8.2.Koxlear implantatsiya muammolari, rivojlanish istiqbollari
Koxlear implantant tizimlarini ishlab chiqaruvchi firmalar koxlear
implantantlarning turli jihatlarini yaxshilab, ularni doimiy ravishda takomillashtirib
boradilar. Mazkur takomillashtirish ishlari bir necha yo‘nalishlarda amalga
oshiriladi:
• koxlear implantant hajmining kichrayishi;
• to‘laqonli implantatsiya etiladigan moslamalarning yaratilishi;
• akustik signallarni qayta ishlash strategiyasining takomillashishi;
• koxlear implantant vositasida uzatiladigan nutqning tushunarlilik
darajasining ortishi;
• koxlear implantant yordamida musiqani idrok etishning yaxshilanishi;
• elektr manbasidan foydalanishning pasayishi;
• chig‘anoqning ossifikatsiyasi yoki anomaliyasi holatida implantatsiya
uchun elektrodlar modifikatsiyasining ishlab chiqilishi;
• chig‘anoqning kam jarohatlanishi, tovush signallarini uzatish sifatining
yaxshilanishi va b. uchun elektrodlar konstruksiyasi va elektrod nositellarining
takomillashishi;
• Koxlear implantantlarning eshituv apparati bilan birlashgan modellarining
ishlab chiqilishi (elektroakustik korreksiya);
• Koxlear implantant protsessorlarini sozlashning ob’ektiv usullarining
rivojlanishi;
• binaural implantatsiyaning rivojlanishi.
Koxlear implantantlarning ilk eksperimental modellari shu qadar katta va
og‘ir bo‘lganki, hatto bir kishi har doim ham ularni ko‘tara olmagan. Koxlear
implantant tizimlarining ilk tijorat tizimlari o‘z hajmiga ko‘ra cho‘ntak eshituv
apparatlariga yaqinlasha borgan. 2003 yilda koxlear implantantning birinchi quloq
orti modeli paydo bo‘ldi. Hozirda koxlear implantantlarning quloq orti
modellarining hajmi va og‘irligi kichrayib bormoqda, koxlear implantantning
bolalarga mo‘ljallangan modellari ham mavjud bo‘lib, bola qulog‘iga taqiladigan
221
koxlear implantant bir qismining og‘irligi 2 grammni tashkil etadi.
Koxlear implantantning butunlay implantatsiya etiladigan modellari ishlab
chiqilmoqda. Bunday koxlear implantantni yaratishdagi asosiy muammo elektr
manbai vositasida oziqlanishdan holi bo‘lgan holda uning ishini ta’minlab berishga
qodir modellarni yaratishdadir.
Ko‘p kanalli koxlear implantantlar yordamida idrok etiladigan nutqning
tushunarliligining yaxshilanishi avvalo signallarni tahlil etish strategiyasi bilan
belgilanadi. Nutqiy belgilarni ajratish strategiyasiga ega koxlear implantantning
birinchi modellarida nutqning tushunarlilik darajasi 30% ni tashkil etgan. Nutqning
nozik vaqt strukturasi haqidagi axborotlarni uzatuvchi, tahlil etishning tezkor
strategiyasiga ega (CIS) koxlear implantantlarning zamonaviy tizimlari 80-95%
nutq tushunarliligiga erishish imkonini beradi (Koroleva, 2002; Cochlear implants,
2006; Wilson et al., 1991). Hozirgi vaqtda barcha еtakchi ishlab chiqaruvchilar o‘z
modellarida
CIS-strategiyalaridan
yoki ularga o‘xshash strategiyalardan
foydalanadilar (Altman, Tavartkiladze, 2003; Cochlear implants, 2003b; Diller et
al., 2005). “Opus-2” (“MED-EL firmasi”) va “Harmony” (“Advanced
Bionics”firmasi) Koxlear implantant tizimlarida mazkur strategiyaning
takomillashishi musiqani uzatish sifatini yaxshilanishiga va bemorlarda uning
tabiiy idrok etilishiga imkon berdi
71
.
Standart uzunlikdagi elektrod taquvchiga kiritish imkoni bo‘lmagan
chig‘anoqning qisman ossifikatsiyasi yoki anomaliyasiga ega kishilar uchun
mo‘ljallangan elektrod takuvchining turli modifikatsiyalari (qisqartirilgan,
qisilgan) yaratilgan.
Qisqartirilgan elektrod past chastotali diapazonda eshitish qoldig‘iga ega
kishilarga implantatsiya etish uchun qo‘llaniladi. Bunda koxlear implantant yuqori
chastotali tovush axborotlarini uzatadi, past chastotali axborotlarni esa kishi u yoki
71
Ching T.Y.C., Incerti P., Hill M. Binaural benefits for adults who use hearing
aids and coghlear implants in opposite ears// Ear Hear. 2012. Vol. 25(6). P.
565-600
222
bu qulog‘ida joylashgan eshituv apparati yordamida idrok etadi. Tadqiqotlarning
ko‘rsatishicha, bunda insonda idrok etilayotgan nutqning yanada yuqori
tushunarliligi va tabiiy jarangiga erishiladi. Bunday bemorlar uchun koxlear
implantantlarning maxsus modellari ishlab chiqilgan, mazkur modellarda bir
moslamada koxlear implantant va “Duet” “MED-EL”, Avstriya tizimidagi EA
birlashgan.
Elektrod konstruksiyasining takomillashishi quyidagilarga qaratilgan
72
:
• chig‘anoqning minimal darajada jarohatlanishiga (demak, eshituv
qoldig‘ini saqlab qolishga);
• elektrodlarni modiolyusga demak eshituv nerviga yaqinlashtirish, har bir
elektrod bilan chig‘anoq maydonini yanada lokal stimulyatsiya etish imkonini
beradi. Tokning zararlantiruvchi ta’sirini, energiyadan foydalanishni kamaytiradi.
• operatsiya vaqtida uning kirishini еngillashtirish.
Ushbu maqsadda yo‘naltiruvchi zondga va b. ega egiluvchan elektrod
taquvchilari bo‘lgan modellar ishlab chiqilgan.
Koxlear implantant yordam berishga qodir bo‘lmagan eshituv nervi
zararlangan kishilarda eshitishni tiklash uchun miya o‘zagi implantanti yaratilgan.
U miya o‘zagining koxlear yadrolariga neyroxirurgik operatsiya vaqtida
implantatsiya etiladi. Bunda Koxlear implantantdagi singari protsessor qo‘llaniladi.
Birinchi bor miya o‘zagining implantanti implantatsiyasi “Cochlear” firmasining
tizimi asosida 1993 yilda amalga oshirilgan. Miya o‘zagi implantantlaridan
dunyodagi bir necha yuz kishilar foydalanadilar.
Koxlear implantant tizimlarining ishlab chiqaruvchilari takroriy operatsiyani
o‘tkazmay turib, koxlear implantantning eski tashqi qismini yangisiga almashtirish
imkoni bo‘lgan koxlear implantantning yangi, yanada takomillashgan modellarini
ishlab chiqarishga intilmoqdalar. Avval implantatsiya etilgan ko‘pgina bemorlarda
72
Королева И.В., Пудов В.И., Зонтова О.В. Реабилитatsiя постлингвальних детей и
взрослқх с кохлеарними имплантантами // Дефектология – Москва, 2001. – № 5. –
С.21-34.
223
Koxlear implantant protsessorlarining cho‘ntak varianti quloq orti modeliga
almashtirildi. Bemorlar endilikda eski quloq orti modellarni yanada zamonaviy,
takomillashgan modellarga o‘zgartirmoqdalar. Koxlear implantant ichki
qismlarining yangi modifikatsiyalari ham yaratilib, ular yangi bemorlarga
implantatsiya etilmoqda.
Koxlear
implantatsiyani
amalga
oshirish
jarayonidagi
jarrohlik
yondashuvlari va koxlear implantatsiyadan so‘ng bemorlarni eshituv nutqiy
reabilitatsiya etish usullari takomillashib bormoqda. Jarrohlik yondashuvlarining
rivojlanishi chig‘anoq tuzilishiga jarohat ta’sirini minimallashtirishga imkon
beruvchi usullarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Bu eshituv qoldig‘ini saqlab
qolishga imkon beradi. Jarrohlik asbob-uskunalarining takomillashishi operatsiya
vaqtini qisqartirishga va o‘z navbatida narkozning uzoq muddatli ta’sirini
kamaytirishga imkon beradi, bu esa kichik yoshli bolalar uchun juda muhim
(Cochlear implants…, 2003a). Chig‘anoq rivojlanishining turli anomaliyalariga
ega bemorlarni implantatsiya etishdagi jarrohlik yondashuvlarining ishlab
chiqilishi ham muhim ahamiyatga ega.
Koxlear
implantatsiyani
rivojlantirishda,
ayniqsa
yosh
bolalarga
mo‘ljallangan koxlear implantant protsessorining ishlash qobiliyati va sozlanishini
baholashning ob’ektiv usullarini yaratishga muhim o‘rin ajratilgan. Buning
natijasida zamonaviy tizimlar koxlear implantant protsessorlarini sozlashda
quyidagi ob’ektiv jismoniy va fiziologik ko‘rsatkichlardan foydalanish imkonini
berad. (Cochlear implants…, 2003b):
•
elektrodlarning qarshilik ko‘rsatishi;
•
tok darajasi;
•
elektr stimulyatsiyasiga stapedial refleks;
•
eshituv nervi faoliyatining potensiali (nerv javobining telemetriyasi);
•
elektr stimulyatsiyasiga miya o‘zak potensialining uyg‘onishi.
Uzatilayotgan nutq sifatini ta’minlovchi koxlear implantant tizimlarining
takomillashishi, jarrohlik yondashuvlari va eshituv nutqiy reabilitatsiya
usullarining rivojlanib borishi sayin Koxlear implantantdan foydalanishni
224
istovchilar soni ortib bormoqda. 2008 yilga kelib dunyoda koxlear implantantdan
foydalanuvchilar soni 200 mingga yaqinlashdi. Shuningdek koxlear implantatsiya
tavsiya etilayotgan bemorlar soni ortib bormoqda. Agarda avvallari mazkur
operatsiyalar kech kar bo‘lganlar bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, bugungi kunda
mazkur operatsiyalar tug‘ma kar bo‘lgan bolalar bilan amalga oshirilmoqda.
Koxlear implantatsiya turli yoshdagi bolalar bilan, jumladan, 1 yoshgacha bo‘lgan
bolalar bilan o‘tkaziladi. Aniqlanishicha, implantatsiya qanchaliy erta o‘tkazilsa,
uning natijalari shunchalik yaxshi bo‘ladi. Implantatsiya eshitish chegarasidagi
(chegara 80-90 Db), eshitish neyropatiyasi bo‘lgan bemorlarga, boshqa
nuqsonlarga ega (ko‘ruv, intellekt, bolalar serebral falaji va b.) bo‘lgan bolalar
bilan o‘tkaziladi.
Binaural
implantatsiya
koxlear
implantatsiya
takomillashishining
yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, koxlear implantantni o‘ng va chap quloqqa kiritish
demak (Litovsky et al., 2004). Binaural implantatsiya eshituv apparati vositasida
binaural protezlash singari quyidagilarni ta’minlaydi
73
:
•
signal balandligini umumlashtiradi;
•
“bosh soyasi” effektidan holilik;
•
tovush lokalizatsiyasi, reverberatsiya, shovqin sharoitda nutqni idrok
etish, bir nechta so‘zlashuvchilar bilan muloqot etish uchun lozim bo‘lgan binaural
implantatsiya.
Uzoq vaqt koxlear implantatsiya faqat bir quloqda (monaural) amalga
oshirilgan, bu ma’lum darajada koxlear implantant tizimlarining yuqori bahosi
bilan shartlangan. “MED-EL” firmasi bilateral implantatsiya sohasidagi еtakchi
hisoblanadi. Ilk bilateral koxlear implantant 1996 yilda katta yoshli kishida, ikki
yildan so‘ng esa bolada amalga oshirilgan. 2002 yilga kelib ikkita Koxlear
implantantdan foydalanuvchilar soni 500dan ziyodni tashkil etdi, bu esa binaural
koxlear implantatsiyaning monaural koxlear implantatsiya bilan solishtirganda
73
Ching T.Y.C., Incerti P., Hill M. Binaural benefits for adults who use hearing
aids and coghlear implants in opposite ears// Ear Hear. 2012. Vol. 25(6). P. 565-
600
225
katta samaradorligini, shu jumladan moddiy jihatdan ham xamyonbop ekanligini
isbotlab bergan maxsus tadqiqotlarni o‘tkazishga imkon berdi (Kuehn-Inachor et
al., 2004; Litovsky et al., 2004; Luntz et al., 2005; Mueller et al., 2002; va b.).
Binaural implantatsiyaning ustunlik jihati quyidagidan iborat:
•
shovqin sharoitda nutqning tushunarliligi10-12%ga ortadi;
•
fazoda tovush manbaining lokalizatsiyasi yaxshilanadi;
•
reverberatsiya
sharoitida,
bir necha so‘zlashuvchilar bilan
suhbatlashishda nutqning tushunarliligi ortadi (cocktail party effect);
•
bolalar eshitishni va turli tovushlarni ajrata olishni tez o‘rganadilar,
lug‘at boyligini tezroq to‘playdilar, gapirishni o‘rganadilar.
Katta yoshli kishilarning ta’kidlashicha, ikki KIdan foydalanishda:
•
tovush va nutq nisbatan tabiiyroq jaranglaydi;
•
ular tovushlarni bir tomondan emas, turli tomonlardan idrok etadilar;
•
nutqni tinglash yanada qulayroq, nutq nisbatan tabiiyroq jaranglaydi;
•
tinglash jarayoni kamroq urinishlarni va kam toliqishni talab etadi.
Natijada Yevropaning qator mamlakatlari va AQShda sug‘urta
kompaniyalari bemorlarga implantatsiya o‘tkazish uchun lozim bo‘lgan sarf-
harajatlarni to‘lay boshladilar. Hozirgi kunda, Germaniyada avval implantatsiya
etilgan bemorlarning ko‘pchiligiga istaklariga ko‘ra ikkinchi quloqda implantatsiya
amalga oshirilmoqda, jumladan, ota-onalarning istaklari asosida ular farzandlariga
ham. Germaniyadagi 80% bolalarga jarrohlik operatsiyalari binaural amalga
oshirilmoqda. Ikki koxlear implantatsiyani taqishni istagan yangi bemorlarga
operatsiya ikki quloqda bir vaqtda yoki kichik interval bilan amalga oshiriladi.
Binaural implantatsiyaning bir vaqtda amalga oshirilishi narkozning bemorga
bo‘lgan uzoq muddatli ta’sirining oldini oladi, bu esa bolalar uchun juda muhim.
Bu shuningdek, binaural eshituv idrokining tabiiy rivojlanishini ta’minlaydi va
eshituv nutqiy reabilitatsiyaning muddatini qisqartiradi.
Isbotlanishicha, agarda birinchi va ikkinchi operatsiyalar o‘rtasidagi interval
katta bo‘lmasa, ikkinchi quloqdagi implantatsiyaning samarasi yuqoriroq bo‘ladi
(Litovsky et al., 2006).
226
Biroq, bemorlarning bir qismi (yoki bolalar ota-onalari) ikkinchi quloqda
implantatsiyani moddiy sababdan emas, balki boshqa qator sabablar bois
o‘tkazishni istashmaydi
74
:
•
nutqni idrok etish sifatidan va bir koxlear implantant bilan hayot
kechirish sifatidan qoniqish;
•
ikkinchi bor jarrohlik operatsiyasini o‘tkazishni istamaslik;
•
ikkinchi quloqda eshitish apparatidan foydalanish;
•
ikkinchi quloqni koxlear implantant ning yanada zamonaviy
modellariga, jumladan to‘laligicha implantatsiya etiladigan modellariga saqlab
qolish;
•
estetik o‘ylardan kelib chiqib, yana bir qurilmani taqishni istamaslik.
Eshituv stimulyatsiyasining ikkinchi quloq implantatsiyasi natijalariga
sezilarli ta’sirini inobatga olib, mutaxassislar va ota-onalar Koxlear implantantga
ega bolani implantatsiya etilmagan quloqda eshitish apparatini taqishni davom
ettirishiga maksimal darajada harakat qilishlari kerak. Bu tegishli binaural
implantatsiya uchun kerakli bo‘lgan eshituv markazlarining rivojlanishini,
shuningdek, karlikni davolashning yangi usullarini rivojlanishini ta’minlaydi.
74
Ching T.Y., Psarros C., Hill M. et all. Should children who use coghlear implants
wear hearing aids in the opposite ear? // Ear Hear. 2013. Vol. 22(5). P. 365-380
227
Do'stlaringiz bilan baham: |