Bo`yin og’riqlari hamda podagra, irqunnaso va shunga o`xshashlarda
umumiy bo`ladigan narsalar
Bu kasalliklarda ta`sirlanuvchi sabab-kasallikni qabul qiluvchi a`zo ta`sir
ko`rsatuvchi sabab-mizojlar va yomon moddalar bo`ladi; qurolga bog’liq bo`lgan
sabab esa, tabiiy yo`llarning kengayishi bo`lib, bu kengayish biron kasallikdan yoki
yaratilishdan bo`ladi; yoki bu xil sabab ma`lum bir harakat natijasida, yoki kasallik,
yoki yaratilishdanoq yupqalanib siyraklanishdan g’ayritabiiy yo`llarning vujudga
kelishidan iborat bo`ladi: masalan, bezlik etlar kabi. Keyin shu qismlarning har
biriga keng tafsil beriladi. Qabul qiluvchi a`zoning bu kasalliklarga sabab bo`lishi yo
mustahkam o`rnashgan mizoj buzilishi, ayniqsa sovuq mizoj buzilishi sababli
kuchsizlanishidan yoki mizojdan tashqari boshdanoq kuchsiz yaratilganlikdan
bo`ladi; yoki haroratning kuchlik tortishidan bo`ladi,-ayniqsa bunga harakat yordam
bersa,- tashqi sabablardan bo`lgan og’riqlar ham shunday: bu qism mizoj sabab
bo`lgan qismdan uzoq bo`lmasa ham unga yaqin turadi. Yana, qabul qiluvchi
356
a`zoning bu kasalliklarga sabab bo`lishi uning boshqa a`zolar tagiga, ya`ni moddalar
tabiiy ravishda harakat qiladigan o`rniga joylashishi tufayli bo`ladi, shuning uchun
bu kasallik, ko`pincha, oyoq va sonlarda bo`ladi.
Ta`sir ko`rsatuvchi sababga kelsak, bu gavdaning hammasida yoki uning
boshqaruvchi a`zolarida yallig’latuvchi, qotirib sovutuvchi yohud burishtirib
qurituvchi mizoj buzilishi bo`ladi, xususan yot rutubat aralashganida shunday
bo`ladi. Moddalar esa tanho qon yo balg’amli qon, yo safroli qon, yo savdoviy qon
bo`ladi; yoki modda tanho balg’am bo`ladi,- balg’amning eng yomoni xomidir,-
yoki tanho o`t safro, yoki balg’am va o`tdan tarkib topgan xilt bo`ladi, yoki modda
jinsidan bir narsa yohud a`zo qismlariga kirishib ketgan yellar bo`ladi.
Moddiy sababning ko`pchiligi o`t aralash balg’amdan iborat bo`ladi. Bundan
keyingi o`rinda xom balg’am, keyin qon, so`ng safro va kamdan-kam savdo bo`ladi.
Bu sabab qismlari ba`zi bir o`tgan sabablardan ham iborat bo`ladi. Nazlalar va
tumovlar shu xil sabablardandir. Qulanjni ichaklarni quvvatlantirish orqali davolash
ham shunday; bunda ichaklar odatdagi chiqindilarni haydab qabul qilmaydi, natijada
u chiqindilar qo`l-oyoqlarga tarqalib ketadi.
Bu og’riqlarga yana bu xil og’riqlarni paydo qiladigan xiltni tug’diruvchi
oziq moddalarni iste`mol qilish, hazmning kamligi, harakatsizlik, tinch yotish,
badantarbiyani qilmay qo`yish, ko`p jinsiy aloqa, ketma-ket mast bo`lish,
shuningdek hayz qoni, to’g’ri ichakdan qon oqishi va boshqa xil odatdagi
bo`shatilishlarning to`xtalib qolishi hamda tomirdan qon oldirish va ichni surish kabi
narsalarning to`xtatilishi ham sabab bo`ladi. Yana to`lish ustiga badantarbiya va
jinsiy aloqa qilish, taom ustiga hammomga tushish, nahorga taomdan ilgari ko`p
sharob ichish ham shular jumlasidandir, chunki bu asabga zarar etkazadi. Xom
xiltlar badanda to`planib tabiiy yo`sinda va siydik orqali bo`shatilmasa, yoki sun`iy
ravishda chiqarilmasa va bo`g’imlar tomon daf qilinsa, albatta, bo`g’im og’rig’ini
keltirib chiqaradi, agar ular tomirlarda qolib sasigan bo`lsa, isitmalarga olib boradi.
357
Agar tabiat u xiltni axlat yoki siydik bilan haydasa, siydik doimo suyuq emas, quyuq
va xom bo`ladi. Bu chog’da bu xil yomon holatdan kasalni saqlash kerak, agar
shunday qilinmasa, yuqorida biz aytgan kasalliklardan biri yuz beradi. Agar bu xom
moddalarga bo`g’imlarning mashaqqatga soluvchi harakati, urilish yo yig’ilish
yordam etsa, yoki quvvatlarning sustlashuvi bo`g’imlarga xom moddani tortadigan
achchiqlanish yoki uyqusizlik bilan ortib ketsa, natijada moddalar chuqur sho`ng’ib,
bo`g’im og’riqlarini paydo qiladi. Bu xiltlarning ko`pchiligi ikkinchi va uchinchi
hazm chiqindilari .bo`ladi, bular qariyalar, eski kasalliklarga mubtalo bo`lganlar va
kasaldan yangi turib to`g’ri tadbir qo`llamaganlarda ko`payadi. Bu to`g’ridir, chunki
bularning yaxshi hazmga kuchlari kelmaydi, ayniqsa yetarli darajada bo`shatish va
xiltlarni haydash bilan emas, to`xtatish bilan davolangan bo`lsalar shunday hol yuz
beradi.
Og’riqning bo`g’imlarda ko`p bo`lishiga sabab shuki, bo`g’imlar boshqa
a`zolarga qaraganda ko`proq bo`shdir; ularning harakatlari ko`proq, mizojlari
kuchsizroq va sovuqroq bo`ladi; ularning qo`l-oyoqlarda joylashganligi ularni
birinchi boshqaruvchidan uzoqlashtiradi. Bo`g’im oralaridagi moddalar, ayniqsa
ularning xomlari, ko`pincha, toshga aylanadi va ganchga o`xshab qoladi. Bunday
kishilarning bo`g’imlaridan, ayniqsa barmoqlari orasidan et unib, barmoqlari
bo’g’iladi va burishib qoladi; ularda og’riq ba`zan kuchayib, ba`zan to`xtaydi.
Bunday hol, ko`pincha, issiq mizojli kishilarda bo`ladi; ularda unib chiqadigan et,
ko`pincha, qonli moddadan bo`ladi. Bo`g’im og’riqlarining ko`pchiligida oldin
podagra paydo bo`ladi. Bo`g’im og’riqlari nasldan-naslga o`tadigan kasallardandir,
chunki urug’ mizoji o’sha mizojiga o`xshash bo`ladi.
Ko`pincha, bo`g’in og’riqlarini davolash, bo`g’imlarni kuchaytirish va
moddalarni undan daf qilish halokatga sabab bo`ladi. Chunki chiqindi sifatida
bo`g’inlarga borishga odat qilgan moddalar bunday davolashda bosh a`zolarga
358
qaytadi. Agar u chiqindilarni ikkinchi marta bo`g’imlarga og’dirilmasa, ular kasalni
xatarga tushiradilar.
Bo`g’in og’riqlari va podagraning paydo bo`lishi uchun eng qulay vaqt bahordir.
Chunki bu vaqtda qon va xiltlar harakatga keladi. Kuz bundan ham yomon, chunki
bu vaqtda xiltlar va hazm ishi yomonlashadi, bundan oldin, ya`ni yozda badan
teshiklari kengayadi, chunki bu vaqtda kunduzlari issiq kuchayadi. Bo`g’im
og’riqlari paydo bo`lishi bilan tadbir qilinsa, ularni davolash oson bo`ladi. Agar ular
o`rnashib odat bo`lib qolsa, ayniqsa turli xiltlardan bo`lgani o`rnashib qolsa, davolab
bo`lmaydi. Agar bo`g’imlari og’riydigan va podagrasi bor kishilarda vena kengayish
kasalligi paydo bo`lsa, ularning tuzalishi bilan bo`ladi.
Bo`g’im og’riqlariga uchraganlarning ba`zilari yomon tadbir qilishlari bilan
bu kasallikni o`zlariga-o`zlari jalb qiladilar, ba`zilar borki, ularga bu kasallik
a`zolarining buzuq tuzilganligi va tomir yo`llarining kengligi sababli jalb qilinadi;
ularda asl a`zolarining mizoji yomonligidan yomon xiltlar tug’iladi. Goho bo`g’im
og’riqlari isitmalarda va ular ko`tarilgan vaqtda qo`zg’aladi, ba`zan bo`g’im
og’riqlari isitmalardan ham paydo bo`ladi.
Irqunnaso - bu ham bo`g’im og’riqlari jumlasidan bo`lib, yonbosh
bo`g’imidan boshlanadigan va orqadan son bo`ylab tushadigan bir og’riqdir;
ko`pincha, u tizzagacha va to`piqqacha cho`ziladi. Uning muddati ortib borgan sayin
moddaning ko`p va ozligiga qarab, pastga tushishi ham orta boradi. Ba`zan og’riq
barmoqlargacha cho`zilib, bundan oyoq va son oriqlaydi. Kasallikning oxirida
og’rigan joyni ho’l bilan bosilsa, yoki oyoq barmoqlari uchida ozgina tortilsa,
kasalga orom beradi. Bunda engashish va qomatni tiklash qiyin bo`ladi. Ba`zan
kasal bundan foydalanadi. Ba`zan bu og’riq son boshining o`rnidan chiqishigacha
olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |