Ызбекистон республикаси олий ва ырта


 Mahsulotni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/243
Sana17.09.2021
Hajmi3,21 Mb.
#176523
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   243
Bog'liq
biznes - rejalashtirish 2

9. Mahsulotni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari 
Ushbu  bo‘limda  iste‘molchilar  so‘rovlarini  ko‘proq  qondirish  maqsadida 
mahsulotni  modernizatsiyalashning  asosiy  g‘oyalari,  yo‘nalishlari  va  imkoniyatlari 
keltiriladi.   
 
7.2. Mahsulotni baholash usullari 
 
Tovar  murakkab  tushuncha  bo‘lib,  bir  qator  xususiyatlar  yig‘indisini  qamrab 
oladi. Ulardan asosiysi  iste‘molchilik sifatlari, ya‘ni tovarning o‘z egasi ehtiyojlarini 
qondira  olishi  hisoblanadi.  Tovarning  ko‘pchilik  tomonidan  qabul  qilingan  ta‘rifi  - 
«sotish  uchun  ishlab  chiqarilgan  mehnat  mahsuli»  to‘g‘ri  bo‘lsada,  tovarni  pulga 
ayirboshlashdagi  rolini  emas,  undan  foydalanish  imkoniyatlarining  ahamiyatini 
ko‘rsatish  muhim:  tovar  bu  –  ma’lum  bir  ehtiyojni  qondirish  vositasidir
Tovarning  boshqa  yana  bir  ta‘rifiga  ko‘ra  –  bu  buyumning  foydali  xususiyatlari 
yig‘indisidir. Shu sababli u iste‘molchilar ehtiyojlarini moddiy qondirish uchun zarur 
bo‘lgan barcha tarkibiy elementlarni avtomatik ravishda qamrab oladi. 
Tovarning iste‘mol qiymati tovarning o‘zi va unga qo‘shimcha xizmatlar bilan 
bog‘liq  xususiyatlar  yig‘indisi  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Korxonaning  barqaror 
muvaffaqiyati  uchun  doimiy  mijozlar  to‘g‘risida  g‘amxo‘rlik  qilish  zarurligi  sababli 
raqobatli bozorda tovar narxi, o‘rovi (qadoqlanishi), dizayni, ergonomik xususiyatlari 
va unga tegishli hujjatlarga alohida e‘tibor qaratish lozim. Shu bilan birga avtomobil, 
traktor  yoki  stanok  dizaynining  ajoyibligi  uni  bozorda  muvaffaqiyatsizlikka 


 
69 
uchrashidan himoya qila olmaydi. 
Tovarlarni  tadqiq  etishning  pirovard  maqsadi  bozordagi  tovarlar  sifati  va 
texnik-iqtisodiy  ko‘rsatkichlarining  xaridorlar  so‘rov  va  talablariga  mos  kelishi, 
shuningdek ularning raqobatbardoshligini tahlil qilish hisoblanadi. Tovarlarni tadqiq 
etish  iste‘molchi  nimaga  ega  bo‘lmoqchiligi,  u  mahsulotning  qaysi  iste‘mol 
ko‘rsatkichlarini  (dizayn,  ishonchlilik,  narx,  ergonomika,  servis,  funktsionallik) 
ko‘proq  qadrlashi  haqidagi  ma‘lumotlarni  olishga  imkon  beradi.  Shu  bilan  birga 
reklama  kampaniyasi  uchun  eng  omadli  dalillarni  olish,  to‘g‘ri  keluvchi  savdo 
vositachilarini  tanlash  ham  mumkin.  Tadqiqot  obyektlari  –  o‘xshash  tovarlar  va 
raqobatchi  tovarlarning  iste‘mol  xususiyatlari,  iste‘molchilarning  yangi  tovarlarga 
reaktsiyasi, tovar assortimenti, o‘rovi, servis darajasi, iste‘molchilarning istiqboldagi 
talablari  hisoblanadi.  Tadqiqot  natijalari  korxonaga  xaridorlar  talablariga  mos 
ravishda  o‘z  tovar  assortimentini  ishlab  chiqish,  ularning  raqobatbardoshligini 
oshirish,  tovar  hayotiylik  davrining  bosqichlaridan  kelib  chiqqan  holda  faoliyat 
yo‘nalishlarini  tanlash,  g‘oyani izlab topish  va  yangi tovarlarni  ishlab  chiqish, tovar 
markalanishini takomillashtirish, firma stilini ishlab chiqish, patentlarni himoya qilish 
usullarini aniqlashga imkon beradi. 
Korxona  tomonidan  ishlab  chiqarilgan  tovar  yoki  mahsulotni  to‘g‘ri  ko‘rsata 
bilish  ham  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  erda  tovarning  taxminiy  narxi  va  uni 
ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar miqdorini ko‘rsatish tavsiya qilinadi. 
Ularga  ko‘ra  har  bir  tovar  birligi  keltirishi  mumkin  bo‘lgan  foyda  hajmini  aniqlash 
mumkin. 
Tovarning  asosiy  xislatlarini,  uning  dizayni  va  o‘rovining  afzalliklarini  aniq 
tavsiflash  katta  ahamiyatga  ega.  Bularning  barchasi  tashqi  va  ichki  bozorda  sotish 
uchun mo‘ljallangan tovarlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.  
Agar tovar xaridorlar talablarini qondira olmasa uni sotish uchun hech qanday 
hatti-harakatlar  ko‘ngildagidek  tijorat  natijalarini  bermaydi.  Ishlab  chiqarilayotgan 
tovarning bozor talablariga mos kelmasligi hozirgi kun sharoitlarida katta moliyaviy 
yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Tovarning «sotiluvchanligi»ni baholashning eng 
samarali  usuli  tanlangan  bozorlarda  sinov  tariqasida  sotish  hisoblanadi.  Bu  birinchi 
navbatda shaxsiy iste‘mol tovarlariga taalluqlidir. Bozor sinovlarini tashkil qilishning 
qiyinligi  va  qimmatligi  sababli  ishlab  chiqarish  yo‘nalishidagi  tovarlarni  sinov 
tariqasida sotish kamdan-kam amalga oshiriladi. 
Ishlab chiqarish yo‘nalishidagi tovarlar, ayniqsa, mashinalar, asbob-uskuna va 
qurilmalarni  iste‘molchilarga  bepul  asosda  sinash  uchun  etkazib  berish  tavsiya 
qilinadi.  Bunday  sinov  natijalari  korxonaga  mahsulot  raqobatbardoshligini  oshirish 
uning  texnik  darajasi  va  sifatini  eng  yuqori  bozor  talablariga  etkazishga  imkon 
beruvchi muhim  ma‘lumotlarni beradi. Sinov natijasida olingan ma‘lumotlar tovarni 
ommaviy  ishlab  chiqarishni  boshlashdan  avval  unga  zarur  o‘zgartirishlar  kiritish  va 
uni  muayyan  bozorlarga  moslashtirish  uchun  katta  imkoniyat  beradi.  Sinov 
tariqasidagi  sotuvlar  to‘liq  muvaffaqiyatsizlikka  uchraganda  tovar  umuman  ishlab 
chiqarishdan olib tashlanadi. 
Bo‘limda  mahsulot  servisini  tashkil  qilish  ham  tavsiflanishi  lozim  (agar 
mahsulot  texnik  mahsulot  bo‘lsa).  E‘tiborni  tovarning  kamdan-kam  uchraydigan 
xislatlariga  qaratish  tavsiya  etilmaydi.  Yaxshisi  bozorni  maksimal  qondirish,  o‘ziga 


 
70 
xos iste‘mol xususiyalariga ko‘proq e‘tibor qaratgan ma‘qul. Bu yo‘nalishda birinchi 
qadam o‘z tovarini to‘liq va yaxshi bilish, uning kutilayotgan xaridor uchun keltirishi 
mumkin bo‘lgan foydalaridan xabardor bo‘lish hisoblanadi. 
Tashqi  bozor  uchun  mo‘ljallangan  tovarlarni  tanlashda  ichki  bozorda  sotuv 
natijalarini baholash katta foyda beradi. Tashqi bozor uchun mo‘ljallanuvchi tovarlar 
narx,  estetika  va  funktsiyalar  nuqtai  nazaridan  o‘ziga  xos  baholashni  talab  qilishini 
yoddan chiqarmaslik zarur. 
Javob topish lozim bo‘lgan savollar quyidagilardan iborat: 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish