Mezenximadan hosil bo`lib, tayanch-trofik vazifani bajaruvchi, lekin tuzilishi bilan
ifodalanadi. Bu to`qima tarkibiga qon, limfa, siyrak va zich biriktiruvchi to`qima, retikulyar to`qima,
Ichki muhit to`qimasini o`rganish I. I. M yechnikovning klassik eksperimental ishlaridan
81
A.A.Mak- simov bir qator noyob eksperimental ishlar qildi va u birinchilardan bo`lib, qon va
biriktiruvchi to`qimalar genetik va funkional nuqtai nazardan bir ekanligini isbotladi. Sovet olimi A.
A. Z a v a p z i n va uning o`quvchilari tomonidan yillar davomida biriktiruvchi to`qima va. qon
hujayralari ustida olib borilgan izlanishlar bir qator yangi fikrlar tug`dirdi. Jumladan, u struktura bilan
funksiya-ning birligini ta’kidlab, retikulo-endotelial sistemannng organizmdagi rolini chuqur va asosli
qilib ko`rsatib berdi.
Biriktiruvchi to`qima haqidagi fikrlarning rivojlanishiga sovet olimlari A. A. Bogomolts, G.
K. Xrushchov, N. G. Xlopin, A. V. Rumyantsevlar katta hissa qo`shdilar. Keyingi yillarda yangi
usullarning qo`llanishi natijasida biriktiruvchi to`qima haqidagi fikrlar ham ancha ilgarilab ketdi.
Ko`p eksperimental izlanishlar shuni ko`rsatdiki, biriktiruvchi to`qima hujayralari qon
hujayralarn kabi o`ziga xos o`zak hujayradan rivojlanar ekan. Asrimizning boshida A. A. Maksimov
ilgari surgan, ya’ni barcha qon hujayralari va biriktiruvchi to`qima hujayralari limfotsitlarga o`xshash
hujayralardan rivojlanadi, degan nazariya hozirgi kunda to`la tasdiqlandi. Takomil davrida yuqorida
keltirilgan to`qimalarning hammasi homilaning boshlang`ich rivojlanish bosqichida hosil bo`ladigan
mezenximadan taraqqiy etadi. Mezenxima birlamchi kam differentsiallashgan biriktiruvchi
to`qimadir. U mezodermadan ko`chib, homila varaqlari orasida va o`q organlar atrofida joylashib,
hujayralar hosil qiladi. Mezenximaning hosil bo`lishida qisman ektodermadan ko`chgan hujayralar
ham ishtirok etadi. Mezenxima to`qimasini hosil qiluvchi mezenxima hujayralari yulduzsimon
shaklga ega bo`lib, o`siqlar bilan birlashadi va to`rsimon tuzilmani hosil qiladi. Bu hujayralar amorf
va fibrillyar hujayralararo modda ishlab chiqaradi.
Hamma ichki muhit to`qimalari uchun xos umumiy xususiyat – bu ularda hujayralar va
hujayralararo moddalarning mavjudligidir. Ichki muhit to`qimasining kon va limfa to`qimasidagi
hujayralararo modda suyuq bo`lsa, tog`ay va ayniqsa suyak to`qimalarida uning zichlashganligini
kuzatish mumkin.
Bajaradigan vazifasi bo`yicha ham ichki muhit to`qimasining tarkibiy qismi bir-biridan
farqlanadi. Qon, limfa, siyrak biriktiruvchi to`qima butun organizmni oziqa moddalar bilan
ta’minlagani uchun ularni trofik to`qimalar deb ataladi. Shu to`qimalar organizmga tushgan mikroblar
va yot oqsillar bilan kurashda asosiy o`rin tutadi. Qon va biriktiruvchi to`qima ma’-lum hujayralari
fagotsitoz qilish va antitelolar hosil qilish qobiliyatiga ega. Ichki muhit to`qimasining boshqa turlari
esa ko`proq mexanik vazifani bajaradi. Ular suyak, tog`ay va zich biriktiruvchi to`qimalardir. Ichki
muhit to`qimasi hujayralari epiteliy to`qimasidan farqli ravishda nopolyar hujayralardir.
Shunday qilib, ichki muhit to`qimasi mezenximadan rivojlanib, organizm ichida joylashadi va
trofik, himoya va tayanch vazifalarni bajaradi.
Ichki muhit to`qimasini quyidagicha klchssifikatsiya qilish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: