Xo‘jalik sovun asosiga ishlov berishning texnologik sxemasi (57-rasm).
Davriy (bevosita yoki bilvosita) yoki uzluksiz usul bilan tayyorlangan xo‘jalik sovuni
asosi ta’minlovchi (1) idishdan (2) filtr orqali va 0,3MPa bosim ostida (3)
me’yorlovchi nasos yordamida issiqlik almashuv (4) kolonkasi ga uzatiladi. Bu yerda
80-90
0
C dan 120-140
0
C gacha isitiladi. So‘ngra issiq sovun vakuum-quritish
(5)kamerasiga beriladi. Bu yerda sovun vakuum-quritish kamerasini valiga
mahkamlangan ikkita purkagich orqali sochiladi. Bunda sovun tezlik bilan biroz
namligini yo‘qotib soviydi va qisman quriydi. Kamerani devorlariga yupqa qatlam
bo‘lib yopishib qolgan sovun valga o‘rnatilgan pichoqlar yordamida qirib olinadi.
Qirindi holidagi sovun (6) ikki yengli bunkerda ikki vakuum (7) shnek-press orasida
taqsimlanadi. Shnek-pressda sovun plastifikatsiyalanadi, zich massa hosil qilib
presslanadi va mashinadan sovun to‘rt qirrali brus shaklida (8) belgilash-kesish
avtomatdan o‘tadi. U yerda sovun yuzasiga aylanuvchi valiklar yordamida zarur
belgi-shtamp qo‘yiladi. So‘ngra bo‘laklarga kesiladi. Tayyor sovun (9) avtomat
taxlagichga borib tushadi, yog‘och yashiklarga taxlanadi va (10) transporter
yordamida omborga yuboriladi.
Vakuum-kameradan chiqayotgan suv bug‘i (11) siklon-separator da sovunli
changning asosiy qismidan ajratiladi. U (12) shnek-press yordamida chiqarilib
yuboriladi. So‘ngra suv bug‘i (13) ikkinchi siklonda sovunli changning qoldiqlaridan
169
tozalanib, (14) bug‘ejektor orqali (15) barometrik kondensator ga yuboradi. U yerga
(16) sig‘im bakdan beriladi.
Barometrik (15) kondensatordan chiqayotgan suv quvur orqali barometrik
quduqqa tushadi, u yerdan tozalash sistemasiga yuboriladi.
Kondensatsiyalanmagan bug‘ va gazlar (17) tomchi-ajratgich va (18) tutgich
orqali (19) vakuum-nasos bilan so‘rib olinadi. Vakuum-nasos sovituvchi suvining
harorati 20
0
S gacha bo‘lganda, qurilmada 2-4 kPa (15-20mm sim.ust.) qoldiq bosimni
ta’minlaydi. Bu tarkibida 7-8% gacha yog‘ kislotasi bo‘lgan sovun ishlab chiqarishga
yetarli bo‘ladi. Vakuum quritish kamerasini unumdorligi xo‘jalik sovuni uchun
soatiga 2t ga teng.
57 – rasm. Xo‘jalik sovuni asosiga ishlov berishni texnologik sxemasi
170
Takrorlash uchun savollar
1. Sovunni qayta ishlashni moxiyati.
2. Sovunni sovitish va quritish jarayoni.
3. Xo‘jalik sovuniga ishlov berish texnologiyasi.
4. Xo‘jalik va atir sovunining sifat ko‘rsatkichlari.
5. Xo‘jalik sovuniga ishlov berish texnologik parametrlari.
6. Xo‘jalik sovuniga ishlov berish texnologik sxemasi
Tayanch
so‘z va iboralar
1. Sovutish
2. Quritish
3. Vakuum-kamera
4. Sovunni qadoqlash
171
Do'stlaringiz bilan baham: |