Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


EPITELIY TO`QIMASI (TEXTUS EPITHELIALIS). EPITE-



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

  EPITELIY TO`QIMASI (TEXTUS EPITHELIALIS). EPITE- 

LIY TO`QIMASINING UMUMIY XARAKTERISTIKASI VA 

KLASSIFIKATSIYASI 

 

Epiteliy to`qimasi chegaralovchi to`qima bo`lib, tana yuzasini, hazm qilish nayining, nafas va 

siydik  chiqarish  yo`llarining  ichki  yuzasini  qoplab  turadi.  Jigar,  me’da  osti  bezi  va  shuningdek 

organizmdagi  boshqa  ko`pgina  bezlarning  tarkibiga  kiradi.  Seroz  pardalar  ham  epiteliy  bilan 

qoplangan.  Epiteliy  to`qimasi  himoya,  sekretor,  so`rish  va  ekskretor  funktsiyalarni  bajarishga 

moslashgan. Ichak bo`shlig`ida fermentlar ta’sirida parchalangan oqsil, uglevod, yog`lar monomerlar 

holida hamda suv va mineral tuzlar ximus tarkibidan ichak epitelial hujayralari orqali qon yoki limfaga 

so`riladi.  Modda  almashinish  natijasida  hosil  bo`lgan  qoldiq  mahsulotlar  ham  epiteliy  hujayralari 

orqali organizmdan tashqariga chiqariladi (e k s k r ye-tsiya.) Ekskretsiya asosan o`pkada (karbonat 

angidrid va qisman suv ajraladi), buyrakda (mochevina, siydik kislotasi ajraladi), terida (ter bilan suv 

va 5-10% mochevina ajraladi) ke-chadi. 

Epiteliy to`qimasi chegara to`qima bo`lganligi uchun u o`zining ostida joylashgan to`qimalarni 

turli  ta’sirlardan  (kimyoviy,  mexanik)  himoya  qiladi.  Jarohatlanmagan  teri  epiteliysi  turli  zaharli 

moddalarni va mikroblarni o`tkazmaydi. Epiteliy to`qimasi sekret ishlab chiqarish qobiliyatiga ham 

ega. Me’da shilliq qavatini qoplovchi epiteliy to`qimasining mahsuloti me’dani mexanik va kimyoviy 

ta’sirlardan saqlasa, me’da-ichak nayi bo`ylab joylashgan epiteliy hujayralari esa oziq moddalarning 

parchalanishida va so`rilishida muhim o`rin tutadi. 

Epiteliy  to`qimasi  homila  taraqqiyotida  har  uchala  homila  varaqlaridan  (ekto,  ento-  va 

mezodermadan) hosil bo`ladi. Ilk bor hosil bo`lgan epiteliy hujayralari homilaning rivojlanishi uchun 

sharoit yaratib beradi. U orqali homila va ona organizmi o`rtasida modda almashinishi ta’minlanadi. 

Epiteliy  to`qimasining  kelib  chiqishi  va  bajaradigan  funktsiyalarining  har  xil  bo`lishiga 

qaramasdan, boshqa to`qimalardan farq qiladigan umumiy belgilari ham mavjud. 

1. Epiteliy to`qimasi zich joylashgan plast holidagi hujayralar to`plamidan iborat, hujayralararo 

modda deyarli bo`lmaydi. 

2. Epiteliy to`qimasi doimo bazal membranada yotadi. 

3.  Epiteliy  hujayralari  bazal  membranada  joylashganligi  uchun  ular  qutbli  differensiallash 

xususiyatiga ega. Epiteliy hujayralarining apikal va bazal qismlari tafovut etilib, bu qismlar tuzilishi 

va funksiyasi bilan bir-biridan fars qiladi. 

4.  Epiteliy  to`qimasida  q  o  n    t  o  m  i  r  l  a  r    bo`lmaydi,  hujayralar  bazal  membrana  orqali 

biriktiruvchi to`qimadan siffuz yo`l bilan oziqlanadi. 

5. Epiteliy to`qimasi yuqori darajada q a y t a   t i k l a n i s h  xususiyatiga ega. 

Epiteliy  kelib  chiqishi,  tuzilishi  va  funktsiyasi  jihatidan  bir  necha  marta  klassifikatsiya 

qilingan, shulardan keng tarqalganlari morfofunktsional va filogenetik klassifikatsiyalardir. 

Filogenetik klassifikatsiya bo`yicha epiteliy to`qimasi 5 ga bo`linadi: 1) teri epiteliysi; 2) ichak 

epiteliysi; 3) buyrak epiteliysi; 4) selomik epiteliy; 5) ependimoglial epiteliy. 

Terining  epiteliy  to`qimasi  ko`p  qavatli  bo`lib,  himoya  funktsiyasini  bajaradi.  Ichakning 

epiteliy to`qimasi  bir qavatli   bo`lib,  himoya  va  so`rish funktsiyasini o`taydi. Buyrakning epite-liy 

to`qimasi  bir qavatli  bo`lib,  modda almashinuvida  hosil bo`lgan organizm  uchun kerak bo`lmagan 

oxirgi  maxsulotlarning  chiqarilishida  ishtirok  etadi.  Selomik  epitelial  to`qima  seroz  «o`shliqlarni 

qoplashdan tashqari, jinsiy hujayralarning hosil bo`lishida ham qatnashadi. Ependimoglial epitelial 

to`qima  nerv  naychasidan  rivojlanib,  sezgi  organlari  tarkibiga  kiradi,  miya  qorinchalarini  va  orqa 

miya kanalining devorini qoplaydi. 

Morfofunktsional klassifikatsiya bo`yicha epiteliyning quyidagi turlari farqlanadi: 

 



 

69 


 

 

Epiteliy doimo bazal membranada joylashadi. Bazal membrana yoki bazal plastinka epiteliy 



va  biriktiruvchi  to`qima  orasida  joylashuvchi  parda  bo`lib,  qalinligi  80-100  nm  ga  teng.  U 

karbonsuvdan, oqsil, glikozaminoglikan va kollagen tolalardan tashkil topgan. 

Epiteliy  to`qimasi  hujayralarining  bazal  membrana  bilan  munosabatiga  qarab  bir  va  ko`p 

qavatli bo`ladi. Bir qavatli epiteliy hujayralarining barchasi bazal plastinka bilan bevosita bog`langan. 

Ko`p qavatli epiteliyda esa bazal plastinkaga faqat pastki qavat hujayralari tegib turadi. Bir qavatli 

epiteliy o`z navbatida bir qatorli va ko`p qatorli bo`ladi. Bir qatorli epiteliyda hamma hujayralar bir 

xil  balandlikka  ega  bo`lib,  ularning  yadrolari  bir  tekislikda  joylashadi  (44-rasm).  Ko`p  qatorli 

epiteliyda hamma hujayralar bazal membranaga tegib tursa ham, ular bir xil katta-kichiklikda emas 

va yadrolari turli tekislikda yotadi. Ko`p qavatli yassi epiteliy muguzlanuvchi va muguzlanmaydigan 

bo`ladi. Yuqori qavat hujayralari muguz tanachalarga aylanuvchi ko`p qavatli epiteliy muguzlanuvchi 



epiteliy  deb  ataladi.  Muguzlanish  jarayoni  kechmaydigan,  ya’ni  muguz  tangachalar  hosil 

bo`lmaydigan ko`p qavatli epiteliy muguzlanmaydigan epiteliy deb ataladi. Ko`p qavatli epiteliyning 

maxsus turi o`zgaruvchan epiteliydir. Bu epiteliy ba’zi a’zolarning (m: siydik qopchasi) devorining 

cho`zilgan yoki cho`zilmaganligiga qarab o`z  

ko`rinishini  o`zgartirib  turadi  va  shuning 

uchun ham o`zgaruvchan epiteliy deb ataladi. 

Epiteliy  to`qimasining  hujayralari 

turli  xil  shaklda  bo`ladi.  Masalan,  yassi, 

kubsimon, 

silindrsimon 

va 

maxsus 


tuzilmalari  bilan  boshqa  to`qimalarning 

hujayralaridan 

farqlanib 

turadi. 


Hujayralarning  differensiallanishi  natijasida 

maxsus  tuzilmalar  paydo  bo`ladi.  Epiteliy 

to`qimasining 

maxsus 


tuzilmalariga: 

hilpillovchi  kiprikchalar,  ichak  enterotsit 

hujayralarining mikrovorsinkalari va x i vch i 

n  l  a  r  kiradi.  Bu  maxsus  tuzilmalarning 

tuzilishi  va  funktsiyasini  har  bir  epiteliyni 

o`rganish  davomida  ko`riladi  («Sitologiya» 

bo`limiga q.). 

Epiteliy  to`qimasi  hujayralarining 

sitoplazmasida 

xususiy 


organella 

tonofibrillalar  uchraydi.  Hujayralarning  yon 

yuzasida 

desmosomalar 

(«Hujayra 

yuzasining  maxsus  tuzilmalari»  ga  q.)  va 

ularning  birlashtiruvchi  plastinkasiga  tegib 

yotuvchi tonofibrillalar joylashadi. 

 

44-  rasm.  Bir  qavatli  bir  qatorli  epiteliy 



turlari (sxema). 

a  -bir  qavatli  yassi  epiteliy;  b  -bir  qavatli 

kubsimon  epiteliy;  v  -bir  qavatli  silindrsimon 

 

epiteliy;  g  -  bir  qavatli  silindrsimon  jiyakli 



epiteliy  (A.  Xem,  D.  Kormak,  1982,  Yu.  I. 

 

Afanasyevdan, 1989). 



 


 

70 



Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish