7.2.Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni mehnat tarbiyasi
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning mehnat tarbiyasi juda
murakkab, ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, bolalarni turli mehnat faoliyatiga jalb
qilish ko‘zda tutilgan. Mehnat tarbiyasi maqsadi o‘sib kelayotgan avlodga
qo‘yiladigan talablar va eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning rivojlanishiga
qarab belgilanadi. Bunday maqsadlarga kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarning
psixologik g‘oyaviy tayyorgarligi kiradi.Birlamchi nuqsonni еngish uchun bir-
biri bilan uzviy bog‘langan mana shu vazifalarni еchish eshitishida nuqsoni
bo‘lgan bolalarning umumiy rivojlanishiga, ularning mehnatga tayyorgarligiga
va mehnatga astoydil yondashishiga qaratilgan.Surdopedagoglarnig izlanishlari
shuni ko‘rsatdiki, nutqi rivojlanmaganligi sababli eshitishida nuqsoni bo‘lgan
bolalarning gapirish hamda fikrlash qobiliyati zaif bo‘lganligi sababli
mehnatga vijdonan yondashishi mumkin. Kar va zaif eshituvchi bolalarning
qobiliyatiga qarab o‘qituvchilar shunday ish olib borishlari kerakki, ular
zaifligini еngib mehnatga o‘rgansinlar. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan
bolalarning mehnatga psixologik qarashlari har bir ishni sidqidildan bajarishga,
boshqalarga kerak bo‘lishga, butun kuchini xohishi bilan berilgan vazifani
tushunib bajarishga qaratilgan. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning
psixologik tayyorgarligi o‘quvchilarning xalq uchun foydali mehnat bilan
shug‘ullanishiga yordam beradi. Yuqori sinfdagi kar va zaif eshituvchi
159
o‘quvchilarning mehnat faoliyatini o‘rganish bir qancha guruhlarning ajralib
chiqishini ko‘rsatadi.
Jamoa bo‘lib ishlashga moyil o‘quvchilar mehnatda o‘zining shiori uchun
muvaffaqiyat keltirishga harakat qiladilar. Sinfiga, guruhiga yoki o‘z o‘rtoqlari
bilan birga bo‘lishga harakat qiladilar. Shaxsiy moyillikka ega yuqori sinf
o‘quvchilari nazariy qiziqishlari yoki nazariy faoliyatlarining natijasidan kelib
chiqqan holda shaxsning kerakligiga ular tomonidan baho beriladi. Eshitishida
nuqsoni bo‘lgan bolalarning umumiy moyilliklari kamroq uchraydi. Bu
shundan dalolat beradiki, maktab pedagogik jamoasi bunday moyillikning
kerakligini tushuntirishi zarur. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning
mehnatga nazariy tayyorgarligi va mehnat faoliyatida kerakli bo‘lgan fanlarni,
rejalashtirish ishini tashkil qilish kabilar va texnik tayyorgarlik (arralash, kesish,
randalash
va
boshqalar)
kiradi.Surdopedagoglarning
(A.P.Gozova,
V.A.Lodavis, T.S.Zikova, L.A.Novoselov va boshqalar) ishlarida kar va zaif
eshituvchi o‘quvchilarning mehnatni o‘rganish ko‘nikmalarini oshirish
ko‘rsatilgan. Kar va zaif eshituvchilarni mehnat faoliyatiga o‘rgatish
eshituvchilarga qaraganda katta qiyinchiliklar bilan o‘tadi. Bu ularning
eshitish zaifligi anatomofiziologik funksiyalarning buzilishi, asosan,
vostibulyar apparatning buzilishidan kelib chiqadi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning mehnat tarbiyasiga korreksiya
vazifalari qo‘yilgan bo‘lib, birlamchi nuqsonlarni еngishdan iborat. Shunday
qilib, mehnat tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarning mehnat tayyorgarligini
kuchaytirishdan iborat.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning mehnat tarbiyasi mazmuni turli
mehnat faoliyatida aks etadi. O‘quv ishlari maktab dasturida ko‘rsatilgan
bilimlarni o‘zlashtirishga qaratilgan. U o‘quvchilarning dunyoqarashlari va
amaliy rivojlanishiga yordam beradi. Bilimlarni faol o‘rganish surdopedagog
tomonidan olib boriladi.Har qanday mehnat kabi o‘qish jismoniy kuchning
ketishi bilan bog‘liqdir. Shuning uchun o‘quvchilar irodali bo‘lishi talab
qilinadi. Intellektual mehnat o‘quvchining o‘zini o‘zgartirishi aqlan rivojlanishi
160
bilan ajralib turadi. Maxsus maktablarda bilim berish nutqni rivojlantirish
bilan birga olib boriladi.Boshlang‘ich maktablardanoq o‘quvchilar birlamchi
bilimlarni egallaydilar. Ular tabiat, atrof-muhit haqida tushuncha oladilar. Tabiat
hodisalarining o‘xshashligi, qarama-qarshiligi va bog‘liqligini o‘rganadilar.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning keyingi bosqich darslarida umumiy
ta’lim bilimlarini oshirish uchun bir qancha o‘quv dasturlaridan foydalaniladi.
Tarix, matematika darslari, texnik bilimlar mehnatga muhabbat shakllanishi
uchun yordam beradi. Gumanitar fanlar mehnatning umumiy qiymatini,
mehnatning xususiyatini ochishni o‘rgatadi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni mehnatga o‘rgatish vazifalari
quyidagilardan iborat:
1. O‘quv faoliyatining asta-sekin o‘zgarishi o‘quv mashg‘uloti
davomida o‘quvchining fikrlashi rivojlanishiga yordam beradi.
2. O‘quv bilimlarini o‘zlashtirish jarayonida mehnat qilishga o‘rganish
va nutqi hamda eshitish qobiliyatini rivojlantirish.
3. Darslarda aqliy mehnatni rivojlantirish
Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarning mehnat tarbiyasi maxsus fan
bo‘lib, o‘quv rejasiga kiritilgan. Maxsus darslardagi mehnat alohida jarayon
bo‘lib, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan uzviy
bog‘liq. Mehnat o‘quvchilarning boshlang‘ich bilimlarini, mehnat tajribalarini,
texnik
fikrlashlarini
rivojlantirishga
qaratiladi.
Tarbiya
jarayonida
o‘quvchilarning mehnatga muhabbat, berilgan ishga sidqidildan yondashishi
ko‘zda tutilgan. Mehnat tarbiyasi o‘quv dasturiga kiritilgan bo‘lib, maqsad,
mazmun, uslub, ish turlari o‘qish jarayonining turli bosqichlarida bajariladi.
Mehnat darslari umumta’lim predmetlari bilan birgalikda olib boriladi.
Kar va zaif eshituvchi bolalarning mehnati maxsus darslarda qobiliyatiga
qarab bo‘linadi. Bir tomondan, aqliy mehnat bo‘lib, turli bilimlarni
o‘quvchilarning o‘zlashtirishi bo‘lsa, ikkinchi tomonidan, zaif eshituvchi
bolalarning ta’limini yosh bosqichlariga qarab tashkil qilishdir. Shular qatorida
tashkilotlarda ishlash, mahsulot tayyorlashga rahbarlik o‘qituvchi tomonidan
161
to‘g‘ri olib borilishi lozim.
Kar va zaif eshituvchi bolalar mehnatga turli shakllarda o‘rgatiladi, eng
asosiylaridan biri dars hisoblanadi. Shu bilan birga, korxonalarga ekskursiyalar
uyushtiriladi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning umumiy mehnati turli-
tumanligi, xalq uchun kerakli faoliyat bilan shug‘ullanishi, sinf hayotida faol
qatnashuvidan iborat. U maishiy korxonalarda ishlashga bo‘linadi.
Maishiy mehnat oddiy mehnat turi bo‘lib, unga hamma o‘quvchilar jalb
etiladi. Har doim maishiy xizmat bilan shug‘ullanish, o‘quvchilarning maxsus
o‘quv-tarbiya muassasalarida olib boriladi. U o‘quvchilar uchun ham uy, ham
maktab hisoblanadi. Maishiy xizmat eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar
uchun xos va katta ahamiyatga ega. U o‘quvchilarda buyumlarni
ehtiyotkorlik bilan ishlatish, bir-biriga yordam berish, berilgan ishni
sidqidildan bajarish xususiyatlarini shakllantiradi.
Maishiy xizmat kar va zaif eshituvchi bolalar uchun qimmatli
hisoblanadi. Chunki u har doim tirishqoqlikni tarbiyalaydi. Kar va zaif
eshituvchi maktab o‘quvchilarida maishiy xizmat o‘z-o‘ziga xizmat qilish va
mehnat darslarida olib boriladi. O‘z-o‘ziga xizmat qilish ishlariga quyidagilar
kiradi:
- shaxsiy gigiena, kiyimlarni toza tutish, xonalarni yig‘ishtirish,
ovqat tayyorlash, idish-tovoqlarni yuvish, o‘ziga kerak bo‘lgan narsalarni
tayyorlash va ta’mirlash.
O‘z-o‘ziga xizmat qilish quyidagi sanitariya-gigiena rejimiga rioya
qilishni o‘z ichiga oladi: sinfning, kabinet va mehnat xonalarining
ozodaligini saqlash, o‘simliklarni parvarish qilish, jonli burchakdagi
hayvonlarni parvarishlash. O‘z-o‘ziga mehnat qilish qo‘l mehnati yoki
mexanizmlashgan, oson va qiyin, individual yoki guruhli bo‘lishi mumkin.
Mehnat
qilish
ko‘nikmalari do‘stlariga, katta sinf o‘quvchilari va
surdopedagogga taqlid qilish bilan o‘zlashtiriladi.
Muhimi tarbiyalanuvchining qilgan ishi haqida gapirib berishdir. Kar
va zaif eshituvchi bolalarning o‘z-o‘ziga xizmat qilishi mehnat darsidan
162
tashqari mashg‘ulotlarda kengaytiriladi va boyitiladi. Bu mashg‘ulotlarda
o‘quvchilarni ovqat qilish, idish-tovoqlarni toza tutish, kiyimlarni ozoda
tutish va boshqa mehnat turlari bilan tanishtiriladi. Agar maishiy
xizmat butun maktab faoliyatini o‘z ichiga olib, o‘quvchilar o‘z-o‘zini
boshqarishsa, katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.Kar va zaif
eshituvchi bolalarning o‘z-o‘ziga xizmat qilishining asosiy shakllaridan
biri navbatchilikdir. U maktab-internatda intizomni ushlab turishga,
o‘quvchilarning mustaqil, intizomli bo‘lishiga yordam beradi. Maktab-internat
bo‘yicha navbatchilar maktab qoidasiga rioya qilib, o‘quvchilarning tashqi
ko‘rinishi hamda maktab jihozlari sarishtaligini nazorat qiladilar. Odatda,
navbatchilar maktab, sinf, internat, guruhlar bo‘yicha belgilanadilar. Kar
va zaif eshituvchi bolalarning navbatchilik vaqtidagi bilim va ko‘nikmalari
boshqa qiyin shakldagi mehnat orqali mustahkamlanadi. Bular – shanbalik va
yakshanbaliklarda maktab hududini tozalashdir.Kar va zaif eshituvchi
bolalarning korxonalarda qiladigan mehnati xalq iste’mol mollarini
tayyorlashdan iborat. Korxona mehnati o‘quvchilarning har tomonlama
rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. U o‘quvchilarning amaliy tajribasini oshiradi,
texnik ma’lumotlarini kengaytiradi, bilimlarni chuqur o‘zlashtirishga, yordam
beradi. Shu bilan birga, korxona mehnati o‘quvchilarda intizomni, tirishqoqlikni,
asrash-avaylash sifatlarini takomillashtiradi.
- Kar va zaif eshituvchi bolalarning korxona mehnati mehnat
ta’limining bo‘linmas qismidir. Umummehnat, umumtexnik va maxsus
tayyorgarlikda keng qo‘llaniladigan korxona mehnati o‘quvchilarni mehnati
jarayonining bo‘g‘inlari bilan tanishtiradi.Korxona mehnati jarayonini tahlil
qilishga o‘rgatadi va eshitadiganlar bilan muloqotda bo‘lishni ko‘zda tutadi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning ijtimoiy o‘sishi uchun maxsus
maktablarning o‘quv rejasiga 2-sinfdan 1-11-sinfgacha jamoa va korxona
mehnati majburiy kiritiltan. Jamoa va korxona mehnati mazmuni jihatidan turlicha
bo‘lib, u maktab jamoasiga atrofdagi odamlarga, korxonalarga, muassasalarga
foyda keltiruvchi mehnat turlariga bo‘linadi.Jamoa va korxona mehnatini tashkil
163
qilishda maxsus maktablarning moddiy-texnika bazasidan, o‘quv korxona
tashkilotlaridan, zavod va fabrikalardan foydalaniladi. Mehnatning keng
tarqalgan turi bu korxonalarning ayrim buyurtmalarini bajarishdan iborat.
Buning uchun maktab mehnat xonalarida o‘quvchilarga mos ish tanlab olinadi,
qo‘l va stanok mehnati texnologiyasi o‘rganiladi. Mahsulotning sifati,
buyurtmani ishlab chiqish muddati rejalashtiriladi.Eshitishida nuqsoni bo‘lgan
o‘quvchilarning jamoa va korxona mehnati amaliyoti shuni isbotlaydiki, haq
to‘lovchi mehnat bilan tekin mehnat uzviy bog‘liq bo‘lib, o‘quvchilarning
pullari jamoa hamda shaxsiy talablarga ishlatiladi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan
bolalarni shaxsiy va jamoa foydali mehnatiga jalb qilish ularni jamoaga
kerakligini his qilishga o‘rgatadi. Mehnat jarayonida o‘quvchilar hayotni yaxshi
tushunadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |