Yonbosh og’rig’i uchun yengil tadbir: ayniqsa og’riq hammom, issiq suv va
kechqurunlari yomon taomdan keyin ichilgan urug’lar bilan bosilmagan bo`lsa, uni
no`xat suvi ichib qusish va sabzavot suvi va xiyorshanbar bilan ichni surish bosadi.
Quyuq xiltdan va toshga aylanmoqda bo`lgan xiltlardan paydo bo`lgan bo`g’in
og’riqlariga foyda qiladigan quyuq surtmalar. Yaxshi quyuq surtma. Tozalangan
qovoq urug’i va kanakunjutdan uch uqiya olib, bir uqiya sigir suti yog’ida maskada
mayin qilib eziladi. Yopishadigan bo`lsin uchun uning ustiga bir uqiya asal solinadi
va qo`yib bog’lanadi, ayniqsa qurigan bo`g’imlarga bog’lanadi, ba`zan unga o`tkir
sirkadan ham bir uqiya qo`shiladi. Sigir tappisini bog’lash bo`g’im, orqa va tizza
og’riqlarida juda kuchli ta`sir ko`rsatadi; bu ko`p boshqa dorilardan yaxshiroqqa
o`xshaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |