7. Patent huquqlari
Ushbu qismda korxonaning bozorga raqobatchilar kirib kelishiga to‘sqinlik
qilishi mumkin bo‘lgan turli xil ixtirolarga egalik huquqi, patentlar tavsiflanadi:
foydali modellar;
tovar belgilari;
tovarning kelib chiqish joyi nomlanishi.
Ushbu obyektlarga, «nou-xau»ga egalik litsenziyalari ko‘rsatiladi.
8. Eksport ko’rsatkichlari va uning imkoniyatlari
Mahsulotning ayrim turlari tashqi bozorga chiqariladigan bo‘lsa, eksportni
tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar: mamlakat, sotuv hajmi, valyuta tushumini
ko‘rsatish lozim. Boshqa tovarlar bo‘yicha ichki bozorga mo‘ljallangan mahsulotni
chet ellik iste‘molchilar talablariga moslashtirishning maqsadga muvofiqligi va
imkoniyatlari ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |