Ashirbaeva n omon muxtor romanlarida shakliy-uslubiy izlanishlar



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/48
Sana11.09.2021
Hajmi0,5 Mb.
#171410
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48
Bog'liq
omon muxtor romanlarida shakliy-uslubiy izlanishlar

CHeksiz Osmon ni  ko‘rgandek bo‘ldim. 

CHeksiz Ummon  yoqasiga borib qoldim. 

Bu “yuk” bilan dunyoda endi qanday yashayman” (68). 

Abulxayr  ko‘rgandek  bo‘lgan  Osmon  va  Ummon  cheksizligini  umuman 

tasvirlash  mumkinmi?    “Lekin”  va  “uch  nuqta”  nimani  bildiradi?  Romanga 

Sulton  Husaynning  Alisher  qabrini  ziyorat  qilishi    haqidagi  rivoyat  nega  ilova 

qilingan? 

Bizningcha, rivoyat adabiyotdagi g‘oyatda noziklikni his etish kerakligini 

alohida  ta’kidlash  uchun  keltirilgan.  Husayn  xotiralaridagi  bolalikka  talpinib, 

Dehlaviy  nazokatini,  Lutfiy  hayratini,  Navoiy  xushholligining  boisini  e’tirof 

etadi.  CHunki  u  kayfiyat  kishisi  edi.  Ruhiy  holatlarni  ilg‘ay  olardi.  Muallif 

Abulxayrni  “kuchga  to‘lib,  yashargan”  holatda  ko‘rmoqni  istaydi.  Zero,  buyuk 

ajdodlar ruhi madadkor kuchga ega deb biladi. 

 Alisher Navoiydek  SHAXS  siymosini yaratish  Omon Muxtorning ruhiy 

ehtiyojiga aylangan. U ongu tasavvuri, idrok qatlaridagi hayratdan tug‘ilgan o‘ta 

nozik, yorqin mayllarni o‘z tabiati, iste’dod yo‘nalishiga  mos, bisotini to‘laroq 




 

 

59 



namoyon  etadigan  janr  –  shaklda  tasvirga  aylantirishga  uringan.  Navoiy 

shaxsiyati  rasmiy  andazalardan  chetga  chiqqani,  to‘rt  ilmiy  mijoz  doirasiga 

sig‘magani  uchun  nosirning  qalb  tubidagi  tuyg‘ular  ham  rasmiy  munosabat  – 

qarashlardan  farqlanadi.  O‘ziga  xos  ifoda,  ohang,  tuyg‘u  va  ranglar  tovlanishi, 

muallif  -  hikoyachi  siymosining  epik  bayon  tarzi,  xarakterlar  yorqinligi  bilan 

ajralib  turadi.  Muallif  Ollohning  irodasi  –  taqdir  hukmiga  rizo  bo‘lgan 

g‘ussalarni  sabr  bilan  engib,  olg‘a  intilgan  taqdir  kishisiga  xos  daholik  va 

fojiaviylikni  uning  qalbiga  nigoh  tashlab,  “bekaslig‘da  zor”  o‘tgan  umr  bayoni 

va  ko‘ngil  manzaralarini  ,  his-tuyg‘u  rasmini  topishga  uringan.  His-tuyg‘ular 

olamidan  tasavvurlar  tomon  borar  ekan,  SHarq  hayoti,  madaniyati  va  odob-

andisha doirasida fikrlagan, oddiy holatlardan ham teran hayotiy ma’no topgan. 

Tafakkurida  yashab  kelayotgan  ruhiy  voqelikni  so‘zlab  berishga  uringan.  Uni 

shuurdagina  tuyish,  sezish,  anglash  mumkin.  Buning  uchun  esa  savqi  tabiiyga 

suyanmoq talab etiladi. CHunki Omon Muxtor talqini yangicha tafakkur, shakliy 

islohot,  tadqiqot  va  tahlil  orqali  kenchadi.  Inson  hayoti  va  kechmish  romanda 

ong va ruhiyatda aks etadi. 

Omon Muxtor alohida olingan insonning davri, o‘zi va atrofini qurshagan 

kishilarga  munosabat  bildirishni  uning  falsafasini  teran  anglashga  intilishdan 

boshlashi bejiz emas. “Ahli zuhd ichra maqsadg‘a yo‘l” topmagan Navoiy ishq 

ahlidan  edi.  Navoiy  tanlagan  ustozlar,  topgan  do‘stlar,  tayangan  piri  komillar, 

valiylar  falsafasidan  ajratib,  undagi  qat’iyat  va  keskinlikni,  hayotsevarlik  va 

insoniy erkni, asarlaridagi ramziy-kinoyaviy mazmunni tushunish, sir-sinoatning 

tagiga etish mumkin emas.  

Zohiran  asar  markazida  Alisher  Navoiy  turgandek  tuyuladi.  Uning 

Mashhad, Iroq, Sabzavor, Hijoz, Tus, SHeroz, Samarqanddagi hayotiga bir qur 

nazar  tashlanadi.  Amir  Ahmad  Hoji  (Vafoiy)  kabi  hokimlar,  Hoji  Fazlulloh 

Abullaysiy singari xonaqoh sohiblari, ota-onasi, ukasi Darvesh Ali, jiyani Amir 

Haydar,  yaqinlari  Sayyid:  Hasan  Ardasher,  Pahlavon  Muhammad,  Amir 

SHayxim Suhayliy, Amiri Maxdum Barlos, Xoja Afzal kabi mehribon, g‘amxo‘r 

insonlar,  ustozlar,  tengdoshlar,  maslakdoshlar  haqidagi  mulohazalar  ham 




 

 

60 



romanda  aks  etganligini  inobatga  olsak,  asarda  chindan  ham  ishq  ahli 

tasvirlanganligining  guvohi  bo‘lamiz.  Umuman  esa,  romanda  yaralish  va 

yashashning mantig‘i to‘g‘risida so‘z boradi. 

 Muallif  Navoiyning  xalq  va  mamlakat  hayotidagi  o‘rnini  tayin  etish 

uchun  Ismoil  Somoniy,  Amir  Temur  davrlaridagi  kuchli  markazlashgan 

mamlakatdagi yuksalish, taraqqiyot, obodonchilik, ilm-fan, san’at va madaniyat 

gullab  yashnaganiyu  xalq  osoyishtaligini  keyingi  shahzodalar  davri  bilan 

qiyoslaydi.  Alisher  qismatini  Husayn  taqdiridan  ajratib  qaramaydi.  Uni  Sulton 

Husaynning doimiy ishonchli maslahatchisi, mamlakat osoyishtaligining garovi 

deb biladi. Inqiroz jarayonidagi o‘ttiz yildan ortiqroq davr osoyishtaligi nafaqat 

Sulton  Husayn  iqtidori,  balki  uni  xayrli  amallarga  undagan  Navoiy  salohiyati 

bilan chambarchas bog‘lab talqin qilinadi. O‘rni bilan keltirilgan YUliy Sezar va 

Mark  Brut,  Seneka  va  Neron  o‘rtasidagi  do‘stligu  shogirdlik  bilan  bog‘liq 

qiyoslar  ikki  inson  o‘rtasidagi  sharqona  mehr-oqibat,  olijanoblik,  sadoqat 

tuyg‘ularini  ulug‘lashga,  mamlakatdagi  fayzli  holatning  o‘sha  go‘zal  do‘stlik 

mevasi ekanligini ko‘rsatishga imkon beradi.  

Omon  Muxtor  davr  sharoiti,  qismat  o‘yinlari,  toju  taxt  talashlari, 

kutilmagan xastaliklar,  bir-birini ko‘rolmaslik, dunyoqarashlarning turfa xilligi, 

intim  mayllardagi  farqlanish  kabi  o‘nlab  jihatlarni  inobatga  olib,  xolis  hukm-

xulosalar  chiqarishga  intilar  ekan,  unga  temuriyzodalarning  har  biri  o‘zicha 

baxtsiz, hayoti foje tuyuladi. Nosir YAzdiy hayotini izohlash, Navoiy va Husayn 

Boyqaro  munosabatlarini  tushunish,  Mirzo  Ulug‘bek  va  shahzoda  Abdullatif 

munosabatlariga oydinlik kiritish, hatto Kamoliddin Ali va Alisher bilan bog‘liq 

o‘zaro  tegishishlarni  izohlashda  ham  xolis  yo‘l  tutadi.  Na  dushmanlik,  na 

g‘ayirlik, na-da rashk, balki oddiy insoniy munosabatlarni kuzatishga muvaffaq 

bo‘ladi. 

Romanda  muallif  tasavvuridagi  fikr  tasdig‘i  uchun  keltirilgan  Navoiy 

g‘azallari  shoir  devonlarida  berilgan  tartibga  ko‘ra  emas,  ohangi  va  ifodalagan 

holatiga ko‘ra farqlanadi. Omon Muxtor e’tibor bergan ayrim holatlar: 

Ishq va Zuhd ahli orasida parishonlanib, ikkilanib turishlik; 




 

 

61 




Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish