Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Bo`g’im og’riqlari, podagra va   irqunnaso   og’rig’ini davolash



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Bo`g’im og’riqlari, podagra va   irqunnaso   og’rig’ini davolash. 
Kasallikning sababi sodda mizoj deb bilinsa, uning tadbiri osondir; chunki bunda 
kasallik ko`pincha, shishsiz sodda yallig’lashdan iborat bo`lib, uning davosi mizojni 
almashtirishdir. Bu xususda muhtoj bo`linadigan narsalarning eng buyugi safro yoki 
qonni bo`shatishdir. Goho u qotish va alam beruvchi sovuqdan iborat bo`ladi, bunda 
ham  mizojni  almashtirish  kifoya  qiladi,  bunda  qonni  qizdirish  uchun  asosan 


363 
 
balg’amni bo`shatish zarur bo`ladi. Ko`pincha, sabab tirishtiruvchi quruqlik bo`ladi, 
ma`lumki,  bunda qo`llashga muhtoj bo`linadi. 
Sabab  modda  bo`lganda  quyulayotgan  narsani  teskari  tomonga  tortish  va 
kamaytirish,  a`zo  moddani  qabul  etmasligi  uchun  uni  kuchaytirish,  modda  yo`q 
bo`lsin  uchun  uning  mavjudini  taratish  bilan  unga  qarshi  turish  kerak.  Bularning 
hammasida umumiy qoidalarga murojaat qilish zarur. Agar modda qonli bo`lsa, yoki 
qon  g’alaba  qilgan  bo`lsa,  qarshi  tomondagi  tomirdan  qon  olish  bilan  mashg’ul 
bo`lish kerak, agar og’riq badan bo`g’imlariga umumiy bo`lsa, ikkala tomondan qon 
olinadi. Keyin, ayniqsa og’riq tuban tomonlarda bo`lsa, qustirishga mashg’ul bo`lish 
kerak, chunki bunday hollarda qustirish ichni surishdan foydaliroqdir. So`ngra, agar 
moddaning  yetilganligi  va  g’alizligi  mone  bo`lmasa,  ichni  surishga  o`tiladi,  oldin 
kuchli  surgidan  boshlanadi,  garchi  muloyimlik  bexavotirroq  va  asta-sekinlik 
muvofiqroq  bo`lsa  ham  shunday  qilinadi.  Keyin  buning  ketidan  oz-ozdan 
tozalaydigan  surgilar  beriladi.  Odamlardan  ba`zilari  birin-ketin  yengil  surgidan 
boshlashni  va  modda  yetilgandan  keyin  kuchlisi  bilan  ishni  tugatishni  rasm 
qilganlar;  biroq  to`g’risi  shuki,  agar  modda  suyuq  va  safroviy  bo`lib,  uni  yetilgan 
deb  bilinsa,  uni  tezroq  bo`shatish  zarur.  Agar  modda  quyuq  bo`lsa,  oldin  uni 
suyultirib  va  yetiltirib,  keyin  bo`shatish  tomoniga  haydalishga  tayyorlaydigan  qilib 
surgi berilsa, zarari yo`qdir; 
   Agar modda murakkab bo`lsa, surgi va quyuq surtmani murakkab qilish kerak, 
chunki  to`g’risi  shuki,  boshlanishda  dori  bilan  davolash  va  tomirdan  qon  olmaslik 
kerak, chunki qon olish xiltlarni qo`zg’atib, badanni harakatga soladi va ehtiyoj talab 
qilgan  narsa  chiqmay  qoladi.  Shuningdek,  boshlanishda  bo`shatilmaydi  ham; 
yetilganlik  bilinguncha  kasalga  arpa  suvi  ichirishni  to`xtatilmaydi,  agar  to`lishlik 
chiqarishga muhtoj qilsa, bu ishni sachratqi suvi va ituzum suvi bilan xiyorshanbar 
kabi kasalni bir yoki ikki marta o`tirishga majbur qiladigan ichiladigan dorilar bilan 
yoki huqna bilan qilinadi, bu keyingisi yaxshiroqdir. Agar bo`shatilish sababli og’riq 


364 
 
tusha  boshlasa,  yaxshi  tadbirsiz  bo`shatishni  qo`llama;  chunki  bo`shatish  ba`zan 
xiltlarni o`rnidan qo`zg’atib illat tomon yuboradi. Buhronlarni to`rtinchi, yettinchi va 
o`n  birinchi  kunlarda  nima  bo`lishini  kuzatib  bor.  Yaxshi  buhron  ular  uchun  o`n 
to`rtinchi  kunda  bo`lganidir.  Agar  modda  yetilguncha  bo`shatishni  kechiktirib, 
quyiladigan  dorilar  bobida  aytilgan  qonunga  muvofiq  sovuq,  issiq  va  iliq  suvlarni 
quyish  bilan kifoyalanadigan  bo`linsa, shunday  qilinadi, shunda  ham  sovuq  suvdan 
boshlanadi. 
      Issiq  mizojli  va  uvushtiruvchi  surtmalarga  kelsak,  ularning  hammasi 
zararlidir:  issiq  mizojlilari  xiltlarni  tortgani  uchun  zararli,  uvushtiruvchilar  esa, 
ularni  qamab  xomga  aylantirgani  uchun  zararlidir.    Sovutuvchi  surtmalar  quyuq 
xiltlarni  xomga  aylantirib,  suyuq  xiltlarni  tarqatadi  va  kasallikni  cho`zadi.  Issiqlik 
surtmalarning  ularga  zararli  bo`lishi  bo`g’imlarni  qo`llagani  uchundir.  Sikanjubin 
esa o`z nordonligi bilan ularga unchalik muvofiq emasdir. Kuchli urug’lar, masalan, 
arpabodiyon urug’i, ko`pincha, xilt chiqindilarni kuydirib toshga aylantiradi. 
Yetiltirish tamom bo`lganda savrinjon, bo’zidon va ularning urug’i bilan bo`shat; 
yana muloyimlik bilan qon ham ol. Bu chog’da yana qurbaqao`t kabilarni qo`yiladi, 
oldinroq  kuchsiz  dorini  ichirishdan  o`zingni    tort,  chunki  u  moddani  qo`zg’atib 
qo`yadi-yu, arzirli surmaydi; hatto, ko`pincha, boshqa qotgan moddalarni suyultirib 
kasal  a`zoga  oqizadi.  Dorini  iste`mol  qilishni  istagan  kishi  ertalabki  yeyiladigan 
ovqatni  keyinga  qoldirib  oldin  dorini  ichsin,  keyin  uch  soat  o`tkazib  sharob  va 
ozgina suv bilan o`n misqol non yesin, olti soatdan keyin hammomga kirib yuvinsin, 
so`ngra muvofiq keladigan narsa bilan ovqatlansin. Keyin siydiradigan narsa ichsin, 
chunki  siydik  chiqarish  bo`g’im  og’riqlari  moddasini  kesadi.  Negaki,  bu,  ayniqsa 
issiq  podagrani  qo`zg’atuvchi  modda,  jigarda  va  tomirlarda  bo`lgan  hazm  ishining 
chiqindisi  ekanligi  senga  ma`lumdir.  Bu  ham  borki,  sovuqdan  bo`lgan  bo`g’im 
og’riqli  va  ho`l  mizojli  kishilarning  ko`pchiligi  ko`p  surgi  ichishdan  va  huqna 
qilishdan  foydalanmaydilar,  lekin  siydiruvchi  narsalar  bilan  davolanganlarida  sihat 


365 
 
topadilar.  Og’riq  tanlilardan  shundaylari  borki,  ular  surgi  va  siydik  haydovchi 
dorilarni  ko`p  ishlatishni  ko`tara  olmaydilar,  buning  natijasida  ularda  qon  quyish 
hodisasi  ro`y  beradi,  shularning  hammasiga  rioya  qilinsin.  Taryoq  ham  shunday 
sovuq  mizojli  og’riqlarda,  xususan  bo`shatishlardan  keyin  foyda  qiladi,  chunki  u 
moddalarning  qoldiqlarini  muloyimlik  bilan  tozalab  tarqatadi  va  a`zolarning 
hammasini kuchli qiladi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish