1. Tovar qondiruvchi ehtiyojlar
Ehtiyojlarni tavsiflovchi asosiy axborot quyidagilardan iborat:
tovar nomi;
tovarning vazifalari, foydaliligi;
tovardan foydalanishning universalligi, bilvosita foydalilik, ikkinchi darajali
qo‘llash sohalari (masalan, chang yutgichdan xonalarni bo‘yashda foydalanish
imkoniyati);
tovarning o‘ziga xosligini ta‘minlovchi omillar.
2. Sifat ko’rsatkichlari
Mahsulot xususiyatlariga uning quyidagi sifat ko‘rsatkichlari bevosita bog‘liq
bo‘ladi: uzoq muddat xizmat qilish, ishonchlilik, oddiylik, xavfsizlik va hokazo.
Ayrim sifat ko‘rsatkichlari miqdoriy jihatdan baholanib, mos keluvchi ma‘lumotlar
biznes-rejada keltirilishi mumkin. Xususiyatlar yig‘indisini xuddi sifat darajasi kabi
xaridorlar tasavvuriga mos keluvchi tushunchalar orqali o‘lchanishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |