Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

 
                                       Mavzu savollari   
1.Bepushtlik ta’rifi. Sababi. 
2.Bepushtlikni tashxislash va davolash. 
3.Jinsiy zaiflik. Sababi. 
4.Jinsiy zaiflikni tashxislash va davolash.  
VIII-BOB. MUSHAK , TAYANCH  SISTEMASI  VA TERI 
KASALLIKLARI 
8.1. § Mushak va tayanch sistemasi kasalliklari, poliartrit, bod kasalliklari, 
niqris, irqunnaso, osteoxondroz kasalliklarini  sharqona usulda tashxislash va 
davolash 
      Orqa og’riqi mushaklarda, umurtqalarni o`ragan ichki va tashqi boyloqlarda 
bo`ladi.  Qanday  bo`lsa  ham,  u  mizojning  sovushidan,  xom  balg’amdan,  ko`p 
charchashdan  va  ko`p  jinsiy  aloqadan  bo`ladi.  Goho  bukrilik  sabablaridan  bo`ladi, 
agar hali  bukrilik  mustahkamlanmagan  bo`lsa  yoki  ba`zi ichki a`zolarning  ishtiroki 


353 
 
bilan  bo`ladi.  Masalan,  buyrak  kuchsizlashganda  va  oriqlaganda  hamda  umurtqaga 
joylashgan  katta  tomir  ko`p  to`lganda  bel  og’riydi.  Yoki  o`pka  nayida  shish  va 
chiqiq  chiqqanda  ham  shunday  og’riq  bo`ladi,  biroq  og’riq  orqaning  o`rtasida 
bo`ladi.  Og’riq  goho  bachadon  ishtiroki  bilan  ham  bo`ladi  masalan,  hayz  qoni 
tushishga  yaqinlashganda  yo  "bachadon  bo`g’ilishi"da  tug’ish  oldida  shunday 
bo`ladi. Orqa og’rig’i ba`zan buhron belgilaridan biri bo`ladi. 
Belgilar.  Sovuqdan  va  xom  shilliqdan  bo`lgan  orqa  og’rig’ining  belgisi  shuki, 
ko`pincha,  uni  yurish  va  badantarbiya  qilish  bosadi,  uning  boshlanishi  oz-ozdan 
bo`ladi, ba`zan unda sovuq seziladi. Charchashdan, og’ir narsa ko`tarish va shuning 
kabi  narsalardan,  hamda  jinsiy  aloqadan  bo`lgan  orqa  og’rig’ini  shu    sabablardan 
birortasining oldinda bo`lganligi ko`rsatadi. Buyrakdan bo`lgan orqa og’rig’i belning 
pastida bo`ladi, bu bilan birga jinsiy aloqa kuchsizlashadi va buyrak kuchsizligining 
ma`lum  sabablaridan  biri  mavjud  bo`ladi.  Orqa  og’rig’ining  sodda  harorat  sababli 
ekanligi  yallig’lanish,  yengillik,  achishish  va  lo`qillamaslikdan  bilinadi.  Tomir 
to`lishidan  bo`lgan  orqa  og’rig’i  harorat,  yallig’lanish,  lo`qillash,  badan  to`liqligi 
bilan  birga  og’riqning  butun  orqaga  yoyilishi  ko`rsatadi.  Bukrilik  sabablaridan 
bo`lgan  orqa  og’rig’iga  bukrilik  bobida  aytgan  narsalarimiz  dalil  bo`ladi.  Orqa 
og’riqlari  bukilishga  yoki  tikkayib  qolishga  majbur  qiladi.  Bukilishga  majbur 
qiluvchi  og’riqlar  -  bukrilik  sabablaridan  bo`lgan  tirishtiruvchi  qattiq  shish  yoki 
boshqa narsa sababli kelib chiqqan og’riqlardir. 
 Tikkayib  qolishga  majbur  qiluvchi  og’riqlar  shunday  og’riqlardirki,  bunda 
nafsning  mushaklarni  og’riq  beruvchi  bukilish  va  siqilishdan  saqlashga  intilishiga 
xilof bo`lmagan holatni egallashga majbur bo`linadi. Agar ho’l og’riq  yetgan joyni 
paypaslab  topsa,  uning  sababi  sirtqi  mushakda  bo`ladi,  topmasa,  sabab  ichki 
mushakda bo`ladi. 
Davolash.  Bunda  quyida  aytadiganimiz,  bo’g’in  og’riqlarini  davolash  usullari 
hamda bukrilik va umurtqadagi yellarni davolash choralariga murojaat qilish lozim, 


354 
 
chunki  bunda  yo`l  bittadir.  Sovuqdan  bo`lgan  orqa  og’rig’ini,  u  sovuqdan 
bo`lganidan,  o`tgan  boblarda  aytilgan  ichiladigan,  qo`yib  bog’lanadigan  va 
ishqalanadigan narsalar bilan davolash kerak, bunda xom balg’am bo`lganidan, uni 
Abu Jahl tarvuzining etidan qilingan iyoraj va "sassiq xab" kabilar bilan bo`shatiladi. 
Charchash  va  shuning  kabilardan  bo`lgan  orqa  og’rig’ini    yaxshi  oziq, 
ishqalanadigan  mo`tadil  dorilar  va  iliq  yog’lar  bilan  davolanadi.  Jinsiy  aloqadan 
bo`lgan orqa og’rig’ini esa jinsiy aloqa zaifligini davolash orqali davolanadi. 
Buyrak  sababli  bo`lgan  orqa  og’rig’i  buyrak  kuchsizligini  davolash  bilan 
davolanadi.  Katta  tomirlarning  to`lishidan  bo`lgan  orqa  og’rig’ini  davolash  uchun 
bosliqdan qon olinadi, tizza osti tomiridan qon  olish ham davo bo`ladi. Bu og’riqni 
darhol bosadi, ayniqsa uning ketidan  qizil gul yog’i va shu  kabi narsalar ishqalansa, 
shunday bo`ladi, bukrilik sababidan bo`lgan orqa og’rig’ining davosi bukrilik davosi 
kabidir. 
Orqa  og’rig’ining  ko`pchiligi  umurtqa  mizojining  sovuqligidan  yoki  buyrak 
kuchsizligidan  bo`lganligidan  davolanishning  ham  ko`pchiligi  shu    ikki  a`zoga 
qaratilgan  bo`lishi  kerak.  Buyrakni  davolash  haqida  to`la  gapirdik,  shuningdek 
umurtqani  qizdirish  to`g’risida  ham  bukrilik  bobida  yetarli  aytganmiz;  lekin 
sovuqdan bo`lgan orqa og’rig’iga xos davolardan biri farfiyun  yog’ini tanho holda 
ishlatishdir;  unga  qarshi  ichiladigan  va  sinalgan  narsalar  to`rt  doridan 
tayyorlanadigan  taryoq  yoki  petrushka  suvi  bilan  kanakunjut  yog’idir.  Yana  qora 
no`xat  ivitmasi  igir,  to`rt  dirham  sariyog’  va  bir  dirham  asal  bilan  o`n  to`rt  kun 
iste`mol  qilinadi.  Morcho`bani  uzoq  vaqt  yeb  yurish  ham  juda  foydalidir.  Shu  
og’riqga uchragan sovuq mizojlilar uchun surgi "sassiq xab"dir. 
Bog’lanadigan  narsalarga  kelsak,  shuni  aytish  kerakki,  sambitgul  bog’lash 
eskirgan  orqa  og’rig’ini  tuzatadi.  Govshir,  muql,  kavrak  yelimi,  eron  kavragi, 
qunduz  qiri,  farfiyun  kabilarning  tanho  o`zini  yoki  dafna  yog’i,  dafna  urug’i, 
gazago`t  yog’i,  gazago`t  urug’i,  may`a  yog’i  va  kanakunjut  yog’i  bilan  qo`shib 


355 
 
bog’lash  ham  juda  foydalidir.  Ishqalanadiganlardan  farfiyun  va  qust  yog’laridir. 
Gulsafsar yog’ining ajoyib xosiyati bor; yaxshisi oldin orqani qizdirish, dag’al latta 
bilan ishqalash, keyin shu yerga surtishdir.                                                  

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish