O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


II bob. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

 

II bob. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI 

VA BILISH USULLARI 

 

1.  Iqtisodiyot  nazariyasi  fanining  predmeti,  vazifalari  va 



tamoyillari.  

2. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar. 

3. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslub va usullari. 

 

1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti, vazifalari va 

tamoyillari 

 

Iqtisodiyot  nazariyasi  fanining  predmetiga  o‘tmishdan  turlicha 



qarashlar  mavjud  bo‘lib  va  hozirgi  davrda  ham  turli  fikrlar  bildirib 

kelinmoqda. 

Masalan, Aristotel bu fanga uy xo‘jaligini boshqarish qonunlari 

to‘g‘risidagi  fan  deb  qaragan  bo‘lsa,  merkantilistlar,  fiziokratlar  va 

ingliz klassik iqtisodiy maktabining vakillari uni boylik to‘g‘risidagi 

fan  deb  hisoblaydi.  Fanning  predmeti  boylikning  manbalari,  uni 

ko‘paytirish  yo‘llari  hamda  jamiyat  ne’matlarini  ishlab  chiqarish, 

taqsimlash,  ayriboshlash  va  iste’mol  qilish  jarayonini  o‘rganishdan 

iborat  deb  qaraydi.  Кeyingi  paytda  mazkur  fanni  xalq  xo‘jaligi, 

ijtimoiy  xo‘jalik  to‘g‘risidagi  fan  deb  ham  hisoblamoqdalar. 

Ayrimlar  iqtisodiyot  nazariyasi  fanini  moddiy  hayotiy  vositalarni 

ishlab chiqarish va ayriboshlashni boshqarish qonunlari to‘g‘risidagi 

fan deb ko‘rsatadilar. A.Marshall esa iqtisodiyot nazariyasi fanining 

predmeti  insoniyat,  jamiyatning  me’yoridagi  hayotiy  faoliyatini 

tadqiq qilishdan iborat deb qayd qiladi. 

Iqtisodiyot  nazariyasi  fani  siyosiy  iqtisod  nomi  bilan  yuritilgan 

davrlarda  uning  predmeti  moddiy  ne’matlarni  ishlab  chiqarish 

jarayonida kishilar o‘rtasida sodir bo‘ladigan munosabatlarni o‘rga-

nishdan iborat deb hisoblangan. 

«Ekonomiks»  nomli  o‘quv  adabiyotlarida  fanning  predmeti 

kishilarning  ehtiyojlarini  to‘laroq  qondirish  maqsadida  cheklangan 



35 

resurslardan samarali foydalanish muammolarini tahlil qilish, kishi-

larning iqtisodiy xulq-atvorini o‘rganishdan iborat deb ta’kidlanadi. 

Shunday  qilib,  iqtisodiyot  nazariyasi  fanining  predmeti  to‘g‘-

risida  siyosiy  iqtisodga  doir  adabiyotlarda  ishlab  chiqarish 

jarayonida  kishilar  o‘rtasida  sodir  bo‘ladigan  munosabatlarni 

o‘rganishga alohida ustuvorlik berilsa, «Ekonomiks» yo‘nalishidagi 

manbalarda  asosan  kishilarning  resurslarga,  moddiy  ashyoviy 

buyumlarga  bo‘lgan  munosabatini,  iqtisodiy  xatti-harakatini 

o‘rganishga,  cheklangan  iqtisodiy  resurslardan  unumli  foydalanish 

masalalariga alohida e’tibor berilgan. 

Iqtisodiyot  nazariyasi  fani  predmetiga  har  ikkala  yo‘nalishdagi 

qarashlar  birgalikda  uning  predmet  doirasini  qamrab  oladi  va 

yaxlitligini ta’minlaydi. 

Iqtisodiyot  nazariyasi  fanining  predmeti  –  iqtisodiy  resurslar 

cheklangan  sharoitda  jamiyatning  cheksiz  ehtiyojlarini  qondirish 

maqsadida  iqtisodiy  ne’matlarni  takror  ishlab  chiqarish  jarayonida 

vujudga  keladigan  iqtisodiy  munosabatlarni,  ijtimoiy  xo‘jalikni 

samarali yuritish qonun-qoidalarini yoki kishilarning iqtisodiy xatti-

harakatini o‘rganishdan iborat. 

Iqtisodiy  munosabatlar  –  bu  iqtisodiy  ne’matlarni  takror  ishlab 

chiqarish  jarayonida  kishilar  o‘rtasida  vujudga  keladigan  turli  xil 

aloqa va munosabatlardir.  

Ularning  aniq  namoyon  bo‘lish  shakllari  iqtisodiy  hodisa  va 

iqtisodiy jarayonlardir. 

Iqtisodiy  hodisalar  ishsizlik,  inqiroz, 

inflatsiya,  bandlik  va  shu  kabilar,  iqtisodiy 

jarayonlar  esa  ishlab  chiqarish,  xizmat 

ko‘rsatish, 

taqsimlash, 

ayriboshlash, 

iste’mol kabilar orqali yuzaga chiqadi.  

Iqtisodiyot  nazariyasi  o‘z  predmetini 

mikro  va  makro  darajada  o‘rganadi.  Agar 

iqtisodiyotga  mikrodarajada  qaralsa,  fanning  predmeti  alohida 

iqtisodiy  birliklar  (alohida  iste’molchi,  alohida  ishlab  chiqa-

ruvchi)ning  xatti  -  harakatini  o‘rganish,  alohida  tovarlarga  narx 

shakllanishi,  korxonalar  xarajatlari  va  daromadlar  qaror  topishi  va 

shu  kabilarni  tahlil  qilishga  qaratiladi.  Iqtisodiyotga  uning  yirik 

tarkibiy  qismlari  (uy  xo‘jaliklari,  xususiy  va  davlat  sektori)  o‘zaro 




36 

ta’siridagi  yaxlit  tizim  sifatida  qaralsa  va  davlat  iqtisodiy 

siyosatining  qonuniyatlari  aniqlansa,  bu  makroiqtisodiy  tahlil 

hisoblanadi.  Makroiqtisodiyot  shuningdek  daromadlar,  bandlik, 

narxlar  darajasi,  mahsulotning  yalpi  hajmi,  milliy  daromad,  jami 

sarflar kabi jamlanma ko‘rsatkichlarni ham qarab chiqadi.  

Iqtisodiyotning  mazkur  ikki  darajasi  farqi  faqat  iqtisodiy  tahlil 

nuqtayi  nazaridan  kelib  chiqadiki,  shu  sababli  iqtisodiyot 

nazariyasini  bunday  qismlarga  ajratishni  mutlaqlashtirish  ko‘pam 

to‘g‘ri  emas.  Chunki  mikro  va  makroiqtisodiyot  o‘zaro  uzviy 

bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi. 

Iqtisodiyot  nazariyasi  fanining  maqsadi  cheklangan  iqtisodiy 

resurslardan  foydalanishning  turli  muqobil  variantlaridan  eng 

samaralisini tanlash orqali jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to‘laroq 

qondirib  borishning  nazariy  va  amaliy  muammolarini  tadqiq 

qilishdan iborat. 

Fanning  predmeti,  uning  vazifalarida  yanada  oydinroq 

ko‘rinadi. 

Iqtisodiyot  nazariyasi  fanining  vazifasini  ikki  tomondan,  ya’ni 

ham amaliy va ham nazariy tomondan tushuntirish mumkin. 

Fanning  amaliy  vazifasi  cheklangan  resurslardan  samarali 

foydalanib,  ularning  har  birligi  evaziga  ko‘proq  tovarlar  ishlab 

chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turlari 

bo‘yicha  xarajatlar  miqdori  bilan  erishilgan  samara,  ya’ni  tovar  va 

xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish 

yo‘llarini  topishga  qaratiladi.  Bu  vazifa  yaratilgan  nazariyalar  va 

ilmiy  qarashlarni  real  amaliy  hayotga  joriy  qilib  borishni  ham  o‘z 

ichiga qamrab oladi. 

Iqtisodiyot  nazariyasi  iqtisodiy  jarayonlar  va  hodisalarning 

mohiyatini,  iqtisodiy  qonunlar  va  iqtisodiy  tushunchalarning 

mazmunini yoritib ilmiy bilish vazifasini ham bajaradi.  

Iqtisodiyot nazariyasi fanining qayd qilingan amaliy va nazariy 

vazifalari  bir-biri  bilan  chambarchas  bog‘liqdir.  Amaliy  iqtisodiyot 

nazariy bilimga ega bo‘lishni, u bilan qurollanish zaruriyatini taqozo 

etadi.  Umuman  olganda,  bu  fan  iqtisodiy  jarayonlar,  voqea  va 

hodisalar  sirini  bilishda  ilmiy  qo‘llanmadir.  Nazariy  bilim  esa 

oldindan  ko‘ra  bilish  va  amaliy  harakat  yo‘lini  to‘g‘ri  belgilash 

imkonini beradi. 




37 

Iqtisodiyot  nazariyasi  aniq  vaziyatlarda  aniq  takliflarni  berib, 

uslubiy  vazifani  ham  bajaradi.  Iqtisodiy  bilim  nazariyalarga  ega 

bo‘lish,  o‘zgarib  turuvchi  iqtisodiy  vaziyatlarda  ratsional  qaror 

qabul qilishni mustaqil amalga oshirish imkonini beradi.  

Iqtisodiyot  nazariyasi  bashorat  qilish  vazifasi  orqali  jamiyat  va 

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining istiqbollarini ilmiy asoslab beradi.  

«Pirovard  maqsadimiz  bo‘lgan  ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va 

farovon  hayot  qurish  borasidagi  intilishlarimizda  biz  uchun  ruhiy-

ma’naviy kuch quvvat manbai, ilmiy asos – bu milliy g‘oya, milliy 

mafkuradir»

4

. Shu aqidadan kelib chiqib, iqtisodiyot nazariyasi fani 



«Кishilarda  yangicha  iqtisodiy  fikrlashni  shakllantirish,  ularning 

dunyoqarashini o‘zgartirish»

5  

vazifasini ham bajaradi. 



Iqtisodiyot  nazariyasining  tamoyillari.  Har  qanday  fanning 

tamoyillari  uning  shakllanishidagi  boshlang‘ich  holatini  anglatib, 

aniq olingan fanning butun binosi ushbu asos ustida barpo qilinadi. 

Iqtisodiyot  nazariyasining  asos  bo‘luvchi  tamoyillariga  quyida-

gilarni kiritish mumkin. 

Cheklangan  resurslar  sharoitida  tanlashning  zarurligi.  Bu 

tamoyil kishilar har doim resurslar va vaqt cheklanganligini hisobga 

olib  “nima”,  “qanday”,  “qancha”  ishlab  chiqarish  bo‘yicha  tanlov 

oldida turishini anglatadi. 

Muqobil  qiymat  tamoyili.  Bu  muqobil  xarajatlar  bilan  bog‘liq. 

Nimaningdir  qiymati  bu  kutilgan  natijani  olish  uchun,  voz  kechish 

to‘g‘ri kelgan boshqa birining qiymatidr.  

Iqtisodiyot  subyektlari  o‘zlarining  faoliyatini  keyingi  xarajat-

lardagi  o‘zgarishlarni  hisobga  olib  amalga  oshiradi.  Bunda  olinishi 

kutilayotgan  qo‘shimcha  naf  qilinish  zarur  bo‘lgan  qo‘shimcha 

xarajatlar bilan solishtirilishi zarur.  

Iqtisodiyot  sohasidagi  har  qanday  qarorlar  (iqtisodiy  siyosat) 

uning 


subyektlari 

xatti-harakatiga 

rag‘batlantiruvchi 

ta’sir 


ko‘rsatadi.  

Qaytimning  kamayib  borish  tamoyili.  Bu  tamoyil  qo‘shimcha 

teng  miqdordagi  mehnat,  kapital  va  boshqa  resurslar  sarfi  ma’lum 

                                                           

4

  Каримов  И.А.  Озод  ва  обод  Ватан,  эркин  ва  фаровон  ҳаёт  –  пировард  мақсадимиз.  Т.: 



«Ўзбекистон», 2000. 463-бет. 

Каримов И.А. «Ўзбекистон буюк келажак сари». Т.: «Ўзбекистон», 1999. 187-бет.   




38 

davrdan boshlab, mahsulot hajmi o‘sishining kamayishi bilan birga 

boradi.  

Xo‘jalik  faoliyati  qatnashchilari  harakatini  uyg‘unlashtirishda 

bozor va ma’muriy usullarning o‘zaro bog‘liqlik tamoyili.   

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish