Kuchli quyuq surtma. Eski zaytun yog’idan bir ritl, Iskandari sodasidan bir ritl,
saqichdan bir ritl, farfiyundan bir uqiya, gulsafsar ildizidan ikki uqiya va sariq
yo`ng’ichqa unidan bir yarim ritl olib, quyuq surtma tayyorlanadi.
Yana muql, govshir va eritilgan charvidai qilingan quyuq surtma tizza va
bo`g’inlarda xom shilliqdan bo`ladigan og’riq uchun juda foydalidir.
Suruvchi va tarqatuvchi quyuq surtmalar. Sodadan bir donaq, kavrak yelimi
va ohakdan shuncha olib, quyuq surtma yasaladi. Yoki farfiyunni gulsafsar yog’i
bilan ezib surtiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |