213
VIII bob Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim tizimida koxlear
implantat ahamiyati
8.1 Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim tizimida koxlear implantatsiya
ahamiyati
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim tizimida koxlear implantant
ahamiyati katta sanaladi. Koxlear implantant tizimi ikki yo‘nalishda rivojlangan.
Birinchidan, koxlear implantantning bir kanalli tizimlari takomillashib borgan.
Hozirga qadar taxminan 200ga yaqin kishi ulardan foydalanishda davom etmoqda.
Odatda bular kar bo‘lgan kishilar bo‘lib, koxlear implantant ularga nutqni eshituv-
ko‘ruv idroki asosida tushunishni yengillashtiradi. Biroq, alohida bemorlar koxlear
implantantning bir kanalli tizimi yordamida nutqni faqatgina eshitish orqali
tushunishga qodir bo‘ladilar. Mazkur tizimlarning rivoji va ishlab chiqarilishi 90-
yillarga qadar davom etgan. W. House (AQSh) va G.Clark Melburn
universitetidagi (Avstraliya) hamkasblari bilan birgalikda eshitish tizimini ko‘plab
fiziologik tadqiq etganliklari bilan mazkur tizim rivojiga sezilarli hissa
qo‘shganlar. Ikkinchidan, koxlear implantantning ko‘p kanalli (ko‘p elektrodli)
tizimlari ishlab chiqarila boshlandi. Ko‘p kanalli koxlear implantantni yaratish
g‘oyasi G. Bekesy (Bekesy, 1960) tadqiqotlari natijalariga asoslanib, mazkur
natijalar chig‘anoqning bazilyar menbranasi tonotopik tuzilishga ega ekanligini,
ya’ni bazilyar menbrananing turli qismlari turli chastotali tovushlarga ta’sir
ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Bu bir nechta elektrodlar yordamida eshituv nervining turli
uchastkalarini stimulyatsiya etish va eshituv tizimiga tovushlar chastotasi haqidagi
differensiallashgan ma’lumotlarni uzatish imkonining mavjudligini anglatardi.
1962 yilda W.House va J. Urban birinchilardan mazkur ishni amalga oshirishga
uringanlar. Biroq u davrda mazkur g‘oyani ro‘yobga chiqarishga imkon beruvchi
texnikalar mavjud bo‘lmagan. Bu nutqiy signallarni murakkab tahlilini, quvvatli,
kichkina hajmdagi kompyuterlarni talab etgan. Shu bois W.House Koxlear
implantantning bir kanalli tizimini rivojlantirishda davom etgan.
XX asrning 70-90 yillarida ko‘p kanalli tizimlarni ishlab chiqarish
214
Avstraliya, Avstriya, Fransiya, Shveysariya va Belgiyada qayta tiklangan. Bir
nechta markazlarda ko‘p kanalli Koxlear implantantlarning ilk eksperimental
modellari yaratilib, ular zamonaviy koxlear implantantlarga asos bo‘ldi (Cochlear
implant…, 1995; Diller et al., 2005). Koxlear implantant tizimi ikki yo‘nalishda
rivojlangan. Birinchidan, koxlear implantantning bir kanalli tizimlari takomillashib
borgan. Hozirga qadar taxminan 200ga yaqin kishi ulardan foydalanishda davom
etmoqda. Odatda bular kar bo‘lgan kishilar bo‘lib, koxlear implantant ularga
nutqni eshituv-ko‘ruv idroki asosida tushunishni еngillashtiradi. Biroq, alohida
bemorlar koxlear implantantning bir kanalli tizimi yordamida nutqni faqatgina
eshitish orqali tushunishga qodir bo‘ladilar. Mazkur tizimlarning rivoji va ishlab
chiqarilishi 90-yillarga qadar davom etgan. W. House (AQSh) va G.Clark Melburn
universitetidagi (Avstraliya) hamkasblari bilan birgalikda eshitish tizimini ko‘plab
fiziologik tadqiq etganliklari bilan mazkur tizim rivojiga sezilarli hissa
qo‘shganlar.
Ikkinchidan, koxlear implantantning ko‘p kanalli (ko‘p elektrodli) tizimlari
ishlab chiqarila boshlandi. Ko‘p kanalli koxlear implantantni yaratish g‘oyasi G.
Bekesy (Bekesy, 1960) tadqiqotlari natijalariga asoslanib, mazkur natijalar
chig‘anoqning bazilyar menbranasi tonotopik tuzilishga ega ekanligini, ya’ni
bazilyar menbrananing turli qismlari turli chastotali tovushlarga ta’sir ko‘rsatishini
ko‘rsatdi. Bu bir nechta elektrodlar yordamida eshituv nervining turli
uchastkalarini stimulyatsiya etish va eshituv tizimiga tovushlar chastotasi haqidagi
differensiallashgan ma’lumotlarni uzatish imkonining mavjudligini anglatardi.
1962 yilda W.House va J. Urban birinchilardan mazkur ishni amalga oshirishga
uringanlar. Biroq u davrda mazkur g‘oyani ro‘yobga chiqarishga imkon beruvchi
texnikalar mavjud bo‘lmagan. Bu nutqiy signallarni murakkab tahlilini, quvvatli,
kichkina hajmdagi kompyuterlarni talab etgan. Shu bois W.House Koxlear
implantantning bir kanalli tizimini rivojlantirishda davom etgan.
XX asrning 70-90 yillarida ko‘p kanalli tizimlarni ishlab chiqarish
Avstraliya, Avstriya, Fransiya, Shveysariya va Belgiyada qayta tiklangan. Bir
nechta markazlarda ko‘p kanalli Koxlear implantantlarning ilk eksperimental
215
modellari yaratilib, ular zamonaviy koxlear implantant- larga asos bo‘ldi (Cochlear
implant…, 1995; Diller et al., 2005).
1978-1979 yillarda G.Clark va uning ishchi guruhi tomonidan chig‘anoq
fiziologiyasi va gistopatologiyasi sohasidagi ko‘p yillik tadqiqotlardan so‘ng
Koxlear implantantning 20-elektrodli tizimlari (10 faol elektrodlari bilan) 3
katta yoshli bemorlarga implantatsiya etilgan.
G.Clark ishchi guruhi bilan “Nucleus” avstraliya kompaniyasi (hozirda
“Cochlear” firmasi) hamkorlik qila boshlagan va 1982 yilda mazkur kompaniya
tomonidan birinchi tijorat ko‘p kanalli “Nucleus” koxlear implantant tizimi ishlab
chiqilgan
69
.
Avstriyada 70 yillardan boshlab Ingeborg Hochmair-Desoyer, Erwin
Hochmair, Kurt Burian ham koxlear implantant tizimini ishlab chiqish bilan
shug‘ullanganlar. Ularning birinchi 8-kanalli tizimlari 70-yillarda 5 bemorga
implantatsiya etilgan. Ushbu ishlanmalar “MED-EL” firmasining kodlashning CIS
strategiyali “Combi 40/40+” koxlear implantant tizimlarining ishlab
chiqarilishiga asos bo‘ldi.
1975 yilda C.Chouard (Fransiya) teflon qoplanmaga ega 5-7 elektrodli
tizimlar 21 bemorga implantatsiya qilinganligi haqidagi ma’lumotlarni nashr
qiladi, biroq boshlangan teri kasalligi sabab 6-18 oydan so‘ng tizim olib
tashlangan. 1978 yilda C.Chouard yangi 8-12 kanalli modellarni ishlab chiqdi va
22 bemorga implantatsiya qildi.
AQShning bir nechta markazlarida – Los-Anjeles, Stanford, San-Fransisko
va Yutada koxlear implantatsiya tizimining ishlab chiqilishi amalga oshirilgan.
Los-Anjeles universitetidan R.Michelson, M.Merzenich, R.Schindler tomonidan
yaratilgan ishlanmalar “Advanced Bionics” (AQSh) firmasi tomonidan ishlab
chiqilgan “Clarion” koxlear implantantlar tijorat tizimining yaratilishiga asos
bo‘ldi.
Hozirda uchta asosiy firmalar koxlear implantantlar tizimini ishlab
69
Ching T.Y., Psarros C., Hill M. et all. Should children who use coghlear implants
wear hearing aids in the opposite ear? // Ear Hear. 2013. Vol. 22(5). P. 365-380
216
chiqarmoqdalar:
- “Cochlear” (Avstraliya) firmasining – “Nucleus 3”, “Nucleus Freedom”,
“Spectra 22”, “Sprint”, “ESPrit”, “ESPrit 3G” koxlear implantant tizimlari va
protsessorlari;
- “MED-EL” (Avstriya) firmasining - “Combi 40/40+”, “Tempo+”,
“Pulsar”, “Sonata”, “Opus 1”, “Opus 2” koxlear implantant tizimlari va
protsessorlari;
- “Advanced Bionics” (AQSh) firmasining “Harmony”, “Auria”,
“Clarion 1”, “Clarion 2”, “Clarion C II”, “Platinum”, “Clarion Platinum” koxlear
implantant tizimlari va protsessorlari.
“MXM” fransuz firmasi (“Digisonic” koxlear implantant tizimi)
zimmasiga barcha qo‘llanilayotgan koxlear implantantlarning 1% dan ziyod qismi
to‘g‘ri keladi.
Sobiq Sovet Ittifoqida ham koxlear implantant tizimlarini yaratishga
urinishlar bo‘lgan. Moskvada M.R.Bogomilskiy rahbarligi ostida koxlear
implantant tizimining tajriba namunasi yaratilgan, biroq uning sanoatda ishlab
chiqarilishi boshlanmagan (Bogomilskiy, Remizov, 1986). 90-yillarning boshida
Kievda ekstrakoxlear implantatsiyaga doir eksperimental tadqiqotlar olib borilgan
(Bazarov va hamkor mualliflar., 1993).
“Nucleus” koxlear implantant tizimi (“Cochlear” firmasi) yordamida
koxlear implantatsiyaning birinchi jarrohlik operatsiyasi Rossiyada 1991 yilda
Moskvaning audiologiya va eshituv protezlari ilmiy markazida amalga oshirilgan
(Tavartkiladze va hamkor mualliflar., 1995). So‘ng moliyalashtirishning yo‘qligi
sabab olti yillik tanaffus bo‘ldi. 1997 yildan boshlab “MED-EL” (“Combi 40/40+
”,
“Tempo+”,
“Opus
1”,
“Opus
2”
protsessorlari,
“Pulsar”,
“Sonata”implantantlari) va “Cochlear” (“Nucleus 3”, “Nucleus Freedom” KI)
firmalarining Koxlear implantant yordamida koxlear implantatsiya jarrohlik
operatsiyalari Sankt-Peterburg va Moskvada doimiy tarzda amalga oshirila
boshlandi. So‘nggi yillarda Rossiyada “Advanced Bionics” firmasining
“Harmony” Koxlear implantant tizimlari bilan implantatsiyalar amalga
217
oshirilmoqda.
Respublikamizda Koxlear implantant yo‘li bilan eshitishni tiklash bo‘yicha
jarrohlik operatsiyalarining amalga oshirilishiga yaqin vaqtlardan kirishildi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent
shifokorlar malakasini oshirish instituti professori, tibbiy fanlar doktori S.S.Arifov
hamda tadqiqotchilar A.A.Tulyaganov, M.U.Maxmudovlar tomonidan xorij
mutaxasislari bilan hamkorlikda Toshkent, Navoiy shaharlarida istiqomat qiluvchi
25 nafar zaif eshituvchi va kar bolalar eshitishi ilk marotaba jarrohlik yo‘li bilan
qayta tiklandi. Aytish joizki, jarrohlik operatsiyalari muvaffaqiyatli ravishda
amalga oshirilib kelinmoqda.
Binaural
implantatsiya
koxlear
implantatsiya
takomillashishining
yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, ya’ni Koxlear implantantni o‘ng va chap quloqqa
kiritish demak (Litovsky et al., 2004). Binaural implantatsiya eshituv apparati
vositasida binaural protezlash singari quyidagilarni ta’minlaydi
70
:
•
signal balandligini umumlashtiradi;
•
“bosh soyasi” effektidan holilik;
•
tovush lokalizatsiyasi, reverberatsiya, shovqin sharoitda nutqni idrok
etish, bir nechta so‘zlashuvchilar bilan muloqot etish uchun lozim bo‘lgan binaural
implantatsiya.
Uzoq vaqt koxlear implantatsiya faqat bir quloqda (monaural) amalga
oshirilgan, bu ma’lum darajada koxlear implantant tizimlarining yuqori bahosi
bilan shartlangan. “MED-EL” firmasi bilateral implantatsiya sohasidagi еtakchi
hisoblanadi. Ilk bilateral koxlear implantant 1996 yilda katta yoshli kishida, ikki
yildan so‘ng esa bolada amalga oshirilgan. 2002 yilga kelib ikkita Koxlear
implantantdan foydalanuvchilar soni 500dan ziyodni tashkil etdi, bu esa binaural
koxlear implantatsiyaning monaural koxlear implantatsiya bilan solishtirganda
katta samaradorligini, shu jumladan moddiy jihatdan ham xamyonbop ekanligini
70
Ching T.Y.C., Incerti P., Hill M. Binaural benefits for adults who use hearing
aids and coghlear implants in opposite ears// Ear Hear. 2012. Vol. 25(6). P. 565-
600
218
isbotlab bergan maxsus tadqiqotlarni o‘tkazishga imkon berdi (Kuehn-Inachor et
al., 2004; Litovsky et al., 2004; Luntz et al., 2005; Mueller et al., 2002; va b.).
Binaural implantatsiyaning ustunlik jihati quyidagidan iborat:
•
shovqin sharoitda nutqning tushunarliligi10-12%ga ortadi;
•
fazoda tovush manbaining lokalizatsiyasi yaxshilanadi;
•
reverberatsiya
sharoitida,
bir necha so‘zlashuvchilar bilan
suhbatlashishda nutqning tushunarliligi ortadi (cocktail party effect);
•
bolalar eshitishni va turli tovushlarni ajrata olishni tez o‘rganadilar,
lug‘at boyligini tezroq to‘playdilar, gapirishni o‘rganadilar.
Katta yoshli kishilarning ta’kidlashicha, ikki KIdan foydalanishda:
•
tovush va nutq nisbatan tabiiyroq jaranglaydi;
•
ular tovushlarni bir tomondan emas, turli tomonlardan idrok etadilar;
•
nutqni tinglash yanada qulayroq, nutq nisbatan tabiiyroq jaranglaydi;
•
tinglash jarayoni kamroq urinishlarni va kam toliqishni talab etadi.
Natijada Yevropaning qator mamlakatlari va AQShda sug‘urta
kompaniyalari bemorlarga implantatsiya o‘tkazish uchun lozim bo‘lgan sarf-
harajatlarni to‘lay boshladilar. Hozirgi kunda, Germaniyada avval implantatsiya
etilgan bemorlarning ko‘pchiligiga istaklariga ko‘ra ikkinchi quloqda implantatsiya
amalga oshirilmoqda, jumladan, ota-onalarning istaklari asosida ular farzandlariga
ham. Germaniyadagi 80% bolalarga jarrohlik operatsiylari binaural amalga
oshirilmoqda. Ikki KIni taqishni istagan yangi bemorlarga operatsiya ikki quloqda
bir vaqtda yoki kichik interval bilan amalga oshiriladi. Binaural implantatsiyaning
bir vaqtda amalga oshirilishi narkozning bemorga bo‘lgan uzoq muddatli
ta’sirining oldini oladi, bu esa bolalar uchun juda muhim. Bu shuningdek, binaural
eshituv idrokining tabiiy rivojlanishini ta’minlaydi va eshituv nutqiy
reabilitatsiyaning muddatini qisqartiradi.
Isbotlanishicha, agarda birinchi va ikkinchi operatsiyalar o‘rtasidagi interval
katta bo‘lmasa, ikkinchi quloqdagi implantatsiyaning samarasi yuqoriroq bo‘ladi
(Litovsky et al., 2006). Ikki operatsiya o‘rtasidagi katta intervalda bemor birinchi
implantatsiyadan so‘ng eshitishni o‘rgangani kabi, ikkinchi KIda ham eshitishni
219
o‘rganishi kerak. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ikkinchi quloqda implantatsiya
birdaniga o‘tkazilmay , bir oz muddatdan so‘ng o‘tkazilsa, bemor ikki operatsiya
oralig‘idagi davrda implantatsiya etilmagan qulog‘ida EAni taqqan bo‘lsa uning
natijasi sezilarli yaxshi bo‘ladi (Raeve,2008). Ikkinchi quloqdagi implantatsiya
bemor endilikda foydalanayotgan Koxlear implantant modeli bilan bir xilda
bo‘lishi kerak. Bu har bir quloqdan miyaga borayotgan signallarningyanada
yaxshiroq kelishishini ta’minlaydi.
Kuzatishlarning ko‘rsatishicha, ikkinchi quloqda implantatsiyani amalga
oshirish, bir Koxlear implantantdan foydalanuvchi bemordagi natijalarni sezilarli
yaxshilaydi. Xususan, binaural implantatsiya karlikning katta intervaliga ega
kishilarga tavsiya etiladi (Portmann et al,. 2007).
Biroq, bemorlarning bir qismi (yoki bolalar ota-onalari) ikkinchi quloqda
implantatsiyani moddiy sababdan emas, balki boshqa qator sabablar bois
o‘tkazishni istashmaydi:
•
nutqni idrok etish sifatidan va bir koxlear implantant bilan hayot
kechirish sifatidan qoniqish;
•
ikkinchi bor jarrohlik operatsiyasini o‘tkazishni istamaslik;
•
ikkinchi quloqda eshitish apparatidan foydalanish;
•
ikkinchi quloqni koxlear implantantning yanada zamonaviy
modellariga, jumladan to‘laligicha implantatsiya etiladigan modellariga saqlab
qolish;
•
estetik o‘ylardan kelib chiqib, yana bir qurilmani taqishni istamaslik.
Eshituv stimulyatsiyasining ikkinchi quloq implantatsiyasi natijalariga
sezilarli ta’sirini inobatga olib, mutaxassislar va ota-onalar Koxlear implantantga
ega bolani implantatsiya etilmagan quloqda eshitish apparatini taqishni davom
ettirishiga maksimal darajada harakat qilishlari kerak. Bu tegishli binaural
implantatsiya uchun kerakli bo‘lgan eshituv markazlarining rivojlanishini,
shuningdek, karlikni davolashning yangi usullarini rivojlanishini ta’minlaydi.
220
Do'stlaringiz bilan baham: |