga  qarshi  qonunchilik  nisbatan 

ilgariroq  va  mukammalroq  ishlab  chiqilgan,  deb  hisoblanadi.  U 

quyidagi qonunchilik hujjatlariga asoslanadi:  

1.  Sherman  qonuni  (1890  y.)  Bu  qonun  kartel  bitimlarini 

noqonuniy  deb  hisoblaydi,  savdoni  yashirin  monopollashtirish,  u 

yoki  bu  tarmoqdagi  yakka  nazoratni  qo‘lga  olish,  narxlar  bo‘yicha 

kelishuvlarni  taqiqlaydi.  Bu  qonun  asosan  savdo  va  tijorat 

faoliyatining  monopollashuviga  qarshi  yo‘naltiriladi.  Hamda  erkin 

savdoni  cheklashga  qaratilgan  kelishuvlarning  har  qanday  shakliga 

taqiq  qo‘yadi.  Mazkur  qonunda  jazo  chorasi  sifatida  jarimalar, 

zararni  qoplash,  qamoqqa  olish  va  hatto  aybdor  firmani  tugatishni 

ham  ko‘zda  tutadi.  Bu  qonunning  eng  muhim  xususiyati  mavjud 




218 

faoliyat  qilib  turgan  monopoliyalarga  qarshi  kurashga  qaratiladi. 

Uning kamchiligi asosiy qoidalar noaniqligi, qonunning bajarilishini 

nazorat  qiluvchi  doimiy  muassasa  yo‘qligi  va  antimonopolistik 

tadbirlarning profilaktik xarakterga ega bo‘lganligidir. 

2.  Кleyton  qonuni  (1914  y.)  Bu  qonun  savdo  amaliyotida 

kamsitishni,  mahsulot  sotish  sohasidagi  cheklovchi  faoliyatlarni, 

narx  bo‘yicha  kamsitish,  ma’lum  ko‘rinishdagi  birlashib  ketishlar, 

o‘zaro  bog‘lanib  ketuvchi  direktoratlar  va  boshqalarni  taqiqlaydi. 

Bu  kamchiliklar  ma’lum  darajada  bartaraf  qilinib  qolinmasdan, 

balki  trestlarga  qarshi  qonunchilikka  doir  asosiy  tushunchalar 

aniqlashtirildi  va  monopoliyalarga  qarshi  faoliyat  tushunchasi 

kengaytirildi.  Xususan,  monopolistlar  o‘zaro  ta’sirining  moliyaviy 

jihatlariga  hamda  monopol  hokimiyatchilikni  tiklashga  asosiy 

e’tibor qaratildi. Trestlarga qarshi qonunlarning bajarilishini nazorat 

qilish hukumat Federal savdo komissiyasiga yuklatiladi. Shu qonun 

tufayli  “monopol  kasallik”  deb  nomlangan  profilaktik  tadbir 

kengaydi. 

3.  Robinson-Payman  qonuni  (1936  y.)  Bu  qonun  savdo 

sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx bo‘yicha 

kamsitishlar  va  boshqa  shu  kabilarni  taqiqlaydi.  AQSHdagi 

trestlarga  qarshi  mavjud  qonunchilik  ko‘proq  darajada  boshqa 

mamlakatlarda  ham  antimonopol  qonunchilikning  rivojlanishiga 

ta’sir ko‘rsatadi. 

4. Unler-Li qonuni (1938 y.) Savdo bo‘yicha federal komissiyaga 

“savdoda  chalg‘itishga  olib  keladigan  harakatlarni”  nazorat  qilish 

bo‘yicha qo‘shimcha majburiyat qo‘ydi. Natijada komissiya iste’mol-

chini reklama va yolg‘on ma’lumot natijasida jabr ko‘rishdan himoya 

qilish vazifasini oldi. Unler-Li qonuni iste’molchilar huquqini himoya 

qilishga qaratilgan. Mazkur qonun yolg‘on reklama va ma’lumotlarni 

soxtalashtirishga qarshi qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. 

5.  1950-yilda  Кleyton  qonuniga  Кeller-Кefover  tuzatishi 

kiritildi.  Unda  noqonuniy  birlashib  ketishlar  tushunchasiga  aniqlik 

kiritilib, aktivlarni sotib olish orqali birlashib ketish taqiqlandi. Agar 

Кleyton  qonuni  yirik  firmalarning  gorizontal  ravishdagi  birlashib 

ketishlariga  to‘siq  qo‘ygan  bo‘lsa,  Кeller-Кefover  tuzatishi  vertikal 




219 

ravishdagi  birlashib  ketishlarga  cheklov  kiritdi

56

.  Unda  moddiy 



aktivlar  sohasida  monopoliyalar  o‘zaro  ta’siriga  e’tibor  qaratadi. 

AQSHda  XXasr  80-yillarining  birinchi  yarmida  monopoliyalarga 

qarshi  qabul  qilingan  yo‘riqnoma  hujjatlarida  Xerfindal-Xirshman 

indeksidan 

foydalanib 

tarmoqlar 

konsentratsiyalashuvining 

normativlarini  o‘rnatdi.  Agar  bu  indeks  1000  dan  yuqori  bo‘lmasa, 

bozor kuchsiz konsentratsiyalashgan, 1800 dan yuqori bo‘lsa kuchli 

darajada konsentratsiyalashgan deb tan olingan.  

Xerfindal-Xirshman indeksi 

     


 

 

   



 

 

       



 

 

 



S

1, 2, ..., n 

– korxonalarning bozordagi ulushi. 

Ayni  vaqtda  bir  qator  tarmoqlarda  (gaz-ta’minoti,  elektr-

ta’minoti  va  h.k.)  tabiiy  monopoliyalardan  holi  bo‘lish  qiyin.  Shu 

sababli, davlat ularga nisbatan bevosita yoki bilvosita tartibga solish 

dastak va vositalarini qo‘llashga majbur bo‘ladi. 

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish