shaytoniy kuchlar tadqiqi bilan uyg‘unlashtirib, tasvirlab berishga harakat qiladi.
Bu holatni «Ming bir qiyofa» romanida ham kuzatamiz. Har ikkala asar janr
e’tibori bilan farqlansa-da, ularda ko‘tarilgan muammolar ijtimoiy-tarixiy
taraqqiyotning aynan shu bosqichigagina taalluqli emasligi, inson zoti mavjud
bo‘lgan barcha makon va zamonlarga tegishli ko‘pdan-ko‘p jihatlarni o‘zida
mavzularning qamrab olinishi, xalq ideallarining ifodasi bilan bog‘liq. Ezgulik,
insof, adolat, shaxs erki singari masalalarning hokimiyat uchun kurash yo‘lidagi
chirkin vositalarga zid qo‘yilishi bilan izohlanadi. SHubhasiz, bu o‘rinda
48
O.Muxtorning Fitrat ijodini teran o‘rgangani, natijada muayyan darajada
ta’sirlangani, hatto unga bag‘ishlab «Aflotun» nomli maxsus roman yozgani kabi
faktorlarni ham chetlab o‘ta olmaymiz. Qolaversa, XX asrning boshlari va
nihoyaga yaqini ma’naviy-ruhiy jihatdan ko‘p mushtarakliklarga ega.
Mustaqillik va milliy mafkura nuqtai nazaridan Fitrat ijodining zamondosh
adiblarga ta’sir etishi, yangi shakliy-uslubiy izlanishlarga ilhomlantirishi XXI
asr adabiyotida ham porloq sahifalar ochilishiga muayyan darajada turtki
bo‘ladi.
«Ming bir qiyofa» romanidagi zolim Rahim Ikkinchida iroda bo‘shligi,
qo‘rqoqlik, vahimalar iskanjasida qolish, nomardlik xususiyatlari bo‘rtib
ko‘rinadi. Taxtni asrab qolishdan ko‘ra muhimroq narsaga aql-farosati etmagan
shoh qalbidagi hadiksirash uni qasos sari etaklaydi. Bir guruh mansabparast
kimsalar muqarrar fojiaga zamin hozirlaydilar: «Olimlar itning orqa oyog‘i
bo‘lgilari kelmadi» (144-bet), «..ba’zan shoirlardan ahmoq xalq bo‘lmaydi.
Ular hech tap tortmay, faqat Xudoga tegishli sifatlarni ham Rahim Ikkinchiga
taqashga tushishdi», «… karnaychilar uning qasri-saroyi eshigiga kelib, bir-
birlarini turtishgancha, har kim o‘z karnayining ovozi ko‘proq eshitilishiga
harakat qilardi» (145-bet). Bunday shon-shuhrat hatto shohning ham joniga
tegib, «bizdan aqlli odam bo‘lmasligi kerak» (145-bet) istiholasida Mulla
G‘ulomning ham bahridan o‘tadi. Taassufki, bunday o‘rinlarda muallifning
bevosita bayoni axborot tarzidagina beriladi. Obrazlar ruhiyati esa teran
ochilmay qoladi.
Garchand iste’dod va tafakkurini to‘g‘ri yo‘naltira olmagan bo‘lsa ham,
Mulla G‘ulom to‘qigan afsona-latifalar katta kuch-qudratga aylanadi. SHu
ma’noda Nasriddin bilan bog‘liq sarguzashtlar ta’sir kuchi xalqona mazmuni
nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi:
-
Eshagingiz bir joyga borib, qozi bo‘lmaganmikin? – hazillashdi
o‘zini Mo‘lton deb tanishtirgan yigit.
-
Ehtimol, shundaydir, Mo‘lton aka, - kuldi Nasriddin ham. –
Odamlar gaplashayotganda, qulog‘ini dikkaytirib, eshitib turadigan odati
49
bor edi. (151-bet).
Qahramonlarning hazil va kulgulari tagida teran xalqona ma’no mujassam
bo‘lib, Afandi latifalaridan samarali foydalanish orqali bunga erishilgan.
O.Muxtorning bunday o‘rinlarni «chinakam latifa» deyishi bejiz emas. Rahim
Ikkinchini eshak bilan tenglashtirgan Nasriddin jasorati va mardligi,
to‘g‘riso‘zligi va shakkokligi aslida latifalar mehvariga singib ketgan. Ularni
romanga hazm qildirib yuborish purma’nolikni yuzaga chiqarmoqda.
O.Muxtorning yaxshilik va yomonlik kurashida umuminsoniy muammolarni
o‘ziga xos ifodalashga erishishini ta’minlamoqda.
Darhaqiqat, zolim shohda qo‘l ostidagilarning manfaatlarini himoya qilish
mas’uliyati bo‘lmaydi. U kishilarning erki, xohish-irodalarini cheklab qo‘yadi.
Ma’naviy fazilatlardan yiroq bo‘lgan beshafqat shohdagi irodasizlik kayfiyati
o‘zaro ishonchsizlik tuyg‘usini keltirib chiqaradi. Zolimlik uni siyosiy qudratdan
mahrum etadi. Davlatni boshqarishga nomunosib bo‘lgan kishining qo‘lidagi
hokimiyat
faqat
izzattalab
kishilarning
manfaatlariga
xizmat
qilib,
xushomadgo‘ylar va safsatabozlarni yuzaga chiqaradi. Bunday hokimiyat esa
parchalanishga mahkumdir. Romandan kelib chiquvchi bunday xulosalar
mustaqil O‘zbekiston tanlagan ijtimoiy adolat va demokratiya tamoyillari
naqadar to‘g‘riligini yana bir bor tasdiqlashga xizmat qiladi.