M. M. Niyazaliyeva


To`qimachilikda nanotexnologiyalar



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/64
Sana12.09.2021
Hajmi2,19 Mb.
#172241
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64
Bog'liq
2 5348471255576087486

3.2. To`qimachilikda nanotexnologiyalar 
 
Ko`pgina mutaxassislar mikrotexnologiya tarixi Richard Feynmanning 1959 
yili Amerika fiziklar jamiyatida o`qigan mashhur ma’ruzasidan so`ng boshlangan 
degan fikrdalar. U mikrotexnologiya potentsialini boy bo`yoqlarda tasavvur etadi. 
Ma’ruzalarda  kompyuterlar,  axborotni  saqlash  qurilmalari,  elektron  qismlar  va 
robotlar  mitti  holatda  tasvirlangan  edi.  Feynmanning  mikroelektronika  borasidagi 
bashoratlari tez (aniqrog`i, 1960-70 yillarga keliboq) amalga oshdi. 1980 yilda esa 
yetakchi  universitetlar  va  davlat  laboratoriyalarida  nisbatan  arzon  usullarda  mitti 
mexanik detallar yaratila boshlandi. 
Nanotexnologiya tushunchasi uchun tugal va aniq ifoda yo`q, ammo mavjud 
mikrotexnologiya  asosida  bu  o`lchamlarni  nanometrdagi  texnologiya  deb  yuritish 
mumkin.  Shuning  uchun  mikrodan  nanoga  o`tish  bu  moddani  boshqarishdan 
atomni boshqarishga o`tish demakdir. 
Sohaning rivoji deganda esa asosan uchta yo`nalish tushuniladi: 
-  o`lchami  atom  va  molekulalar  o`lchamlari  bilan  solishtirarli  elektron 
sxemalarni tayyorlash; 
-   nanomashinalarni loyihalash va ishlab chiqish; 
-  alohida  atom  va  molekulalarni  bosh¬qarish  va  ulardan  alohida 
mikroob’yektlarni yig`ish. 


69 
 
Bu  yo`nalishdagi  izlanishlar  ancha  vaqtdan  buyon  olib  borilmoqda.  1981 
yilda  tunnelli  mikroskop  yaratilib,  alohida  atomlarni  ko`rish  mumkin  bo`ldi. 
Shundan  buyon  texnologiya  sezilarli  takomillashtirildi.  Bugun  bu  yutuqlarni 
kundalik  hayotda  ishlatamiz:  lazerli  disklarni  ishlab  chiqarish,  jumladan,  DVD 
disklardan nanotexnologik usulsiz foydalanish mumkin emas. 
Soha taraqqiyotidagi asosiy bosqichlarni bir eslab ko`raylik. 
1959  yil.  Nobel  mukofoti  sohibi  Richard  Feynman  kelajakda  alohida  atomlarni 
boshqarib, odam har qanday moddani sintez qilishi mumkinligini bashorat qildi. 
1981  yil.  Binig  va  Rorer  tomonidan  moddalardan  atomlar  darajasida  ta’sir  qila 
oladigan skanerlovchi tunnel mikroskopning yaratilishi. 
1982-85 yillar. Sistemalarda atomar aniqlikka erishildi. 
1986  yil.  Atom  quvvatli  mikroskop  yaratilib,  u  tunnel  mikroskopidan  farqli 
ravishda  har  qanday,  masalan,  tok  o`tkazmaydigan  material  bilan  ham  ta’sirlasha 
oladi. 
1990 yil. Alohida atomlarni boshqarishga erishildi. 
1994 yil. Sanoatda nanotexnologik usullarning qo`llanila boshlanishi. 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
2018 
yil 
27 
apreldagi 312-son  qarori  bilan  Mirzo  Ulug`bek  nomidagi  O`zbekiston  Milliy 
universitetida  Nanotexnologiyalarni  rivojlantirish  markazi  tashkil  etildi.  Bunda 
nanotexnologiyalar  sohasida  innovatsiyalarni  amalga  oshirish  maqsadida  oliy 
ta’lim  muassasalari,  ilmiy-tadqiqot  muassasalari,  xo`jalik  boshqaruvi  organlari, 
boshqa  manfaatdor  tashkilotlar  va  xususiy  sektor  bilan  hamkorlik  qilishlari, 
fundamental 
va 
amaliy 
ilmiy 
tadqiqotlarni, 
shuningdek, 
nanotizimlar, 
nanomateriallar  va  nanotexnologiyalar  sohasida  innovatsion  loyihalarni  amalga 
oshirishda  ishtirok  etish,  nanotexnologiyalarni  rivojlantirishning  ustuvor 
yo`nalishlarini  belgilash  va  amalga  oshirishda  qatnashish,  nanotexnologiyalar 
rivojlanishining  zamonaviy  xalqaro  tendentsiyalari,  xalqaro  aloqalarni  o`rnatish, 
nanotexnologiyalar  sohasida  hamkorlikda  xalqaro  loyihalarni  ishlab  chiqish  va 
bajarish, xalqaro ilmiy  anjumanlar  va  simpoziumlarni  tashkil  etish  va o`tkazishda 


70 
 
amaliy  ishlar  olib  borish  to`g`risida  aytib  o`tilgan.  Nanotexnologiyalar  sohalari 
masalan: 
1.  Tibbiyotda odamning  tanasida  paydo  bo`ladigan  barcha  kasalliklarning 
oldini oluvchi yoki davolovchi molekulyar nanorobotlarni yaratish; 
2.  Gerontologiyada insonlarning  jismoniy  boqiyligiga,  odam  tanasidagi 
hujayralar  qirilishining  oldini  oluvchi,  odam  organizmi  to`qimalarining  ishlashini 
yaxshilash va qayta qurish uchun molekulyar robotlarni kiritishga erishish; 
3.  Sanoatda iste’mol  mollarini  ishlab  chiqarishda  an’anaviy  usullardan  foy-
dalanishdan bevosita atom va molekulalardan yig`ishga o`tish; 
4.  Qishloq  xo`jaligida  oziq-ovqatni  tabiiy  ishlab  chiqaruvchilarni  (masalan, 
o`simliklar  va  hayvonlar)  molekulyar  robotlardan  tuzilgan  funktsional 
o`xshashlariga  almashtirish.  Ular  tirik  organizmda  sodir  bo`ladigan  kimyoviy 
jarayonlarni  qisqaroq  va  samaraliroq  yo`l  bilan  amalga  oshirishadi.  Masalan, 
«tuproq-is  gazi-fotosintez-ko`kat-sigir-sut»  zanjiridan  barcha  ortiqcha  bo`limlar 
olib  tashlanadi.  Faqat  «tuproq-is  gazi-sut  (qatiq,  yog`,  go`sht)»  qoladi.  Bunday 
«qishloq  xo`jaligi»  samaradorligi  ob-havo  va  og`ir  mehnat  sharoitiga  bog`liq 
bo`lmaydi.  Uning  ishlab  chiqarish  hajmi  oziq-ovqat  muammosini  birato`la  hal 
qiladi.  
5.  Biologiyada tirik  organizmga  atomlar  darajasidagi  nanoelementlarni 
kiritish mumkin bo`ladi. Buning oqibatlari turlicha bo`lib, yo`qolib ketgan turlarni 
tiklashdan  tortib,  yangi  turdagi  jonzotlar  biorobotlarini  yaratishga  olib  kelishi 
mumkin.  
6.  Ekologiyada inson  faoliyatining  atrof-muhitga  ta’sirini  to`liq  bartaraf 
qilish.  Bunga  birinchidan,  ekosferani  inson  faoliyati  chiqindilarini  boshlang`ich 
xom-ashyoga 
aylantiruvchi 
molekulyar 
robot-sanitarlar 
bilan 
to`ldirish, 
ikkinchidan  esa  sanoat  va  qishloq  xo`jaligini  chiqindisiz  nanotexnologik  usulga 
o`tkazish bilan amalga oshirish mumkin.  
7.  Koinotni  o`zlashtirishda koinot  «odatiy»  yo`l  bilan  emas,  balki  nano-
robotlar  orqali  o`zlashtiriladi.  Robot-molekulalarning  ulkan  armiyasi  Yer 
atrofidagi fazoga chiqariladi va uni inson yashashi uchun yaroqli holatga keltiradi. 


71 
 
Oy,  asteroidlar  va  yaqin  planetalarda  inson  yashashi  uchun  kosmik  stantsiyalar 
qurish hozirda mavjud bo`lgan usullardan arzon va xavfsiz bo`ladi. 
8. Kibernetikada hozirda mavjud bo`lgan planar strukturalardan o`lchamlari 
molekular o`lchamiga  teng bo`lgan  hajmiy  mikrosxemalariga o`tish sodir bo`ladi. 
Kompyuterlarning ishchi chastotasi teragerts qiymatga yetadi. Neyronga o`xshash 
elementlardan  tuzilgan  sxemalar  paydo  bo`ladi.  Oqsil  molekulalaridan  tuzilgan 
xotira  hajmi  terabaytlarda  o`lchanadigan,  saqlash  davri  uzoq  bo`lgan  xotira 
elementlari  paydo  bo`ladi.  Inson  aqlini  kompyuterga  «ko`chirish»  mumkin  bo`lib 
qoladi.  
9.  Aqlli  yashash  muhitida  barcha  tashkiliy  qismlarga  mantiq  elementlarini 
kiritish hisobiga biz yashayotgan atrof-muhit «aqlli» va inson yashashi uchun to`la 
qulay bo`lib qoladi.  
 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish