M. M. Niyazaliyeva


Antibakterial matolarni ichki va yengil kiyimlarda



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/64
Sana12.09.2021
Hajmi2,19 Mb.
#172241
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64
Bog'liq
2 5348471255576087486

 
3.4. Antibakterial matolarni ichki va yengil kiyimlarda 
qo`llash texnologiyasi 
  
 
 
Antibakterial matolar ishlab chiqarishda ilk bor suvli va organik muhitlarda 
azotli  asoslar  bilan  poliakrilonitril  tolasi  o`zaro  ta’sir  kinetikasining  o`ziga  xos 
xususiyatlari  hamda  modifikatsiyalangan  tolalar  yuqori  solishtirma  sirtga  ega 
bo`lganligi  uchun  modifikatsiya  reakatsiyasining  tezligi  faqat  qattiq  fazoda 
joylashgan polimerning nitril guruhlari kontsentratsiyasiga bog`liqligi aniqlangan; 
ilgari  aniqlangan  oz  miqdordagi  gidroksilaminning  azotli  asoslar  bilan 
«nitron»  tolasini  modifikatsiyalash  jarayoniga  katalitik  ta’sir  mexanizmi 
isbotlangan; 
         poliakrilonitril tolasini geksametilendiamin bilan shuningdek, etilendiamin va 
dixloretan bilan ketma-ket ishlov berish yo`li orqali tarmoqlangan tuzilishli, kuchli 
asos  xossaga  ega  bo`lgan  anionitlar  olish  usuli  ishlab  chiqilgan  hamda  ularni, 
galogen,  arsenazo  (III)  ionlariga  nisbatan  yuqori  sorbandozaiyalash  qobiliyatiga 
ega ekanligi aniqlangan; 


76 
 
ilk  bor  geksametilendiamin  bilan  modifikatsiyalangan  «nitron»  tolasining 
amin  guruhlari  malein  angidridi  bilan  ta’sirlanishi  orqali  yoki  qoldiq  nitril 
guruhlarni  gidroliz  qilish  yo`li  bilan  yangi  poliamfolit  tabiatiga  ega  bo`lgan 
polikompleksonlar  sintez  qilishning  maqbul  sharoitlari  keltirilgan  hamda  Se(II) 
ionlariga nisbatan selektiv sorbentlar olishga erishilgan. 
Respublikmizda  ilk  bor  tadqiqot  natijalari  asosida  poliakrilonitril  tolasi 
asosida  xrom  ionlariga  nisbatan  selektiv  bo`lgan  tolasimon  sorbentlar  sintezi 
bo`yicha  O`zbekiston  Respublikasi  Intellektual  mulk  agentligining  «Tolasimon 
anionitni olish usuli» (№IAP 02518, 21.10.2004 y.) patenti; 
tolasimon  sorbentlar  asosida  yod  tutgan  antibakterial  xususiyatli  polimer 
materiallar 
olish 
bo`yicha 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Intellektual 
mulk 
agentligining «Tarkibida yod bo`lgan tolasimon materiallarni olish usuli» (№IAP 
03130, 07.07.2006 y.) patenti; 
tolasimon  sorbentlar  yordamida  ishlab  chiqilgan  sorbtsion-spektroskopik 
usul oqava suvlardagi metallarni tozalash va ajratib olish jarayonini analiz qilishda 
«Navoiazot»  va  «Elektrokimyo  zavod»  aktsiyadorlik  jamiyat  korxonalariga  joriy 
qilingan («O`ZKIMYoSANOAT» DAKning 2015 yil 10-iyundagi 01/3-2246/I-son 
ma’lumotnomasi). Bunda aniqlash samaradorligi 10-20% ga ortgan. 
 
Jahonda  ko`plab  fan  va  sanoat  rivojlangan  davlatlarda  olib  borilayotgan 
ilmiy izlanishlar tibbiyot sohasida va maishiy hayotda qo`llash uchun antibakterial 
moddalar  singdirilgan  matolar,  buyumlar  ishlab  chiqarishga  qaratilmoqda. 
Smartfiber  AG  (Germaniya)  firmasi  har  xil  maxsus  xususiyatlarga  ega  va 
sanoatning 
turli 
sohalari 
uchun 
ishlab 
chiqarilgan 
Smartel 
tolalarini 
loyihalashtiradi,  ishlab  chiqaradi  va  sotadi.  Funktsional  tolalar  haroratni 
mukammal nazorat qiladi, yuqori antibakterial va hidni kamaytiruvchi xususiyatga 
ega, elektr o`tkazuvchanligi va tibbiyotda va boshqa talab yuqori texnologiyalarda 
noyob keramika ishlanmalariga ega. 
 
Smartel slime tolasi 60 joul/g qadar tana haroratini saqlash xususiyatgiga ega 
bo`lgan  mikroakkumulyatordir.  Bu  termoregulyatsion  xususiyatlarga  ega 
mikrokompozit  bo`lib,  to`qimachilik  jihatdan  yaxshi  ishlov  berilgan  va 


77 
 
bo`yalishining  bir  tekisligi  bilan  ajralib  turadi.  To`ldirish-to`yintirish  darajasi 
yuqori bo`lganligi uchun tolalar yuzasi silliqligi saqlanib qoladi. Bu to`qimachilik 
materiallari  uchun  zarur  bo`lgan  xususiyat  bo`lib,  tanani  qoplaganda  mexanik  va 
kimyoviy  ta’sirlarni  sezmaydigan  pishiqlikdagi  tolalarni  ishlab  chiqarilishini 
ta’minlaydi  va  barcha  omillar  funktsiyalarining  muntazam  o`zgarmas  bo`lishiga 
hissa  qo`shadi  va  to`qimachilik  materiallarini  yuvishga  imkon  beradi.  Yotoq 
choyshablarini  ishlab  chiqaruvchilar  ushbu  tolani  o`z  mahsulotlarida  xonalarni 
mo`tadillashtirish  uchun  ishlatadilar,  chunki  u  yotoqxonadagi  ortiqcha  issiqlik  va 
namlikni  yutadi  va  hosil  bo`lgan  yoqimsiz  yuqori  haroratini  nazorat  qilib, 
balandlab  yoki  pastaytirib  yumshatadi,  sokin  muhit  yaratadi  va  tinch  uyquni 
ta’minlaydi.  Xususiy  texnologiyalar  yordamida  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlar 
Bluemagic-Ball va Bluewish-ni o`z ichiga oladi. Bluemagic-Ball kichik sharchalari 
har  qanday  yuvish  turi  hoh  mashinada  yoki  qo`lda  yuvganda  ham  antibakterial 
ta’sirga ega bo`ladi. Bundan tashqari, bu tarzda yuvilgan kir uzoq vaqt davomida 
hidsiz  qoladi.  Ushbu  gigienik  ta’sir  xatto  160  marta  yuvilgandan  keyin  ham 
saqlanib  qoladi.  Sharchalardagi  indikator  rangini  o`zgarishi  Bluemagic-Ball-ni 
qachon  almashtirish  kerakligini  ko`rsatadi.  Yuvish  jarayonida  bakteriyalarning 
"qotili"  faqat  kir  yuvish  mashinasida  yoki  kir  yuvish  tozida  joylashadi.  Suv 
ta’sirida  kumush  ionlari  sharchalardan  ajraydi  va  yuvish  paytida  to`qimachilik 
materiali  yuzasi  bo`ylab  taqsimlanadi.  Shunday  tarzda  yuvilgan  to`qimachilik 
materiallari 10 haftagacha kumush ionlari bilan singdirilgan holda qoladi. ProDerm 
dermatologik  testi  EN  ISO  10993  standarti  parametrlariga  javob  berishi  bilan  bir 
qatorda  teri  va  to`qimalar  bilan  juda  yaxshi  muvofiqlashadi.  Bundan  tashqari, 
Smartel  Bioactive  tolasi  biofaol  modda  sifatida  Öko-Tex  ekologik  standartiga 
kiritilgan.  
Pulsni o`lchovchi va tez yordam chaqiruvchi “aqlli” adyol 
«Apple» insonning yurak urishi, tana harorati va nafas olishi tezligini tahlil 
qiluvchi  “aqlli”  adyolni  patentlashtirdi.  Bu  haqda  New  York  Post  nashri  ma’lum 
qildi. 


78 
 
Ma’lumotlarga  ko`ra,  adyol  iSheet  deb  nomlanib,  uning  matosi  ichiga 
maxsus datchiklar tikiladi. Bu datchiklar ma’lumotlar to`playdi, dasturiy ta’minot 
esa bu ma’lumotlarni optimal ko`rsatkichlar bilan taqqoslaydi. Ma’lumotlar simsiz 
boshqaruv  panelida  ko`rsatiladi.  Adyol  sog`lig`i  bilan  muammolarga  ega 
odamlarga  asqatadi.  U  inson  o`zini  yomon  sezganda  tez  yordam  chaqira  oladi. 
Bunday  texnologiya  Apple  Watch  4  soatida  ham  bor.  Soat  uni  taqib  olgan  odam 
yiqilib tushib, uzoq vaqt o`rnidan ko`tarilmasa, tez yordam chaqirtiradi. Internetda 
«Apple»ning  “aqlli”  qurilmalari  ko`plab  insonlarning  hayotini  saqlab  qolgani 
haqida ko`plab voqealarni uchratish mumkin. 
Xiaomi  kompaniyasi  Cowarobot  bilan  hamkorlikda  o`zining  ilk  o`zi 
boshqariluvchi chamadonini ishlab chiqdi. Yangi gadjet nafaqat egasi ortidan yura 
oladi, balki qiziqarli funktsiyalar bilan ham ta’minlangan.   
Qurilma  sig`imi  31  litrni  tashkil  qiluvchi  standart  chamadonlar  kabi  bo`lib, 
uning g`ildiraklari va tortib chiqariluvchi tutqichi bor. O`lchamlari 555 x 384 x 200 
mmni, og`irligi 4,5 kgni tashkil qiladi.  
Tutqichga  kamera  o`rnatilgan  bo`lib,  u  yuzlarni  tanish  funktsiyasi  bilan 
jihozlangan.  Chamadon  harakatlanishi  uchun  uning  egasi  yuzini  kamerada 
skanerlashi  lozim.  Gadjet  ushbu  kamera  yordamida,  shuningdek,  mo`ljal  oladi. 
Qurilma  g`ildirakchalaridagi  4  motor  bilan  harakatga  keltiriladi.  U  mashinaviy 
o`qitish hisobiga to`siqlar va odamlarni chetlab o`ta oladi. Chamadon 92 Vt-soatlik 
akkumulyatordan quvvatlanadi, qurilma to`liq quvvatlangan holda 20 km yo`l bosa 
oladi.  To`liq  quvvatlanishi  uchun  esa  5  soat  talab  etiladi.  Gadjetni  mobil  dastur 
orqali ham boshqarish mumkin. 
 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish