Ashirbaeva n omon muxtor romanlarida shakliy-uslubiy izlanishlar



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/48
Sana11.09.2021
Hajmi0,5 Mb.
#171410
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48
Bog'liq
omon muxtor romanlarida shakliy-uslubiy izlanishlar

boshingga chiqmadi. . .  Bechora xalq! Tarix bo‘yi ko‘rgan kuningda yilt etgan 

oftob  yo‘q!  Teng  bo‘laman,  deding,  baxtli  bo‘laman,  deding,  dunyoda  haqiqat 

bor,  adolat  albatta  o‘rnatiladi,  deding,  biroq  shohmot  taxtasidagi  singari, 

barcha  ot  surdi,  sen  oyoq  ostida  qolib  ketding,  hammadan  oldin  qurbon 

bo‘lding! 

                  

 

42 Мухтор О. Тўрт томон қибла, Шарқ, НМК, Тошкент, 2000, 423-бет 




 

 

46 



Sen hamon ishonasan, bechora xalq! Ertangi kunga umidlanasan! Odil shoh 

izlaysan. Biron vijdonli hakam bordirku, deysan!  YAna aldanasan...» (Roman, 

153-bet) 

Anglashiladiki,  nosir  yaratgan  «Ming  bir  qiyofa»  romani  uslubi  umuman 

O.Muxtor  nasriga  xos  uslub  taraqqiyotida  o‘ziga  xos  halqani  tashkil  qiladi. 

CHunki  u  muallif  iste’dodining  umumiy  yo‘nalishidan  kelib  chiqadi.  Badiiy 

idrok qilish va ifoda tarziga muvofiq bo‘lib, badiiy xarakter yaratishdagi o‘ziga 

xosligini,  binobarin  romanning  til  xususiyatlarini  ham  belgilaydi.  YUqorida 

keltirilgan 

publitsistik 

murojaatnoma 

muayyan 

ma’noda 


muallif 

va 


kitobxonning  o‘zaro  muloqotini  ta’minlashga  xizmat  qiladi.  Biroq  asardagi  bu 

kabi  publitsistik  uslub  unsurlari  roman  badiiyatining  susayishiga  olib 

kelganligini  ham  ta’kidlash  lozim.  Nosir  uslubining  shakllanishi  va  rivojida 

folklor  va  mumtoz  adabiyot  ta’siri  ham  nihoyatda  kuchli  bo‘lganligi  ayon 

bo‘ladi. Bu  hol, kuzatganimizday, fikr tasdig‘i va qahramon ruhiyatini ochishda 

qo‘llangan asosiy syujet liniyasiga hamohang tarzda mazmunni teranlashtirishga 

xizmat qilgan  qistirma syujetlar misolida ham o‘z tasdig‘ini topadi. 

O.Muxtor  nazarida  asrlar  bo‘yi  xalq  taqdiri  fojiasining  bosh  sabablaridan 

biri  uning  tirikchilik  tashvishlari  bilangina  ovvorayu  sarsonligi,  hayotidan 

nolishdan nariga o‘tmay, balandparvoz va’dalarga ko‘r-ko‘rona ishonib kelgani, 

yohud  mashaqqatli  hayotidan  chiqargan  xulosasi:  «bariga  qo‘l  siltash»dan 

iborat ekanligi, siyosiy hushyor emasligidan kelib chiqadi. 

SHu boisdan ham nosir faqat hayotiy ehtiyojlarni qondirishgagina intilish 

jamiyatning ravnaqini ham, baxtli hayotni ham  ta’minlay olmaydi, deb biladi. U 

yakkahokimlikning  har  qanday  turini  qoralaydi,  adolat  va  demokratiyani 

ulug‘laydi.  O‘zini  va  so‘zini  qonun  deb  bilgan  yakka  shaxs  (romanda  Rahim 



Ikkinchi)  bo‘ysundirish  va  zulm  o‘tkazish  siyosatini  olib  boradi,  degan  fikrni 

ilgari suradi. Bu jihatdan u Fitratning serqatlam ramziylik va teran falsafiylikka 

yo‘g‘rilgan  «Abulfayzxon»  fojiasini  eslatadi.  Aka-ukalari,    amir-amaldorlari, 

hatto  o‘z  onasiga  ham  shubha-gumonlar  bilan  qarashi,  aksariyatini  qatl  ettirib, 

bir qismini qamoqda saqlashi, yurtni xarob qilishi, saroyda yolg‘izlanib qolishi, 



 

 

47 



xuddi  Abulfayzxon  va  Ulfat  kabi,  Mulla  G‘ulom  maslahatlari  bilangina  ish 

tutishi,    ma’naviy  qashshoqligi  kabi  juda  ko‘p  parallelliklar  ko‘zga  tashlanadi. 

Qalbida  bir  olam  kek  va  adovat  borligi  Rahim  Ikkinchini  ham  tubsiz  girdob 

qa’riga  tortadi.  Unga  nisbatan  adovat  kuchayadigina  emas,  saltanati  ham  ich-

ichidan chirib, halokat yoqasiga borib qoladi. 

Agar Abulfayzxon tanazzulini sotqinlik, razolat, tuhmat, chaqimchilik va 

o‘zaro nizolar ta’minlagan bo‘lsa, Rahim Ikkinchi fojiasini qo‘rquv dahshatidan 

tug‘ilgan  tilyog‘lamalik,  oshirib-toshirib  maqtab,    haqiqatdan  ko‘z  yumish 

keltirib  chiqaradi.  Fitrat  real  tarixiy  voqealarga  asoslansa,  O.Muxtor  shartli 

ramziylik  asosida  ish  ko‘radi.  Har  ikkala  muallif  ham  istibdodni  tanqid  qiladi, 

amir-amaldorlarni  fosh  etadi.  Agar  Fitrat  Afrosiyobdan  Rahimxongacha, 

Siyovushdan  Abdumo‘minxongacha  bo‘lgan  ulkan  bir  davrdagi  millat  fojiasini 

nazarda  tutib,  drama  fojiaviy  pafosi  mohiyatida  XX  asrning  20-yillaridagi 

Turkiston hayotiga ishora qilsa, O.Muxtor katta tarixni  ko‘zda tutib idrok etadi. 

Rahimbek va Rahim Ikkinchi haqida gapira turib, tarix fojialarini lirik chekinish 

orqali  ifoda  etadi.  Kinoyaviy  ishorani  so‘z  va  ish  birligi  buzilgan,  maqtov  va 

dabdababozlik  avj  olgan  davrga  qaratadi.  Mualliflar  uzoq  tarixdagi  boshqaruv 

usuliga  nisbatan  munosabat  bildirishar  ekan,  insoniyat  dunyosini  ogohlikka 

da’vat etish konsepsiyasida sobit turadilar. 

Fitrat  «dunyomizni  murdor»  (iflos,    A.N.)  qilgan  kishilar  fikrini  «yarim 




Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish