7.3. Tovarning hayotiylik davri
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish strategiyasini ishlab chiqishga ta‘sir etu-
vchi va o‘z navbatida biznes-rejaning ushbu bo‘limida hisob-kitoblarni amalga
oshirishda taklif etilayotgan tovarning hayotiylik davrini aniqlash muhim ahamiyat
kasb etadi
14
. Har qanday tovarning hayotiylik davri ma‘lum bir qonuniyatlarga
bo‘ysunadi va bir qator davrlarni (bosqichlarni) o‘z ichiga oladi (namoyish etish, bo-
zorga kiritish, o‘sish, to‘yinish, pasayish). Tovarning hayotiylik davrining ushbu bos-
qichlaridan o‘tish tezligi, bir vaqtning o‘zida bozor tuzilmasiga ham ta‘sir etuvchi bir
qancha holatlarga bog‘liq bo‘ladi. Hayotiylik davrining bosqichlari yoki davrlari
bo‘yicha oldindan belgilangan va hisoblangan tovarlar harakati tadbirkor uchun o‘z
vaqtida mahsulot boshdan kechirayotgan bosqichga mos keluvchi qarorlarni qabul
qilishga imkon yaratadi. Mahsulotga bo‘lgan talabni pasayishini oldini olish yoki uni
bosib o‘tish bo‘yicha tadbirkor qo‘llashi mumkin bo‘lgan vositalar juda hilma-hildir:
baho, tovarni sotish usullari, uning reklamasi, ishlab chiqarish bo‘linmalariga
o‘zgartirish kiritish va tovarni bozorga chiqarish. Bular o‘z navbatida sotish xajmi va
darajasiga, shu bilan birga loyihani amalga oshirishning moliyaviy natijalariga ta‘sir
qiladi(7.1-rasm).
7.1-rasm. Tovar va xizmatlarning hayotiylik davri bosqichlari.
Turli xil tovarlarga nisbatan hayotiylik davri uzoq muddatli, oddiy va qisqa
14
Qarang, Горемыкин В.А., Нестерова Н.В. Энциклопедия бизнес – планов: Методика разработки. 75 реальных
образцов бизнес – планов. - М.: «Ось-89», 2003. – 49 bet.
3.
Ishlab chiqarish va
sotishni kеngaytirish
2. Bozorga kiritish
1. Namoyish
4. Bozorning to`yinishi
8. Ishlab chiqarishni
to`xtatish
6. Modеrnizatsiya
5. Pasayish
7. Yangi bozorlar
72
muddatli bo‘lishi mumkin. Tadbirkor uchun u ishlab chiqarishni mo‘ljallayotgan
tovarning hayotiylik davri haqida ishonchli ma‘lumotlarni olish muhim ahamiyat
kasb etadi. Buning ahamiyati, ayniqsa, bozorda o‘xshash yoki xuddi shunday tovarlar
mavjud bo‘lgan
hollarda ortadi. Aks holda tadbirkor ishlab chiqqan tovarni bozorga
kiritish, o‘rnini bosuvchi tovarning qarish bosqichiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bunda
bozorga yana taklif qilingan tovar sotilmaydi va uni ishlab chiqarishni darhol
to‘xtatishga to‘g‘ri keladi.
Albatta, hayotiylik davrining bosqichini aniqlash juda qiyin, chunki tovarning
hayotiylik davrini u tugagan taqdirdagina aniq bilish mumkin bo‘ladi. Shu sababli
hayotiylik davri tugagandan so‘ng mazkur tovar qaysi payt qaysi bosqichda bo‘lganligini
aytib bera olsak, «hayot» davrida barcha hisob-kitoblar taxminiy xarakterga ega bo‘ladi.
Firmalar tovar haqiqatda o‘sish bosqichida turgan bir paytda u etuklik bosqichga
kirdi deb, unga e‘tiborni susaytirgan hamda qo‘shimcha foyda olish imkoniyatidan
mahrum bo‘lgan hollar ko‘p kuzatilgan. Ko‘pincha buning aksi ham bo‘lib turadi. Tovar
o‘sish bosqichida deb hisoblagan firma uni o‘zlashtirishga kirishadi. Tekshirib
ko‘rilganda esa, tovarning etuklik bosqichidan o‘tganligi ma‘lum bo‘lib, firmaning
omborlarida sotilmay qolgan mahsulotlar to‘planib qoladi. Aynan shu sababli «ikkinchi
to‘lqin»dagi ishlab chiqaruvchilar ular ishlab chiqarishni mo‘ljallab turgan tovarning
hayotiylik davri bosqichini to‘g‘ri topa olishlari lozim bo‘ladi. Bu yangi tovarlarni ishlab
chiqish strategiyasini to‘g‘ri tanlashga imkon beradi.
Shunday qilib, yangi tovarlarni ishlab chiqishda ishlab chiqilayotgan tovar va
boshqa firmalarning o‘xshash tovarlarining hayotiylik davri bosqichlarini solishtirsh
muhim ahamiyat kasb etadi. Muvaffaqiyatli rivojlanish uchun har bir korxona o‘sish
bosqichidagi raqobatbardosh tovarlarga ehtiyoj sezadi.
Tovar o‘sish bosqichida bo‘lgan va tez sotilayotgan paytda firma barcha hatti-
harakatlarini uni sotishga qaratadi va ko‘p hollarda kelgusi avlod tovarlarini ishlab
chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Biroq, o‘sish sur‘ati pasayishni boshlagan paytda
bu haqda o‘ylash kech bo‘ladi.
Firma ishlab chiqarayotgan tovar etuklik bosqichga yaqinlashgan paytda bu tovar
qarish bosqichiga kirishi bilan yangi tovarlar kirib kelishi uchun kelgusi avlod tovarlarini
ishlab chiqishga kirishish lozim.
Yuqorida aytib o‘tilganlarni hisobga olgach, ishlab chiqilayotgan tovarlarning
hayotiylik davrini kompleksli o‘rganishning muhimligi tushunarli bo‘ladi. Bunday
o‘rganish boshqa firmalarning o‘xshash tovarlari bilan birgalikda firmaning o‘z tovarlari
hayotiylik bosqichini tahlil qilishni talab qiladi.
Albatta, taqchillik sharoitlarida ko‘plab tadbirkorlar asosiy e‘tiborni tovarning
hayotiylik davrini o‘rganishga emas, balki umuman boshqa, tovarni ishlab chiqarish va
bozorga etkazish bilan bog‘liq muammolarni hal qilishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Biroq
tovarning hayotiylik davrini tahlil qilish zaruratiga e‘tibor qaratmaslik ham ko‘p hollarda
ishlab chiqarish samaradorligining eng yuqori bo‘lishiga erishishga imkon bermaydi.
Eng urfga kirgan tovarlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi bir qator
tadbirkorlarning esa tovarning
hayotiylik davri muammolariga murojaat etishi
shubhasiz. Bundan tashqari, bozorga murojaat qilishga ko‘pincha yangi tovarni ishlab
chiqish yoki chiqarilayotgan tovarning hayotiylik davriga o‘zgartirish kiritish zarurati
majbur qiladi. Bozor haqida, unda ro‘y berayotgan jarayonlar haqidagi axborotni
marketing tadqiqotlari beradi.
73
Do'stlaringiz bilan baham: |