psixologiyasini kashf etishdagi poetik ikonsepsiyasini aniqlashda o‘ziga xos
kalit vazifasini o‘tovchi tadqiqot, badiiy-estetik kuzatuvlar yig‘indisi vazifasini
bosqichida yozuvchi va shoirlarimizning ayni tipdagi, inja kuzatuvlarga boy
asarlari ancha kamayib ketmoqda. SHuni unutmasligimiz kerakki, qalam ahli
samimiy e’tiroflari ular ijod labaratoriyasiga kirib borishning eng optimal
yo‘llaridan biridir. Qolaversa, bunday asarlar ijod lazzatidan tuyilgan oniy
lahzalar tarovatiga xos go‘zallikni kitobxonga yuqtirishi jihatidan ham qadrlidir.
(N.Rahimjonov), “Yo‘l odami” (Q.Yo‘ldoshev), “Uzun yo‘lakdagi ikki kishi”
(O.Muxtor), “Haqiqat og‘riqlar zaminida tug‘ilar” (A.Dilmurod) singari qalam
51
ahli ijod labaratoriyasiga olib kiruvchi bitiklar bizda nisbatan kam. Ustoz so‘z
san’atkorlari mahorat maktabi va e’tiroflariga bo‘lgan ehtiyoj esa g‘oyat
beqiyosdir.
“Uzun yo‘lakdagi ikki kishi” kitobiga kirgan bitiklarning aksariyat qismi
respublikamizning “Xalq so‘zi”, “Turkiston”, “Tong yulduzi”, “O‘zbekiston
adabiyoti va san’ati”, “YOzuvchi” singari gazetalari;
“Oila va jamiyat”
haftaligi, “SHarq yulduzi”, “Tafakkur” singari nufuzli jurnallarida ilk
o‘quvchisi bilan yuzlashgan. Biroq, adib hayotiy kuzatuv, o‘y-suhbat, xotira va
adabiy manzara-tasvirlarining bir jild ostilda jamlanishi, yaxlit holda e’lon
qilinishi adabiy hayotimizda muhim voqea bo‘ldi. Zotan, muallif butun bir davr
adabiyoti: S.Jo‘ra, G‘.G‘ulom, Oybek, A.Qahhor, M.Osim, SHayxzoda,
S.Akbariy, Zulfiya, SHuhrat, H.G‘ulom, A.Muxtor, O.YOqubov, S.Ahmad,
S.Zunnunova, O‘.Umarbekov, M.Jalil, N.Aminov, SH.Xolmirzaev, E.Samandar,
E.A’zam, S.Barnoev, M.Boboev, H.Sa’dulla, T.Murod, T.Malik singari ijodkor
ziyoli insonlar qiyofasi bilan bog‘liq, g‘aroyib-antiqa voqealarni nozik chizgilar
orqali aks ettiradi.
“Uzun yo‘lakdagi ikki kishi” kitobida F.Xo‘jaev, Y.Oxunboboev singari
davlat arboblari qismati aks etgan. M.Qo‘shjonov, Q.Yo‘ldoshev kabi
adabiyotshunos olimlar, B.Zokirov, B.Ixtiyorovga o‘xshagan san’at ahllari
qiyofasiga xos go‘zal kuzatishlar o‘rin olgan. A.Otaboy, A.Yo‘ldosh,
Y.Solijonov, K.Mingboev, YU.Muxtorova kabi olimu adiblar bilan suhbatlar,
shuningdek hayot va ijod haqidagi hikoyatu xotiralar ham uning o‘qishli
bo‘lishida o‘ziga xos o‘rin tutadi.
Kitobning nomi S.Ahmad va S.Zunnunova bilan ko‘p yillar oldin bo‘lib
o‘tgan voqeani aks ettiruvchi mo‘‘jazgina xotiradan olingan.Unda inson ruhiyati
va holi teran his etiladi, qalbida tug‘yon urgan go‘zalligu nafosat tuyiladi. Bir
so‘z bilan aytganda, shogird va ukalik maqomida turib, yozuvchi- shoir ijodi
bilan bir qatorda uning odamiy xislatlari, insoniy qiyofasi ham ulug‘lanadi.
Qisqa va azob-uqubatli yo‘lni mardona bosib o‘tgan S.Zunnunova shaxsiyatiga
ehtirom va e’tibor, bizda ayni shunday munosabat uyg‘ota olish barobarida,
52
O.Muxtor ijod labaratoriyasiga chuqurroq kirib borish imkonini ham beradi.
CHunki, adib o‘z ko‘ngli ichkin tuyg‘u-kechinmalarini ochishda g‘oyatda
samimiy, munosabat bildirishda esa o‘ta xolis, beg‘araz pozitsiyada turadi.
Nazarimizda, ayni shu hol uning badiiy nasri – hikoya, qissa va romanlariga
munosabat bildirishda muhim kalit vazifasini o‘tay oladi.
O.Muxtor akademik shoir, faylasuf va mutafakkir inson G‘.G‘ulom
turmush tarzi qizg‘in hayot quchog‘ida kechganini qayd etadi. Bu “kayfiyat
Do'stlaringiz bilan baham: