«Alpomishday yigit», «qilichday chol»lar ahvol-ruhiyasi, turmush tarziga
vobasta ekanligini ilg‘ab oladi. U o‘z hayoli va shuurida shu g‘arib shahru
qishloqlar bilan hashamatli qasr va saroylarni, ularda yashayotgan ikki tip
odamlarni
chog‘ishtiradi.
Dunyoda haqiqat,
adolat,
diyonat,
tenglik
tushunchalarining bu qadar oyoq osti qilingani xususida o‘ylaydi, fikrlaydi.
Uzoq va yaqin tariximizni, xalq taqdirini, bechora el g‘amini yurak-yurakdan his
qiladi.
Agar o‘z vaqtida Gulxaniy ham ijtimoiy hayot mohiyatiga diqqat qaratib
qishloq va ovullarning nomlarini ramziy atamalar bilan nomlaganligini eslasak,
mazkur romanda nafaqat xalq og‘zaki ijodi, balki mumtoz adabiyot janrlariga
xos juda ko‘plab xususiyatlarni kuzatish mumkin ekanligiga ishonch hosil
qilamiz.
O.Muxtor folklor asarlariga xos xalqona ruhni ifoda etishda Nasriddin
afandi obrazi tabiatiga xos mardlik, mag‘rurlik, ezgu amallarga moyillik, haq
so‘zning qudratiga ishonch, jur’atlilikdan unumli foydalanadi. Bu esa makon va
zamon chegaralarini ming yilliklarga qadar kengaytirish, ijtimoiy hayot
mohiyatiga yanada teranroq nazar tashlash, fikr zalvorini oshirish imkonini
beradi. Muhimi, adib Nasriddinni jonli bir inson sifatida romanga olib kirib,
sinov manzillari orqali o‘tkazadi. U aldaydi, aldanadi, ishonadi va ishonchlari
real hayot bilan to‘qnashib, tafakkuri ulg‘ayadi.
Binobarin, realistik romanda qo‘llanilayotgan afsona-ertaklarga xos ruh va
obrazlar, syujet tuzilishidagi mushtaraklik kabi jihatlar ijtimoiy illatlarni fosh
etish uchun kesatiq va istehzo bayoniga yo‘l ochuvchi uslubiy vosita vazifasini
45
bajaradi. Bu vazifani uddalashda O.Muxtor shartli ramziylikka asoslanuvchi
uslubdan unumli foydalana olgan.
Muhimi shundaki, fantastik makon va zamon zamonaviylikdan yiroq emas.
Kitobxon adabiy asar qahramonlarining qay birlariga xayrixoh bo‘lish
barobarida, qay birlariga nisbatan nafrat ham bildira oladi. «Ming bir qiyofa»
romanining o‘ziga xos olami bor. Unda O.Muxtor dunyoqarashiga xos
hayotsevarlik o‘z ifodasini topgan. Nosir uslubiy qarashida insonga ishonch
kuchli. Roman nechog‘liq g‘amgin va o‘ychan ohang asosiga qurilib,
qahramonlar mushkul kechinma va fojialarni boshidan kechirmasinlar, asarning
yakuni yorug‘ kunlar umidi talqini bilan xotima topadi.
O.Muxtorning o‘zi bu holatni fe’l-atvoridagi, tabiatidagi, qolaversa
kayfiyatidagi «ezgin odam emas»ligi; sharqona muhitda o‘sib-ulg‘aygani,
tarbiya topgani, qahramonlarining esa «Baland Odamlar», «Katta va Butun»
shaxslar ekanligi bilan izohlaydi:
«Men BUTUN ODAM bo‘lgan joyda tushkunlik bo‘lmaydi, deb
o‘ylayman. Insonning ko‘rgan-kechirgan fojialarini qo‘rqmay ko‘rsataverish
mumkin. Qahramon butun bo‘lsa, asarning qora tomonlari unutiladi, eng
muhimi, o‘quvchi ergashishi, ibrat olishi kerak».
42
Demak, muallifning o‘zi
zamonlar osha ezilgan, xo‘rlangan va irodasi bukilmagan xalqqa qalbining tub-
tubida yaqinlik, qarindoshlik, birodarlik tuyg‘ularini sezadi. Asarni tushunishda
o‘quvchini qiynab qo‘ymaslik maqsadida publitsistik uslub unsurlarini ham
romanga kiritadi:
«Azaldan sening qismating shumidi, xalq ?! Kimlar boshman, deb sening
Do'stlaringiz bilan baham: |