Bir qavatli ko’p qatorli epiteliy. Bu
epiteliy nafas yullarining devorini va jinsiy
sistemaning ayrim qismlarini qoplaydi. Bu
epiteliyda har bir hujayra bazal membranada
yotadi, hujayralarning shakli turlicha va shu
sababli yadrolari har xil tekislikda yotadi (51-
rasm).
Kekirdak
epiteliysida
kiprikli
silindrsimon, qadahsimon, yirik va kichik
qo’shimcha hujayralar hamda endokrin hujayralar
tafovut qilinadi. Qo’shimcha hujayralar o’zining
keng yuzasi bilan bazal membrane tegib turadi.
Kiprikli hujayralar bazal membranaga o`zining
ingichka qismi bilan tegib turadi, keng yuzasi esa
kekirdak teshigiga qaragan bo`ladi.
47-rasm. Bir qavatli kubsimon
epiteliy. Buyrak siydik yig’uv naychalari
hujayralarining electron
mikrofotogrammasi. X 12500.
1 – yadro; 2 – mitoxondriya; 3 –
yiguv naychasining bo’shligi.
73
48-rasm. Bir qavatli silindrsimon
epiteliy. Me’da shillik qavatidan tayorlashgan.
Ob.60,ok.10.
1 - silindrsimon hujayralar; 2 – yadro;
3 – biriktiruvchi to’qima
Kiprikli hujayralarning apikal yuzasida
kiprikchalar bo`lib, har bir hujayrada 250
atrofida
uchraydi.
Kiprikchalarning
harakatlanishi shilliq sekretning siljishiga ta’sir
qiladi. Shilliq sekret bilan tashqaridan kirgan
chang zarralari ham chiqariladi. Elektron
mikroskopda kiprikchalar 2 ta markaziy va 9
juft
periferik
(«Hujayra
markazi,
sentrosoma»ga
q.)
mikronaychalardan
iboratligi aniqlangan (52-rasm).
49-rasm. Silindrsimon hujayralar. Me’da
tubining shillik qavatini qoplovchi hujayralar.
Elektron mikrofotogramma. X 7500.
1 – silindrsimon hujayra; 2 – yadro; 3 –
secretor donachalar.
74
50-rasm. Bir qavatli silindrsimon jiyakli epiteliy. Ingichka ichak kriptasi. Elektron
mikrofotogramma. X 12.500.
1-silindrsimon hujayraning apikal yuzasidagi mikrovorsinkalar; 2-yadro; 3-mitoxondriya
51- rasm. Bir qavatli ko`p qatorli kiprikli epiteliy (sxema).
1 - hilpillovchi kiprikchalar; 2 - qadahsimon hujayralar; 3- kiprikli hujayralar; 4, 5 - katta
va kichik qo’shimcha hujayralar; 6 - bazal membrana; 7-biriktiruvchi to`qima
(Yu. I.
Afanasyevdan 1989).
75
52- rasm. Kiprikcha. 2-22. Odam traxeyasi epitelial hujayrasi kiprikchasining ko`n-
dalang kesmasi. Elektron mikrofotogramma. x 144.000.
1-hujayra qobig`i; 2-mikronaychalarning markaziy jufti; 3-mikronaychalarning periferik -
juftlari; 4-qo`lchalar; 5-radial spitsalar; b-shporalar (pixlar). A, B, C, D, E- belgilar 2-23- rasmda
keltirilgan sxematik tuzilishining turli sohalariga mos keladi. 2-23. Kiprikcha va bazal tanachadagi
mikronaychalarning sxematnk tuziinshi. A-kiprikchaning uch qismi; B-kiprikchaning tor qismi; C-
kiprikchaning o’rta qismi; D- kiprikchaning bazal tanachaga o`tadigan tor qismi; E-bazal tanacha
(Rodindan).
76
Do'stlaringiz bilan baham: |