Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


TO’QIMALARNING FIZIOLOGIK VA REPARATIV REGENERATSIYASI



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

TO’QIMALARNING FIZIOLOGIK VA REPARATIV REGENERATSIYASI 

 

To`qima  va  organlarda  o`layotgan  hujayralar  hamda  hujayra  shakliga  ega  bo`lmagan 



tuzilmalar doim, butun hayot davomida qaytadan tiklanib turadi. Bu jarayon fiziologik regeneratsiya 

deb  atalib,  turli  to`qimalarda  turlicha  kechadi.  Mitoz  bo`linish  xususiyatiga  ega  bo`lgan, 

differentsiallashgan  hujayralarga  boy  to`qimalarda  fiziologik  regeneratsiya  juda  aniq  ko`rinadi. 

Masalan,  teri  va  ichak  epiteliysida,  qon  shaklli  elementlari  hosil  bo`lishida,  biriktiruvchi  to`qima 

hujayralarida,  mushak  to`qimasida  fiziologik  regeneratsiya  ancha  tez  boradi.  Nerv  to`qimasida 

fiziologik  regeneratsiya  bo`lish-bo`lmasligi  to`liq  aniqlanmagan.  So`nggi  yillar  ma’lumotiga  ko`ra 

nerv to`qimasida fiziologik regeneratsiya jarayoni kechsada, lekin mushak to`qimasidagiga nisbatan 

sustroq kechadi. To`qimalarning shikastlangandan so`ng qaytadan tiklanishi reparativ regeneratsiya 

deyiladi.  Reparativ  regeneratsiya  hamma  to`qimalarga  xos  jarayondir.  Reparativ  regeneratsiya  bir 

necha yo`l bilan boradi. 

1.  Regeneratsion  gipertrofiya.  Bu  yo`l  bilan  boruvchi  regeneratsiyada  a’zoning  massasi 

hujayralarning  bo`linishi  yoqi  ularning  gipertrofiyasi  (kattalanishi)  natijasida  qayta  tiklanadi.  Bu 

tipdagi regeneratsiya yuqori tabaqali hayvonlarning jigar, buyrak va ayrim boshqa a’zolariga xosdir. 

2.  Hujayra  proliferatsiyasi.  Bu  xil  yo`l  bilan  boradigan  regeneratsiyada  organning 

shikastlangan joyi hujayralar bo`linishi hisobiga qayta tiklanadi. Masalan, me’da-ichak yo`li epiteliysi 

bunga misol bo`la oladi. 

3. Hujayra ichi regeneratsiyasi. Bu tipdagi regeneratsiyada hujayra organellalarining hajmi va 

soni ortish hisobiga hujayra hajmi ham ortadi va natijada organ yoki to`qimaning ham hajmi qayta 

tiklanadi. Masalan, yurakning mushak qavati, neyronlarda. 

Epiteliy, biriktiruvchi va silliq mushak to`qimalari juda tez qayta tiklanadi. Ko`ndalang-targ`il 

mushak tolalari esa ma’lum sharoitdagina qayta tiklanishi mumkin. Nerv to`qimasida qayta tiklanish 

juda ham sust boradi. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish