3. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslub va usullari
Uslubiyat — bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari,
qonun - qoidalari, usullari va aniq tartiblaridir. Bu obyektiv
voqelikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o‘z ichiga
oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umumiy tavsifga ega, lekin
40
har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib, ilmiy bilish usullariga
ega bo‘ladi.
“Usul” yunonchadan so‘zma - so‘z tarjima qilinganda “tadqi-
qot” tushunchasini anglatib, ilmiy bilishning aniq hodisalarini
bildiradi.
Dialektika ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi.
Uning iqtisodiyot nazariyasi fanida qo‘llaniladigan asosiy qoidalari
quyidagilar:
iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda,
bo‘lgan o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan
iborat yaxlit bir tuzilma deb hisoblanadi;
iqtisodiy hodisa va jarayonlarning kelib chiqishi, amal qilishi va
barham topishi, uning sabablari va oqibatlari ichki aloqadorlik va
bog‘liqlik tomonlarini zamon va makonda ro‘y berishi tan olinadi;
iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkablikka, quyidan yuqo-
riga rivojlanishida deb qaraladi. Bu yerda son jihatidan o‘zgarishlar
to‘plana borib, sifat jihatidan o‘zgarishga olib kelishi hisobga
olinadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos tadqiqot usullari ham
mavjud. Ulardan eng asosiylari quyidagilar:
Ilmiy abstraksiya usuli – voqea va hodisalarning tahlil paytida
xalal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali belgilari e’tibordan
chetlashtirilib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga tegishli
belgilarga e’tiborni qaratishdir.
Tahlil va sintez usuli. Tahlil — bu o‘rganilayotgan bir butunni
alohida qismlarga ajratib ularning xususiyatini ochib berishdir. U
ikki
darajada
amalga
oshiriladi.
Mikroiqtisodiy
tahlilda
iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish korxona va boshqa
iqtisodiy subyektlarning yuqori pirovard natijaga erishishga
qaratilgan xatti-harakati, tadqiq qilinadi.
Makroiqtisodiy tahlilda milliy iqtisodiyotning holati, faoliyat
qilishi va natijalari o‘rganiladi. Iqtisodiy resurslarni to‘liq band
qilish, inflatsiyani jilovlash va iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlash
orqali iqtisodiy o‘sishga erishish muammolari bu tahlil obyektdir.
Qisqacha aytganda, makroiqtisodiy tahlilda milliy xo‘jalik, uning
alohida sektorlari (davlat, kooperativ, xususiy) va jahon xo‘jaligi
o‘rganiladi.
41
Sintez – bu hodisa va jarayonlarning umumiy o‘zaro ta’siri
asosida xulosalar chiqarishdir.
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Tarixiylik dalili
iqtisodiy fanlarda ham tarixiy rivojlanish nuqtayi nazaridan tadqiqot
olib borishni zarur qilib qo‘yadi. Chunki iqtisodiy jarayonlar
jamiyatning
tarixiy
rivojlanish
bosqichlarida
ro‘y
beradi.
Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtayi nazardan
emas, shu bilan birga ichki zaruriy va qonuniy bog‘lanishlar
bo‘yicha ham tahlil qilinadi.
Foydalaniladigan usullar ichida eksperiment alohida o‘ringa
ega. Iqtisodiy o‘sishning keskin o‘zgarishi, xususan iqtisodiyotning
inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foyda-
laniladi.
Induksiya va deduksiya usuli. Induksiya nazariyadan amaliyot
tomon borishni, yaratilgan nazariyalarni kishilarning amaliy
hayotida sinab ko‘rishni anglatsa, deduksiya amaliyotdan nazariya
tomon borishni, real hayotdagi ro‘y beradigan hodisa va
jarayonlardan nazariyalar yaratishni bildiradi.
Pozitiv va normativ usullar. Pozitiv usul iqtisodiy hodisalarning
real hayotdagi holatini qanday bo‘lsa, shu holicha aks ettiradi.
Masalan, O‘zbekistonda ishsizlik 2015-yilda 4,9 foizni tashkil qildi.
Respublikada narxlarning o‘sishi o‘tgan 2016-yilda 7,0 foizdan
oshmadi va h.k. Normativ usul hodisa va jarayonlarning qanday
bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi fikr va mulohazalardir. Masalan,
ishsizlikning tabiiy darajasi 5,0 foizdan oshmasligi kerak. Real ish
haqining o‘sishi narxlarning o‘sish sur’atidan yuqori bo‘lishi zarur
va hokazo.
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilishda matematik,
statistik usullar va grafiklardan keng foydalaniladi. Matematik usul
iqtisodiy hodisa va jarayonning miqdoriy o‘lchamlarini aniqlash
imkonini bersa, grafik usul o‘zgaruvchi miqdorlar o‘rtasidagi
bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi.
Iqtisodiy tahlilda «Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda»
degan farazdan ham foydalaniladi. Chunki real iqtisodiy hayotda
hodisa va jarayonlarga ko‘plab omillar bir vaqtda, shu bilan birga
turli xil yo‘nalishlarda ta’sir ko‘rsatadi.
42
Bu barcha omillarning birgalikda ta’sirida hodisa va jarayonlar
mohiyatini ochib berish qiyin kechadi yoki mutlaqo mumkin
bo‘lmaydi. Shu sababli, ularning alohida olingan omil ta’sirida
mohiyati ochilib, boshqa omillar ta’siri e’tibordan chetda qoladi
yoki ular o‘zgarmas deb hisoblanadi. Tahlilning keyingi bosqichida
o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayonga boshqa omillarning ta’siri
ham alohida-alohida qarab chiqiladi.
Iqtisodiy tahlilda iqtisodiy modellardan ham foydalaniladi.
Iqtisodiy modellar – bu real voqelik, iqtisodiyot va undagi ro‘y
beradigan hodisa hamda jarayonlarning soddalashtirilgan manza-
rasidir. Bunda iqtisodiy modellarning ikkita turi o‘z o‘rniga ega
bo‘ladi: muvozanatlashgan va optimallashgan modellar.
Muvozanatlashgan modellar iqtisodiy hodisa va jarayonlar yoki
ularning natijalari miqdoriy o‘lchamlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘-
liqlikni aks ettiradi. Masalan, yalpi talab va yalpi taklif modeli,
tovarlar miqdori va pul massasi modeli, daromadlar va xarajatlar
modeli va h.k.
Optimallashgan modellar – alohida olingan iqtisodiy hodisa
yoki uning natijasidagi miqdoriy o‘zgarishlarni va har bir davrdagi
optimal me’yorlarni xarakterlaydi. Masalan, narx modeli, xarajatlar
modeli, daromadlar modeli va h.k.
Model qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Qisqa
muddatlisi nisbatan qisqa davrni, uzoq muddatlisi odatda uzoqroq
vaqt davrini qamrab oladi. Iqtisodiyotning barcha masalalariga
javob berishga layoqatli yagona model mavjud bo‘lmaydi. Shu
sababli, iqtisodiy tahlilda ko‘plab har xil modellardan foydalaniladi,
ulardan har biri muayyan vazifalarni hal qiladi.
Ayni vaqtda, har qanday model real hayotiy voqealar
(bankrotlik, tabiiy ofatlar, siyosiy larzalar va boshqa) ni aks
ettirmaydi. U real hayotdan abstraktlashgan, iqtisodiy yetuklikning
yuqori andazasidir. Bu qayd qilinganlar iqtisodiy modellar uning
iqtisodiy tahlildagi ahamiyatini pasaytirmaydi. Jumladan yalpi talab
va yalpi taklif modeli umumiy iqtisodiy muvozanatlikni ifodalab,
real jarayonlar uning idealidan farqlanishini aniqlash va undagi aniq
omillar ta’sirini miqdoriy baholash imkonini beradi.
Iqtisodiy prinsiplarni yanada yaxshiroq tushunishga yordam
beradigan boshqa omillar ham mavjud. Umumiylashtirish iqtisodiy
43
prinsiplar iqtisodiyot fani yoki iqtisodiy munosabatlarga oid umum-
lashgan tushunchalardir. Iqtisodiy prinsiplarni muayyan iste’mol-
chilar yoki ishlab chiqaruvchilar to‘g‘risidagi yondashuv deb qabul
qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |