Bo‘lib, «Maxsus pedagogika» fani namunaviy dasturi asosida yaratilgan


 Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni tarbiyalash metodlari



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/102
Sana13.09.2021
Hajmi2,41 Mb.
#173594
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   102
Bog'liq
Сурдопед янгиси

7.3. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni tarbiyalash metodlari 
Tarbiya  metodlari  deganda,  har  tomonlama  barkamol  shaxsni 
shakllantirish  maqsadida  bolaning  ongi,  his-tuyg‘ulari,  irodasi,  xulq-atvori  va 
munosabatlari tizimiga ta’sir ko‘rsatish metodlari tushuniladi. 
Tarbiyalash  masalalari,  turli  metodlarni  qo‘llash  yordamida  amalga 
oshiriladi.  Umumiy  va  maxsus  pedagogika  orqali  turli  metodlarni  tasniflashga 
harakat qilib ko‘rilgan. Umumiy pedagogikada, masalan, ishontirish, o‘qitish, 
mashq  bajartirish,  jamoa bo‘lib  ishlash  jarayonida tarbiyalash,  ya’ni  tarbiyalash 
vaziyatini  yaratish  kabi  metodlar  bilan  bir  qatorda,  qo‘llab-quvvatlash, 
qoralash, rag‘batlantirish, jazolash va x.k. metodlar o‘rin olgan. 
Surdopedagogikada  tarbiyalash  metodlari  quyidagicha  guruhlangan: 
o‘quvchilarning  xulqini  tarbiyalash  metodlari,  o‘quvchilarning  ongini 
tarbiyalash metodlari, rag‘batlantirish va jazolash metodlari. 
O‘quvchilarning  xulqini  tarbiyalash  metodlariga  o‘qitish,  mashq 
bajartirish,  jamiyatga  nafi  tegadigan  ishlarni  va  o‘yinlarni  tashkil  etish,  taqlid 
qilish  asosida  ijobiy  odatlarni  tarbiyalash,  pedagogik  talablarni  qo‘ya  bilish 
kabilar kiradi. 
Ko‘p  yillik  tajriba  shuni  ko‘rsatyaptiki,  o‘quvchilarning  xulqini 


164 
 
tarbiyalashda  keng  qo‘llanayotgan  metod  bu  ularning  jamoa  faoliyatlarini 
maqsadli  tashkil  etishdir.  Eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalarning  ongiga  xulq 
va  ijobiy  odatlarni  singdirish,  ko‘p  marotabalab  misollarda  xulqni  ko‘rsatish 
yo‘li bilan hamda pedagogning birgalikda amalga oshiriladigan ishlar jarayoni 
misolida ko‘rish mumkin. 
Bolalarning  ish  faoliyatlari  ularning  yoshlariga  muvofiq  holda 
bo‘lishiga,  ayniqsa,  ko‘proq  ahamiyat  berish  lozim.  Shuning  uchun  turli 
o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyatini inobatga olgan holda bu o‘yinlarni kundalik 
va jamiyatga nafi tegadigan ishlar bilan almashtirib turish kerak. Jamoat ishlari 
shunday tashkillashtirilishi kerakki, unda bolalar bajarayotgan ishlarini ongli 
ravishda  qilayotganliklarini,  mehnat  natijalarini  ko‘rib  undan  shod  bo‘lib, 
zavqlanayotganliklarini bilishi darkor. 
Ko‘pgina mutaxassislar pedagogik talablarni qo‘ya bilish metodining 
effektivligiga  ko‘proq  ahamiyat  beradilar.  Talablar  shakliga  ko‘ra: 
yo‘naltirilgan  (buyruq)  va  ikkilamchi  (iltimos,  ma’qullash,  ishonch 
bildirish,  maslahat,  aybdor  qilish,  ishonchsizlik  bildirish,  xavf  solish  )  holda 
bo‘ladi.  Mutaxassislarning  fikricha,  eng  tarbiyaviy  samara,  talablarni 
moxirona  ketma-ket  ishlata  bilishdan  hosil  bo‘ladi.  Tajribalardan  ma’lum 
bo‘lishicha,  o‘quvchilar  talablarga  hissiy  javob  berib,  xulq  me’yorlarini 
tezda o‘zlashtirib oladilar
66

Yuqorida  qayd  etilganidek,  tarbiya  metodlari  –  bu  shaxsning  ijobiy 
tomonlari shakllanishiga, pedagoglarning tarbiyalanuvchilarga ta’sir qiluvchi 
yo‘l-yo‘riqlaridir.  Tarbiya  metodlarini  tasniflashda  turli  xil  yondashuvlar 
mavjud. 
Eshitishida 
nuqsoni 
bo‘lgan 
bolalarning 
rivojlanish 
xususiyatlarini hisobga olgan holda tarbiya metodlarining quyidagi tasnifi qabul 
qilingan. 
Axborotlar  metodi:  (o‘quvchilarga  axloq  metodlari,  normalari  haqida 
                                                           
66
 
Embracing Diversity: Toolkit for Creating Inclusive, Learning-Friendly Environments 
Specialized Booklet 3 Teaching Children with Disabilities in Inclusive Settings Published in 
2015 by the United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization 7, place de 
Fontenoy, 75352 Paris 07 SP, France
 


165 
 
ma’lumot berish, epik tushunchalar kiradi) Bunga suhbat, hikoya, tushuntirish, 
filmlar ko‘rish, misol keltirish, pedagogik talablar kiradi. 
Eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalar  uchun  informasion  metod 
murakkab hisoblanadi, chunki bu metod so‘zlashuv nutqida asoslangandir. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish