3. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi.
4. Ishlab chiqarishning natijalari. Ishlab chiqarish
funksiyasi.
5. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko‘rsat-
kichlari.
1. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va o‘ziga xosligi
Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilarning iste’moli uchun zarur
bo‘lgan iqtisodiy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvo-
fiq faoliyatidir. Iqtisodiy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar
ko‘rsatish jarayoni kishilar faoliyatining asosiy tomoni, chunki bu
jarayonda kishilar o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlar boshqa hamma
sohalarda (ayriboshlash, taqsimot va iste’mol sohalarida) ro‘y
beradigan munosabatlarning xususiyatlarini va yo‘nalishini belgilab
beradi.
Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda,
mehnat jarayonidir yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor
narsalarning ko‘rinishini o‘zining iste’moli uchun muvofiq holga
keltirish uchun qilingan faoliyatdan iboratdir. Ana shu mehnat
jarayonida kishilar, eng avvalo, tabiatga, uning kuchlari va
ashyolariga ta’sir ko‘rsatish orqali bir-birlari bilan o‘zaro ma’lum
munosabatda bo‘ladilar. Ishlab chiqarish jarayonida bo‘ladigan bu
munosabatlarning xarakterini, shakllarini va xususiyatlarini o‘rga-
nish va ularni bilgan holda ishlab chiqarishni ongli tashkil etish
cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanilgan holda
kishilarning o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga eri-
shishning birdan-bir yo‘lidir. Кo‘pchilik iqtisodchilar mehnat
kishilar yashashining umumiy asosidir deb ta’riflaydilar. Demak,
46
mehnat kishilarning yashashi uchun hech qanday ijtimoiy shakllarga
bog‘liq bo‘lmagan holda abadiy tabiiy zaruriyatdir. Mehnat
bo‘lmaganda kishi bilan tabiat o‘rtasida modda almashinuvi ham
mumkin bo‘lmas edi.
Кishilar o‘zlarining ongli maqsadga muvofiq mehnati bilan
tabiat moddalarining shakllarini o‘zgartiradilar va iste’moli uchun
zarur bo‘lgan mahsulotni vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida
kishilar bilan tabiat o‘rtasida moddalar almashinuvi ro‘y berishi
bilan birga insonning o‘zi ham har tomonlama kamol topib boradi,
ya’ni ular o‘zining mehnatga bo‘lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi
va ularni amalda qo‘llash imkoniyatini kengaytirib boradi.
Shunday qilib, mehnat jarayoni naflilikni vujudga keltirish
uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan
narsalarni kishi iste’moli uchun o‘zlashtirib olishdir, kishi bilan ta-
biat o‘rtasidagi modda almashuvining umumiy shartidir, kishi
hayotining
abadiy
tabiiy
sharoitidir.
Shuning
uchun
bu
jarayon uzoq tarixga ega
bo‘lib, oddiy tosh va yog‘och
qurollardan foydalanib, eng
sodda ovchilik va dehqon-
chilik qilishdan tortib, to
hozirgi
zamon
murakkab
zamonaviy
texnologiyaga
asoslangan
robotsozlik,
samolyotsozlik,
kompyuter
texnikalarini, zamonaviy radio va televidenie vositalarini ishlab
chiqarishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.
Iqtisodiy
ne’mat
va
vositalarning
tabiatda
mavjud
materiallardan yaratilgan qismi moddiy ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Ularning tabiat materiallaridan foydalanilmasdan yaratilgan qismi
nomoddiy ne’matlar yoki xizmatlar hisoblanadi. Shu ma’noda ishlab
chiqarish
va
xizmat
ko‘rsatish
sohalari
farqlanadi.
Ular
iqtisodiyotning real sektori ham deyiladi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi,
transport, qurilish, savdo, kommunal xo‘jaligi, maishiy xizmat,
47
ovchilik,
baliqchilik,
dorivor
o‘simliklarni yig‘ish kabilar
iqtisodiyotning real sektori sohalarini tashkil qiladi.
Xizmat ko‘rsatish sohalarida nomoddiy ne’matlar (ma’naviy
qimmatlik) yaratiladi hamda nomoddiy xizmatlar (sog‘liqni saqlash,
ta’lim, ilmiy maslahat va boshqalar) ko‘rsatiladi.
Bu ikki soha bir-biri bilan chambarchas bog‘langan holda
rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Ayni vaqtda ular umumiy
jihatlarga ham ega. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoni bir
tomondan, naflilikni vujudga keltirish, ikkinchi tomondan,
qiymatning o‘sish jarayoni hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayoni har doim jamiyatda, ijtimoiy mehnat
taqsimoti sharoitida amalga oshiriladi, ayni vaqtda har bir ishlab
chiqaruvchi boshqalari bilan ko‘plab xo‘jalik rishtalari orqali o‘zaro
bog‘liq bo‘ladi. Masalan, avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha
dunyoning yirik kompaniyasi “Jeneral Motors” 137 ming yetkazib
beruvchilar xizmatidan foydalanadi.
Ishlab chiqarishdan maqsad iste’mol, lekin bozor xo‘jaligida
pirovard maqsad bilan tovar ishlab chiqaruvchining maqsadi mos
kelmasligi mumkin. Pirovard maqsad iste’mol, ya’ni ehtiyojni
qondirish bo‘lsa, tovar ishlab chiqaruvchining maqsadi xarajatlarni
qoplab, foyda olishdir. Buning uchun ishlab chiqarilgan mahsulot
to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molga kelmasdan bozorda ayriboshlanadi va
keyin iste’molga kelib tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |