odami” tabiatiga xos beg‘ubor soddalik, samimiyat, iqtidorida kuzatiluvchi
badihago‘ylik, “kosa tagida nimkosa” qo‘yib so‘zlash salohiyati singari muhim
qirralarga diqqat qaratadi. O.Muxtor nafaqat G‘.G‘ulom, balki Oybekni ham o‘z
davridan ajratib tahlilga tortmaydi. SHunga qaramasdan, Oybek inson va ijodkor
sifatida tengqurlaridan ancha yuksak turishini e’tirof etadi. O.Muxtor tarixiy
haqiqatga sadoqat tamoyiliga sodiq qolarkan, G‘.G‘ulomga nisbatan Oybek o‘z
imkoniyatlarini to‘la namoyon eta olgan edi, degan xulosaga keladi.
A.Qahhorni esa, “o‘lik so‘z va ezmalik”ni xushlamaydigan, “tilga oro” bergan,
shaxs sifatida esa: “qahri bor” adib va inson sifatida eslaydi. A.Qahhor ijodiy
prinsiplariga to‘xtalar ekan: “Uning yuragida hayotiy qusur-illatlarga qarshi
nafrat tug‘ilib, bu nafrat kuydiruvchi qahr o‘tiga aylandi”, deb yozadi.
Ko‘rinadiki, O.Muxtorni badiiy nasrga etaklagan omillar sirasiga
G‘.G‘ulom, Oybek va A.Qahhorga o‘xshagan katta avlod faylasuf ijodkorlariga
bo‘lgan ayricha mehr, ular ijodining muhibi bo‘lishni ham kiritish lozim. Bu
o‘rinda ham O.Muxtor kamtirin va xokisor shogird maqomida turar ekan:
“Oybek bir tog‘ bo‘lsa, biz shu tog‘ etagidagi bir tosh”, deyishdan zarracha
iymanmaydi. Binobarin, adib nasrini G‘.G‘ulomu Oybek, A.Qahhor uslubiy
mahoratlari ijodiy o‘zlashtirilishi fonida ham kuzatish mumkin.
O.Muxtor olisdan ko‘ringan manzaralardan INSON va IJODKOR degan
ikkita sifatni ajratib olib, shunga ko‘ra tasvir palitrasini kengaytiradi. Uning bir
qarashda jo‘n, ammo tarix sinovlaridan o‘tgan falsafasiga ko‘ra: “Dunyo
karvonsaroy, biz barchasmiz sayyohlarmiz.” Anglashiladiki, olis va yaqin
tariximizni baholash asnosida O.Muxtor pozitsiyasi har bir insonni o‘z qismatiga
53
ko‘ra idrok etishga asoslanadi. Bu hol adib romanlarida kuzatiluvchi: Amir
Temur, Husayn Boyqaro, Lutfiy, Navoiy, Mashrab, Nodira, Fayzulla Xo‘ja,
Bayron, Mirza G‘olib, SHermuhammadbek va ularni qurshagan o‘nlab boshqa
tarixiy shaxslar obrazini qismat etovidagi bandalar sifatida anglash konseptual
jihatdan o‘zini to‘la oqlashini ko‘rsatadi.
Adib yaratgan asarlar orasida “Ishq ahli” va “Buyuk farrosh”
romanlaridan tarkib topgan “Navoiy va rassom Abulhayr” dilogiyasi (2006)
alohida ajralib turadi. Bu dilogiya ilgari Navoiy haqida yaratilgan asarlarni
takrorlamaydi. YOzuvchi ularga taqlid qilmaslikka intiladi va ulug‘ mutafakkir
ijodidan mantiqli umumlashmalar, favqulodda go‘zal ma’nolar topadi. O‘rni
bilan Payg‘ambarlar va sahobalar tarixi, shuningdek “CHor darvesh” tipidagi
asarlar, YAssaviy hikmatlariga ham murojaat qiladi. Navoiy asarlarida ifoda
etilgan ruh, qorishiq tuyg‘ular silsilasidan uning shaxsiyatini keltirib
chiqarishga, “men”ligini kashf etishga urinadi. SHu ulug‘vor ruh ma’rifatidan
bahramandlik tuyadi.
Oybekning “Navoiy” dostonida ijod psixologiyasini ko‘rsatish, shoirning
o‘y-fikrlariyu xayollariga diqqat qaratish; “Guli va Navoiy”da xalq afsonalariga
tayanish; Uyg‘un va Izzat Sultonning “Alisher Navoiy” dramasida Navoiy
obraziga ko‘chgan aksariyat sifatlarning shoir asarlaridan olinganligiyu xalq
og‘zaki ijodiga tayanilganligi qahramon va mualliflar qarashlari birligini yuzaga
keltirgani singari roman-dilogiyaga mushtarak talaygina jihatlarni kuzatish
mumkinki, bunday hol Omon Muxtorning Oybek, L.Bat, Uyg‘un, Izzat Sulton
T.Fayziy, X.Vamberilar qalamiga mansub dostonu drama, tarixiy qaydlar
tajribasidan ijodiy bahramand bo‘lganligini ko‘rsatadi. Asarni yozish asnosida
Navoiyni yaqindan bilgan muarrixlar Mirxond va Xondamir bitiklari, xalq
afsona, rivoyat va ertaklari mazmunidan ham barakali foydalanilgan.
Romandagi nosir mulohaza-mushohodalari teran mazmundorlikka ega. Asarda
voqealar tasviri va psixologik tahlil mutanosibligi ta’minlangan, talqin
jarayonida badiiylik va ilmiylik uyg‘unlashgan.
YOzuvchining roman yaratishdan ko‘zlagan maqsadi Navoiy ijod
54
psixologiyasini ochib berishdan iborat edi. Alisher Navoiydek daho
shaxsiyatining badiiy talqini og‘zaki va yozma adabiyotda ulkan qatlamni
tashkil etadi. Adabiyotshunosligimizda real tarixiy shaxs xarakterining badiiy
talqiniga yondoshish qonuniyatlari tahlili hanuzgacha munozarali bo‘lib
kelmoqda. Navoiyning badiiy siymosini yaratish masalasi qamrovining kengligi
boisidan bo‘lsa kerak, Omon Muxtor qalamiga mansub “Ishq ahli”
44
romani
turlicha munosabatlarga sabab bo‘ldi. Masalan, S.Sodiqovning “Romanmi yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |