4. Tovarning tashqi bezalishi
Tovarning tashqi bezalishini tavsiflashda uning zamonaviy dizayn va
iste‘molchilar talablariga mos kelishini aks ettirish, mahsulotning shakli uning
funktsiyalariga qanchalik javob berishi, materiali va rangi nima asosida tanlanganligi
va boshqalarni ko‘rsatish lozim.
5. Yangi tovarni tavsiflash
Yangi tovarni tavsiflash ayrim xususiyatlarga ega. Avvalo tovar «bozor
yangiligi» talablariga javob berishi ko‘rsatiladi. Bu atama bilan belgilanuvchi tovarlar
quyidagi xislatlarga ega bo‘ladi:
iste‘molchilar uchun eng yangi ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini ochib
beradi (pioner tovar);
oddiy, ma‘lum bo‘lgan ehtiyojni bir pog‘ona yuqoriga ko‘taradi (oq-qora
televizor o‘rniga rangli televizor);
iste‘molchilarning kengroq doirasiga ma‘lum darajada ehtiyojni qondirishga
68
imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |