Foydali, yengil surgi. Qizil anzirat go`shtxo`rdan uch dirham va savrinjondan
uch dirham olib eziladi va yuzta yong’oq yog’i bilan aralashtiriladi, keyin buni
ukrop suvida ichiriladi. Bu qiynamasdan suradi va quritadi.
Juda kuchli qustiruvchi dori. Bu bo`g’im og’rig’i va irqunnaso kasaliga
yo`liqqan kishilardan ho’l mizojli va savdo mizojlilarga foyda qiladi; uning nusxasi:
sabrdan bir uqiya, qora harbaq urug’idan bir uqiya, lufodan yarim uqiya,
saqmuniyodan bir uqiya va farfiyundan yarim uqiya olinib karam shirasiga qoriladi.
Agar shu dori bilan qustirilsa, u kasallikni tagidan qo`poradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |