Biqin og’rig’i.
Bu orqa og’rig’iga yaqin bo`lib, ko`pincha, boddan va balg’amdan bo`ladi. Uni
davolash ham orqa og’rig’ini davolashga yaqindir. Bunga xos davolardan biri
quyidagi tarkibdir: sariq yo`ng’ichqa, indov urug’i, petrushka urug’i, juvona va
zanjabil va dorchindan barobar bo`laklar va shularning hammasini eron kavragidan
olib, bo`lakchalar tayyorlab iste`mol qilinadi. Agar bu og’riq shu a`zodagi yoki
unga hamkor a`zodagi shishdan bo`lsa ham u shunday davolanadi. Biqin og’rigi
kamdan-kam issiq mizojning moddasiz yoki moddali buzilishidan bo`ladi; siydik va
ichak a`zolarining hamkorligi bilan bo`ladigan bundan mustasnodir. Buning
belgilari va davosi ravshandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |