Bo‘lib, «Maxsus pedagogika» fani namunaviy dasturi asosida yaratilgan



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/102
Sana13.09.2021
Hajmi2,41 Mb.
#173594
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   102
Bog'liq
Сурдопед янгиси

           Mamlakatimizda  keyingi  yillarda  qabul  qilingan  talim    va  tarbiya 
to‘g‘risidagi  qator  meyoriy  hujjatlar,  jumladan  O‘zbekiston  Respublikasining 
"Talim  to‘g‘risida"gi  qonuni,  "Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi"  bozor 
iqtisodiyoti  sharoitlarida  muvaffaqiyatli  ishlay  oladigan,  mustaqil  fikrlovchi 
kadrlarni  tayyorlashda  oila,  mahalla  va  maktab  nufuzini  yanada  yuqori 
pog‘onaga ko‘tarishni taqozo etadi. Yosh avlodi ilm-ma’rifatli, har tomonloma 
sog‘lom  bo‘lgan  yurtning  istiqboli  charog‘ondir.  Prezidentimiz  Islom 
Karimovning  “Yuksak  ma’naviyat  –  еngilmas  kuch”  asarida  oila,  mahalla  va 
ta’lim-tarbiya  tizimining  yaxlitligi  o‘sib  kelayotgan  yoshlarimizning  ongu 
tafakkurini  zamonaviy  asosda  shakllantirishda  muhim  ahamiyat  kasb  etishi 
alohida  ta’kidlangan.(3)“Oila-mahalla-maktab”  hamkorligi  navqiron  avlodning 
ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom kamol topishida, ayniqsa, o‘g‘il-
qizlarni  turli  illatlardan,  yot  g‘oyalar,  mafkuraviy  xurujlar  ta’siridan  himoya 
qilishda  samarali  omillardandir.  Bu  borada  maktab  jamoalari  o‘quvchi-
yoshlarning  bo‘sh  paytlarini  mazmunli  tashkil  etib,  turli  to‘garaklarga  jalb 
qilishga,  iqtidorini,  salohiyatini  oshirishga  e’tibor  qaratilsa,  ota-onalar  o‘z 
farzandlarida  ro‘y  berayotgan  o‘zgarishlarni  katta  e’tibor  bilan  kuzatib 
borishlari,  ularning  yurish-turishini,  o‘zini  tutishini  nazorat  qilishlari  lozim. 
Mahalla  esa  o‘quvchilarga  jamiyatda  o‘z  o‘rnini  topishda,  jamoa  ishlaridagi 
faolligini  oshirishda  ko‘maklashadi.  Barcha    maxsus  maktablarda  “Oila-
mahalla-maktab”  markazlari  tashkil  etilishi,  ularda  o‘quvchilar  va  ularning 
oilalari  haqidagi  zarur  ma’lumotlar  to‘planishi  lozim.Zero,  talim-tarbiyani 
takomillashtirishda 
ham 
davlat 
bosh 
 
islohotchidir. 
Prezidentimiz 
takidlaganidek  ,  birinchidan,  yosh  avlodga  o‘zligimizni,  muqaddas 
ananalarimizni  anglash  tuyg‘ularini,  xalqimizning  ko‘p  asrlar  davomida 
shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo‘yilgan oliy  maqsad 
va  vazifalarni  singdirish;ikkinchidan,  jamiyatimizda  bugun  mavjud  bo‘lgan 
hurfikrlikdan  qatiy  nazar  yoshlarni  jipslashtiradigan,  xalqimiz  va  davlatimiz 


205 
 
dahlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng yuksak maqsadlar sari chorlaydigan 
yagona  g‘oya  —  milliy  mafkuraga  sadoqat  ruhida  tarbiyalash;uchinchidan, 
yoshlarni  baynalmilal  jahon  hamjamiyatida, xalqaro  maydonda  O‘zbekistonga 
munosib hurmat tug‘dirish uchun intilish ruhida tarbiyalash;to‘rtinchidan, yosh 
avlodni  vatanparvarlik,  el-yurtga  sadoqat,  yuksak  odamiylik  va  insoniy 
fazilatlar 
ruhida 
tarbiyalash;beshinchidan, 
yosh 
avlodni 
ulug‘ 
ajdodlarimizning  munosib    vorislari  ekanliklari,  ayni  vaqtda  jahon  va 
zamonning 
umumbashariy 
yutuqlarini 
egallash 
ruhida 
tarbiyalash 
O‘zbekistonda o‘quvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb masalasidir. 
Davlatimiz  rahbari  ko‘rsatib  berganidek,  talim-tarbiya  sohasidagi 
islohotlar  ijtimoiy-siyosiy  iqlimga  ijobiy  tasir  ko‘rsatishga,  umuman 
mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o‘zgartirish, insonlarning hayotda o‘z 
o‘rnini  topishini  tezlashtirish,  jamiyatda  mustaqil  fikrlovchi  erkin  shaxsni 
shakllantirish,  umumiy  va  maxsus  bilimlarga  ega,  ongli,  tafakkuri  ozod, 
zamonaviy  dunyoqarash,  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarga  voris  bo‘lgan, 
kuchli  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etadigan  komil  insonlarni  tarbiyalashga 
qaratilgan.  Oila,  mahalla,  maktab hamkorligi  ishtirokchilari say-harakatlarini  
birlashtirish  maqsadida  1993  yilda  ishlab  chiqilgan  "Oila,  mahalla,  maktab 
hamkorligi"  konsepsiyasi  eshitishda  nuqsoni  bo‘lgan  o‘quvchilarni  istiqlol 
g‘oyalariga sadoqatli, manaviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng 
jamoatchilik  faoliyatini  muvofiqlashtirish  borasida  malum  dasturilamal 
bo‘ldi.Mazkur konsepsiyada taraqqiyotimizning manaviy-axloqiy  negizi milliy 
va  umuman  insoniy  qadriyatlar  uyg‘unligi  ekanligi  e’tirof  etildi,  milliy  va 
umuminsoniy  tarbiyaning  quyidagi  o‘zaro  aloqalari,  uyg‘un  yo‘nalishlari 
belgilab  olindi.Milliy  tarbiya  yo‘nalishi  orqali  yoshlarda  o‘zlikni  anglash, 
vatanparvarlik,  milliy  g‘urur,  millatlararo  muloqot  madaniyati,  milliy 
mafkuraviy 
onglilik, 
milliy 
odob, 
fidoyilik 
fazilatlari 
shakllantiriladi.Umuminsoniy  yo‘nalishda  huquqiy,  iqtisodiy,  jismoniy,  aqliy, 
estetik,  ekologik,  gigienik  va  boshqa  tarbiya  yo‘nalishlari  amalga  oshiriladi. 
Bu  konsepsiya  milliy  davlatchilik  va  jamiyat  qurilishi  talablari  asosliligini 


206 
 
taminlaydi. 
"Oila,  mahalla,  maktab  hamkorligi"  konsepsiyasida  oilani  tarbiya 
jarayonidagi  roliga  alohida  e’tibor  qaratildi.  O‘zbekistonda  2012  yil  " 
Mustahkai  oila  yili"  deb  e’lon  qilinishi  oilaning  tarbiyaviy  rolini  yanada 
kuchaytiradi.Shuningdek,O‘zbekiston  Respublikasining  "Talim  to‘g‘risida"gi 
qonunining  30-modadsida  "Voyaga  еtmagan  bolalarning  ota-onalari  yoki 
qonuniy  vakillari  bolaning  qonuniy  huquqlari  va  manfaatlarini  himoya 
qilishlari  shart  hamda  ularning  tarbiyasi,  maktabgacha,  umumiy  o‘rta,  o‘rta 
maxsus,  kasb-hunar  talimi  olishlari  uchun  javobgardirlar",  deb  belgilab 
qo‘yilgan."Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi"ning  3.2  bandida  esa    talim 
oluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish 
borasidagi  vazifalar  hal  etilishida  jamoatchilik  boshqaruvini  rivojlantirishga 
alohida  e’tibor  berilgan.  Bu  oila,  maktab,  mahalla  hamkorligini  bugungi 
kunning  manaviy,  marifiy,  mafkuraviy,  tarbiyaviy  zarurati  ekanligini 
bildiradi.  Yosh  avlodni  manaviy-axloqiy  tarbiyalashda  xalqimizning  boy 
milliy,  madaniy,  tarixiy  ananalariga,  urf-odatlariga  hamda  umumbashariy 
qadriyatlarga  asoslangan  samarali,  zamonaviy  pedagogik  texnologiyaning 
ishlab  chiqilib,  amaliyotga  joriy  etilishi,  shaxsni  tarbiyalash  va  uni  har 
tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini taminlash; umumiy hamda milliy 
pedagogik  madaniyatni  oshirish;  mamlakatimiz  fuqarolari  orasida  milliy 
mafkuraviy  tarbiya  ishlarini  takomillashtirish  "Oila,  mahalla,  maktab  ham-
korligi"  konsepsiyasining  asosiy  maqsadidir.O‘zbekistonda  ro‘y  berayotgan 
o‘zgarishlar  "Oila,  mahalla,  maktab  hamkorligi"  yo‘nalishidagi  eshitishda 
nuqsoni  bo‘lgan  bola  tarbiyasida  oila,  ota-ona,  mahalla,  maktabning  asosiy 
vazifalarini  mazmunan  yangilab  hayotga  tatbiq  etishni  taqozo  qiladi. 
Jamiyatning rivojlanish darajasi ko‘p jihatdan nogironlarga bo‘lgan munosabat 
bilan  belgilanadi  eshitishda  nuqsoni  bo‘lgan  o‘quvchilarni    tarbiyalashda  oila 
va  mahalla    hamkorligi  muammolarini  o‘rnanish  maqsadida    ijtimoiy 
so‘rovnoma  tuzildi. Ijtimoiy so‘rovnoma  ishtirokchilari  mahalla oqsoqollari 
va  faollarining  ,  sog‘lom  bolalar  ota-onalarining  nogironlarga turli  tomondan 


207 
 
munosabati,  eshitishda  nuqsoni  bo‘lgan  o‘quvchilarga  ijtimoiy-pedagogik 
jihatdan  munosabati,  eshitishda  nuqsoni  bo‘lgan  o‘quvchilarni    kaysi  ta’lim 
muassasalarida  ta’lim  olishi  kerakligi,  eshitishda  nuqsoni  bo‘lgan 
o‘quvchilarning  hamma  bilan  birgalikda  ta’lim-tarbiya  olishiga  munosabati 
o‘rganildi.  Ijtimoiy  so‘rovnoma    javoblari  asosida  oilalar      ijtimoiy   
tavsifnomasi      va      ota-onalarning      defektolog  mutaxassislar  bilan  to‘laqonli 
hamkorlikka  tayyorlik  darajasi  tahlili  ota-onalarning  defektologlar  bilan 
hamkorlikka  qiziqish  variantlarini  aniqlash  imkonini  berdi.  Hamkorlikning  eng 
faol  holatidan  to‘lik,  befarqlik  va  hatto  rad  qilish  darajasigacha  bo‘lgan 
ko‘rinishlar  mavjud.  Korreksiya-tuzatish  ishlarini  olib  borishda  normal  va 
qoniqarli oilalarda unumli hamkorlik namoyon bo‘ldi. 
Eshitishda  nuqsoni  bo‘lganfarzandi  bor  oiladagi  bola  bilan  ota-ona 
munosabati  o‘ta  muhim  va  murakkab  muammo.  bolalarning  ijtimoiy 
muvofiqlashuvi  ota-ona  (birinchi  navbatda  onaning)  tarbiyasiga,  muomalasiga 
bog‘lik,. 
Bolalarning 
yoshligidagi 
bilim 
faoliyatida 
sodir 
bo‘lgan 
еtishmovchiliklar  o‘z  navbatida  rivojlanishda  ortda  kolgan  bolaning  o‘z  ota-
onasi bilan yaxshi o‘zaro munosabatda bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, shaxslararo 
muloqot  usullarini  shakllantirishni  qiyinlashtiradi,  ehtirosli  o‘sishini  to‘xtatib 
qo‘yadi.  L.V.Vigotskiy  ta’kidlab  o‘tganidek,  aklan  zaif  bo‘lgan  bolalarning 
tashqi  muhit  bilan  bo‘lgan  salbiy  munosabati  asosiy  kasallikni  kuchaytirishi 
mumkin.  Shuning  uchun  aqlan  zaif  bo‘lgan  bolaning  tashqi  muhit  bilan 
munosabati  uning  shaxsiy  rivojlanishida muxim  omil  bulib hisoblanadi.  Demak, 
eshitishda  nuqsoni  bo‘lganbolaning  ijtimoiy  moslashuvida  oilaning  roli 
benihoya katta.  
      O‘tkazilgan  amaliy  tadqiqotlar  shu  narsaga  ishonch  bildiryaptiki,  eshitishda 
nuqsoni  bo‘lganbolalar  ota-onalar  uchun  maktab  va  mahalla  hamkorligidagi  
pedagogik  yordam  usullarini  ishlab  chiqish  kerak.  Mazkur  usullar  o‘z  navbatida 
ota-onalarning 
ehtirosini 
mo‘’tadillashtirish, 
kasal 
bolaning 
to‘g‘ri 
tushunishlarini,  o‘z-o‘ziga  tasalli  berish,  bolaga  ijobiy  tarzda  yondashish 


208 
 
imkonini beradi Barcha  maxsus maktablarda “Oila-mahalla-maktab” markazlari 
tashkil  etilishi,  ularda  o‘quvchilar  va  ularning  oilalari  haqidagi  zarur 
ma’lumotlar to‘planishi lozim. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan farzandlar tarbiyasida 
oila, maktab va mahalla hamkorligi muhim rol o‘ynaydi. Chunki bolaning asosiy 
vaqti oila davrasida o‘tsa, maktabda ustozlardan ta’lim-tarbiya oladi, mahallada 
istiqomat qiladi. Oila a’zolari, ya’ni ota-ona, buvi-bobo va aka-opalar o‘rtasidagi 
munosabatlar  eshitishda  nuqsoni  bo‘lganbolaga  o‘z  ijobiy  yoki  salbiy  ta’sirini 
o‘tkazadi.  Shunday  ekan,  eshitishda  nuqsoni  bo‘lganbolani  tarbiyalashda  ota-
ona  tomonidan  bir  xil  talab  qo‘yilsa,  unda  ikkilanish  bo‘lmaydi. 
Mamlakatimizda  bolalar  va  yoshlarning  qonuniy  manfaatlarini  taminlash 
bo‘yicha  barqaror  tizim  yaratildi..  Mamlakatimizda  bolalar  millati,  yoshi, 
jinsidan qatiy nazar barcha huquqlarda tengdir. Fuqarolik jamiyatining   muhim 
institutlaridan  bo‘lgan  mahalla  tizimida  eshitishda  nuqsoni  bo‘lganbolalarni 
tarbiyalashda    «Oila-maktab-mahalla»    konsepsiyasini  hayotga  tatbiq  etish, 
eshitishda  nuqsoni  bo‘lganbolalarning  bo‘sh    vaqtini  unumli  tashkil  etish, 
ularning 
maktabda 
olgan 
bilim, 
malaka 
va 
ko‘nikmalarni 
mustahkamlash,nuqsonlarini  konpensatsiyalash  ,korreksiyalash 
,  kasbga 
yo‘naltirish hamda mustuqil hayotga tayyorlashda  samarali natijalarga erishish  
eshitishda  nuqsoni  bo‘lganbolalarni  tarbiyalashda  maktab,oila  va  mahalla 
hamkorligi modeli bo‘yicha ish olib borish  bilan asoslanadi.  


209 
 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish