Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

BIR QAVATLI EPITELIY 

 

Bir qavatli bir qatorli epiteliy. Bu epiteliy tuzilishini ta’riflanganda ko`pincha «bir qatorli» 

termini tushirib qoldiriladi va faqat «bir qavatli epiteliy» deb yuritiladi. Hujayralarning shakliga qarab 

bir qavatli y a s s i,  k u b s i m o n,  s i l i n d r s i m o n  yoki prizmatik epiteliylar tafovut qilinadi. 

Bir qavatli yassi epiteliy - mezoteliy (45-rasm). Mezoteliy tananing ikkilamchi bo`shlig`i yoki 

selom  bo`shlig`ini  hosil  qiluvchi  mezodermaning  hosilasidir.  Mezoteliy  seroz  pardalar  -  plevra  va 

qorin pardasining pariyetal  va vistseral varaqlarini,  yurak  oldi xaltachasi devorlarini qoplab turadi. 

Mezoteliy  hujayralari  (masalan,  charvining  yaxlit  preparati)  ust  tomondan  qaraganda  notekis 

chegarali va turli shaklda ekanligi yaqqol ko`rinadi. Bu hujayralarning ikki yoki uchta yassilashgan 

yadrolari bo`lib, ular joylashgan joy bir oz bo`rtib turadi. Elektron mikroskopik tekshirishlar natijasida 

yassn  epiteliy  hujayralarining  qorin  bo`shlig`iga  qaragan  erkin  yuzasida  mikrovorsinkalar  borligi 

aniqlandi.  Mikrovorsinkalar  mezoteliy  yuzasini  ancha  kengaytiradi.  Hujayralar  bir-biri  bilan 

desmosomalar yordamida bog`lanadi. 

Mezoteliy  yuzasi  silliq  bo`lganligi  sababli  ichak  peristaltikasida,  yurakning  qisqarishi, 

o`pkaning  nafas  ekskursiyasida„  organlarning  sirpanma  harakatlarida  muhim  rol  o`ynaydi,  hamda 

organlarning  o`zaro  yopishib  qolmasligini  ta’minlaydi.  Bundan  tashqari,  mezoteliy  hujayralari 

fagotsitoz  qilish  xususiyatiga  ham  ega.  Masalan,  ular  yot  zarrachalarni,  mikroblarni,  melanin 

kiritmalarini  qamrab  oladi.  Shuning  uchun  ham  epitelny  to`qimasi  biriktiruvchi  to`qima  va  tana 

bo`shliqlari o`rtasidagi «seroz-gemolimfatik to`siq»ni hosil qilishda ishtirok etadi. 

Mezoteliy yuksak fiziologik qayta tiklanish qobiliyatiga ega. Mezoteliy hujayralarining o’ziga 

xos  xususiyati  ulardagi  dekompleksatsiya  jarayonidir.  Bu  jarayon  davomida  hujayralarda 

desmosomalar  yemiriladi,  hujayralar  qisqarib  yumaloqlashadi  va  bazal  membrana  bilan  aloqasi 

uziladi.  Natijada  hujayralar  tana  bo’shlig’iga  ajraladi.  Fiziologik  holatlarda  hujayralarning  4-6  % 

bo’shliq (peritoneal) suyuqlig’ida muallaq holatda uchraidi. Ajralib tushgan hujayralar o’rnini qo’shni 

hujayralar surilib to’ldiradi. Ularning atrofida esa boshqa hujayralarning bo’lishini ko’rish mumkin.  

Mezoteliyning  shikastlangandan  keyingi  qayta  tiklanishi  turli  xil  umurtqalilarda  turlicha 

bo`ladi.  Masalan,  sut  emizuvchi  hayvonlarda  mezoteliyning  shikastlanishi  seroz  pardalarni 

yallig`lanishga  olib  keladi.  Bu  paytda  hujayralar  shishib,  ular  orasidagi  bog`lanish  bo`shashadi  va 

hujayralar  degenerativ  o`zgarishlarga  uchrab  ajralib  tushadi.  Shikastlangan  joyning  yonida 

hujayralarning  mitoz  bo`linishi  ko`rinadi  va  pirovardida  ko`p  yadroli  hujayralar  paydo  bo`ladi. 

Hujayralarning  shikastlangan  joyga  sekin-asta 

surilishi  natijasida  ajralib  tushgan  hujayralar 




 

71 


o`rni  to`lib  boradi.  Patologik  holatlarda  esa  ajralib  tushgan  hujayralar  o`rnida  teshikchalar  hosil 

bo`ladi va ular stomatalar deb ataladi. 



Bir  qavatli  kubsimon  epiteliy.  Buyrak  kanalchalarida,  bezlarning  chiqaruv  naylarida,  kichik 

bronxlarda  uchraydi  (46-rasm).  Kubsimon  hujayralarning  yadrosi  dumaloq  shaklda  bo`lib,  uning 

markazny qismida joylashadi (47-rasm). 

 

 



 

45- rasm. Bir qavatli yassi epiteliy. Kumush nitrat va gematoksilin bilan bo`yalgan. 

 0b. 40. ok. 10. 1-mezoteliy hujayra yadrosi; 2-mezoteliy hujayralarining chegarasi. 

 

 



 

46-rasm.  Bir  qavatli  kubsimon  epiteliy.  Buyrak  preparati.  Gematoksilin-eozin  bilan 

 

bo`yalgan. 0b. 20. Ok. 10. 



1-siydik  yig`uv  naychasining  ko`ndalang  kesmasi;  2-  kubsimon  epiteliy  hujayralari  3-

 

yadro; 4-biriktiruvchi to`qima. 



 

Terminal bronxiolani qoplagan kubsimon hujayralarning apikal qismida kiprikchalar ko`rinadi. 

Buyrak  kanalchalarining  devorida  joylashgan  hujayralarning  apikal  qismida  esa  jiyak  bo`lib,  u 

barmoqsimon o`simtalardan - mikrovorsinkalardan tuzilgan, ular so`rilish yuzasini kengaytiradi. 



Bir qavatli silindrsimon yoki prizmatik epiteliy asosan hazm qilish, siydik ajratish va tanosil 


 

72 


organlarida uchraydi; me’da, ichak, o`t pufagining ichki yuzasi, jigar va me’da osti bezining chiqaruv 

naylarini, buyrak kanalchalarini, bachadon va bachadon nayini qoplaydi. 

Bir  qavatli  silindrsimon  epiteliy  bir-biriga  zich  joylashgan  baland  prizmatik  shakldagi 

hujayralardan tashkil topgan (48-rasm). Me’daning yuza qavatida joylashgan hujayralar shilliq sekret 

ishlaydigan  hujayralar  qatoriga  kiradi  (49-rasm).  Ichak  epiteliysida  ayrim  hujayralar  shilliq  sekret 

ishlaydi.  Ular  sekret  bilan  to`lgan  vaqtda  apikal  qismi  kengayadi,  bazal  qismi  esa  ingichka  bo`lib 

qoladi  va  natijada  qadah  shaklini  oladi.  Bunday  hujayralar  qadahsimon  hujayralar  deb  ataladi. 

Me’dadagi prizmatik va ichakdagi qadahsimon hujayralar ishlab chiqargan shilliq moddasida kislotali 

va neytral  glikozaminoglikanlar aniqlangan. Ular hujayralarni kimyoviy  va  mexanik ta’sirotlardan 

saqlaydi. 

Ichak  epiteliysida  so`rish  jarayonida 

ishtirok  etadigan  hujayralar  mavjud.  Oddiy 

mikroskop 

orqali 


kuzatilganda 

prizmatik 

hujayralarning apikal yuzasi (ingichka va yo`g`on 

ichak,  o`t  pufagi)  jiyak  bilan  qoplanganligini 

ko`rish  mumkin.  Shuning  uchun  ham  bunday 

epiteliy  bir  qavatli  silindrsimon  jiyakli  epiteliy 

deb  yuritiladi.  Elektron  mikroskop  yordamida 

jiyak 


barmoqsimon 

o’simtalardan 

– 

mikrovorsinkalardan 



tashkil 

topganligi 

aniqlangan(50-rasm).  

(«Hujayra 

yuzasining 

maxsus 


tuzilmalari»ga  q.).  Mikrovorsinkalar  hisobiga 

epiteliy hujayrasining so’ruvchi yuzasi bir necha 

marta 

oshadi. 


Gistoximiyaviy 

reaktsiyalar 

prizmatik 

epiteliy 

hujayrasi 

jiyaklari 

glikozaminglikanlar  va  ishkoriy  fosfatazalarga 

boyligini ko’rsatadi. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish