Bo‘lib, «Maxsus pedagogika» fani namunaviy dasturi asosida yaratilgan



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/102
Sana13.09.2021
Hajmi2,41 Mb.
#173594
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102
Bog'liq
Сурдопед янгиси

a)  suhbat  –  tarbiya  metodi  sifatida  hayot  muammolarini  hal  qilishni 
nazarda  tutadi.  O‘rganilayotgan  materialga  qarab  suhbat-epik,  estetik  va 
ijtimoiy-siyosiy suhbatlarga bo‘lindi. 
Estetik  suhbat  –  o‘quvchilarni  estetikaga  o‘rgatish,  tasviriy  san’atga 
nisbatan  qiziqishni  uyg‘otish.  Bunday  suhbat  vositalari  o‘tilgan  hikoyalar, 
yozuvchi  yoki  rassomlar  hayoti haqidagi  diafilmlarni ko‘rish,  rasmlarni ko‘rish 
tabiat, inson go‘zalligini kuzatish. 
Epik  suhbat-  axloq  tupgunchalarining  ma’nosi  tarbiya  normalari 
orqali  ochib  beriladi.  Eshitish  nuqsoniga  ega  bo‘lgan  bolalar  bu 
tushunchalarni qiyinchiliklar bilan tushunib oladilar. 
Epik tarbiya vositalariga ekskursiyalar, rasmlar kiradi.  
Ijtimoiy-siyosiy  suhbat. O‘quvchilarning  jamiyatda  va  siyosatda  ro‘y 
berayotgan  hodisalarni  bilish  faoliyatini  rivojlantirishga  qaratilgandir.  Bu 
suhbat vositalariga bayramlar, xalqaro hayot hodisalari kiradi.  
b)  tushuntirish  –  eshitish  nuqsoniga  ega  bo‘lgan  bolalar  har  doim 
ham axloq normalarining talablariga jiddiy ahamiyat bermaydilar. Pedagog 
tushuntirishi  (frontal,  individual)  o‘quvchiga  sodir  bo‘lgan  vaziyatdan 
chiqib ketish uchun axloq normalarini bilish kerakligi tushuntiriladi. 
v)  pedagogik  talablar    tarbiya  metodi  sifatida  juda  katta tarbiya 
kuchiga  egadir.  Bu  metodning  o‘ziga  xosligini  hisobga  olgan  holda  kichik 
yoshli  bolalar  tarbiyasiga  qo‘llash  tavsiya  etiladi.  Eshitish  nuqsoniga  va 
nutq  nuqsoniga  ega  bo‘lgan  bolalar  pedagogning  uzun  tushuntirishi  yoki 
hikoyasiga ko‘ra, qisqa so‘zlashuv talab-buyruqlarni (turing, to‘g‘ri o‘tiring, 
kitobni olib qo‘ying va boshqalar) tushunishi oson. 
g)  ma’ruza,  bahslashuvlar.  Tarbiya  metodi  sifatida  kar  va  zaif 
eshituvchilar  maktabining  yuqori  sinflarida  qo‘llaniladi.  Leksiya  va 


166 
 
dokladlarni  o‘tkazish  jarayonida  so‘zlashuv  nutq  va  daktil  nutq 
qo‘llaniladi.  Leksiya  va  dokladlarni  o‘tkazishga  o‘quvchilar  oddindan 
tayyorlanadilar. 
d)  misol keltirish metodi. Tarbiya metodi sifatida bolalarga katta 
ta’sir ko‘rsatadi. Bu metodlarning kuchi shundaki, har bir bola taklif qilish 
xususiyatiga ega. Bu metodning moyilligi shundaki, kar va zaif eshituvchi 
bolalar,  ko‘rgazmalar  orqali  xulq  va  qilingan  faoliyatni  yaxshiroq 
tushunadilar. 
Eshitish  nuqsoniga  ega  bo‘lgan  bolalar  uchun  ko‘rgazmali  misol 
ularga  “yaqin”  va  tushunarli  bo‘lgan  narsalardan  iborat  bo‘lishi  kerak. 
Buning  uchun  katta  kishilar  misol  qilib  olinadi:  o‘qituvchi,  tarbiyachi, 
sinfdoshlari. 
Amaliy  faoliyat  metodi:  o‘quvchilarning  xulqi  va  ko‘nikmalarini 
shakllantirishga  qaratilgandir.  Bu  guruhga  o‘rgatish,  mashq  qilish,  o‘yin  va 
vaziyatli tarbiyalovchi metodlar kiradi. 
Bu  metod  eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  o‘quvchilarga  juda  qo‘l 
keladi,  chunki  ularning  ko‘rgazmali  tafakkuri  to‘liq  shakllangan 
bo‘ladi. 
a)  o‘rgatish  va  mashq  qilish  metodi  xulqning  ijobiy  shakllanishiga 
qaratiladi.  Bu  metod  yordamida  bolalarda  gigienik  odatlar,  axloqiy 
madaniyat malakasi, rejalilik shakllanadi. 
O‘rgatish  –  harakatni  ko‘rsatish  bilan  boshlanadi.  O‘qituvchi  ko‘rsatadi, 
keyin talab qilinayotgan harakatni o‘quvchilar takrorlaydi. Ko‘rsatish juda aniq, 
tushunarli bo‘lishi shart. O‘qituvchi juda murakkab har bir harakatni alohida 
ko‘rsatishi  mumkin.  Faoliyat  ko‘rsatilgandan  keyin  bolalar  mashq  qilishni 
boshlaydilar. 
b)  o‘yin  tarbiya  metodi  sifatida  kichik  yoshdagi  kar  va  zaif 
eshituvchi o‘quvchilar tarbiyasida qo‘llaniladi. 
O‘yin  ko‘nikmasi  kar  bolalarda  normal  bolalarga  ko‘ra  ancha  kech 
shakllanadi.  Turli  o‘yinlar  tarbiya  vositasi  bo‘lishi  mumkin.  Harakatli 


167 
 
o‘yinlar  harakatlarni  shakllantirish  bilan  birga,  jamoada  ishlash,  ma’lum 
qoidalarga rioya qilishni o‘rgatadi. 
Bola  hayotida  rolli  o‘yinlar  katta  ahamiyatga  ega.  Chunki  bu  o‘yinda 
bola biron bir rolni bajaradi, axloq normalarga rioya qiladi. 
v)  ijtimoiy-foydali  faoliyat  metodi  kar  va  zaif  eshituvchi  bolalar 
uchun  juda  muhimdir.  Ijtimoiy  foydali  faoliyat  bolalar  jamoasi  bilan 
amalga oshiriladi. 
Jamoalashtirilgan  ish  o‘quvchilarni  rejalashtirishga,  taqsimlashga, 
nazorat qilish va baholashga o‘rgatadi. 
g)  tarbiyalovchi  vaziyatlar.  Tarbiya  metodi  sifatida  bolalar  xulqini 
shakllantirishga  qaratiladi.  Bu  metod  nafaqat  bitta  o‘quvchiga  balki,  butun 
sinfga ta’sir qiladi. Tarbiyalovchi  vaziyatlarda  buyruq  berish,  o‘yin,  o‘quv 
vaziyatlari ajralib chiqadi. 
Buyruq  beruvchi  vaziyatlar  metodi  vositasida  bolalarda 
jamoada ishlash ko‘nikmalari shakllanadi. 
Eshitish  nuqsoniga  ega  bo‘lgan  bolalarga  berilayotgan  buyruqlar 
ularga tushunarli bo‘lishi kerak. 
O‘quv  vaziyatlar  biron-bir  xato  ishni  qilib  qo‘ygan  bolaga  ta’sir  qilib, 
ishni sinf jamoasi bilan hal qilishga o‘rgatadi. 
Tarbiyaning qiziqtirish metodi. 
Bu metod o‘quvchilarning axloqiy his-tuyg‘ulariga qaratilgandir. 
a)  rag‘batlantirish.  Bu  metod  asosida  insonga  ijobiy  baho  berish 
yotadi.  Rag‘batlantirish  bolada  ijobiy  xislatlarni  va  o‘z  kuchiga  ishonch 
hosil  qildiradi.  Rag‘batlantirish  turlari  xilma-xildir.  Masalan:  “qo‘shib-
qo‘yish”; 
fishkalar 
bilan 
rag‘batlantirish. 
So‘zlashuv 
nutqini 
shakllantirish 
jarayonida 
o‘qituvchi  rag‘batlantiruvchi  so‘zlarni 
keltiradi: “yaxshi”, “to‘g‘ri”. 
Rag‘batlantirish  turli  vaziyatlarda  qo‘llaniladi.  Sinf  oldida,  maktab 
jamoasi oldida, ota-onalar oldida. 
b)  jazolash.  Bunda  salbiy  baholar  beriladi.  Kar  va  zaif  eshituvchi 


168 
 
bolalar  bilan  bu  metodni  juda  ehtiyotkorlik  bilan  qo‘llash  kerak.  Maxsus 
maktablarda  jazolashning  turli  ko‘rinishlari  ishlatiladi,  xo‘mrayish,  bosh 
bilan  silkitish,  qo‘l  harakatlari  va  boshqalar.  Keyin  so‘zli  jazolashlar 
qo‘llaniladi: “yomon”, “uyat”, “xunuk” va boshqalar. 
Jazolashning  so‘zli  ko‘rinishidan  tashqari,  maxsus  maktablarda 
o‘quvchilarning  salbiy  harakatini  tartibga  soluvchi  usullar  qo‘llaniladi. 
Karidorda  yugurding  –  to‘xta,  tinchlan  –  tuzat;  o‘rtog‘ing  bilan  urishding  – 
kechirim so‘ra kabi harakatlardan foydalaniladi. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish