Fayllarni uzatish protokoli (FTP)
Nafaqat matn axborotlari, balki butun dasturlar va shuningdek, alohida fayllar bilan turli xil
kompьyuter tizimlari o’rtasidagi almashuv Internet xizmatlarining yana juda qiziqarli
imkoniyatlaridan biridir.
Oddiygina qilib aytganda, turli mazmunli umumiy hajmi 6000 G baytdan ortiq fayllar
foydalanuvchilarning ochiq muloqotiga (kirishi) taqdim etilgan. Internet da uchraydigan turli xil
atraktsion tizimlar o’rtasidagi almashuvni uzluksiz ta’minlash uchun, yana bir protokol talab
etiladiki, u qo’llaniladigan jihozdan qat’iy nazar ishlay olsin: FTP (Fayl Transfer Protokol) –
fayllarni uzatish protokoli. Bu protokolni ishlatuvchi dastur yordamida, Siz Internet da ko’pchilik
FTP serverlarining bittasi bilan, ya’ni ochiq kirish uchun mo’ljallangan fayllari bo’lgan
kompьyuter bilan aloqa o’rnatish mumkin. FTP, server va mijoz dastur bo’lishini talab qiladi. Mijoz
– dastur Sizning kompьyuteringizda ishga tushadi. Bu dastur yordamida FTP – serverida Siz
fayllarni ko’rib chiqasiz va o’z kompьyuteringizga nusxalaysiz.
FTP- server bu Internet da, Sizga kerakli, foydali bo’lgan kompьyuter. U FTP mijoz
dasturlaridan oladigan so’rovlarga ishlov beradi. Ommani qiziqtirgan fayllari bo’lgan FTP
bo’limlari har qanday kishiga ularni serveriga ulash imkoniyatini beradi. Bu FTP – serverlar
anonim FTP – serverlar deyiladi. Dunyoda har bir kishi serverga anonim ravishda ulanishi mumkin.
Anonim serverga ulanayotib, Siz foydalanuvchilarning nomi sifatida anonymous (anonim)ni, parol
sifatida esa, sizning e-mail manzilingizni ko’rsatasiz. Ammo ayrim serverlar anonim ulanishga yo’l
qo’ymaydi.
FTP – serverlar amalda Sizning kompьyuteringizga o’xshab tashkil etilgan. FTP – serverlarda
ham fayllar papkalari (yoki kataloglar) kompьyuterdagi kabi bo’ladi. Ko’pchilik FTP- serverlar
UNIX tizimli kompьyuterlarda bo’ladi, ularning fayllar tizimi Siz o’rganganga o’xshash. Papkani
qanday ochishni yoki uning ichiga qanday kirishni bilganingizdek, FTP bo’limlari bo’yicha o’tishni
ham bilasiz. FTP – serverda kataloglar va fayllarni ko’rib chiqish uchun kerak bo’ladigan dastur
ham Explorer ga (Provodnik) o’xshash. WS – FTP da kataloglarni ochish va fayllarni
sichqonchacha bilan surib ko’rish Explorer da bajarishga o’xshash. Yagona farqi tashqi ko’rinishida
hamda, bir nima qilishingizdan oldin FTP serveriga ulanishingiz kerakligidir.
WS FTP dasturi, FTP server uchun Windows 95 da Explorer bajaradigan funktsiyalarni
(ishlar) bajaradi. U FTP – serverdagi kataloglarni ko’rib chiqish va fayllarni kompьyuteringizga
nusxalab olish imkoniyatini beradi. WS FTP Internet da etakchi mijoz – dasturdir. Uni ko’pchilik
manbalardan olish mumkin, lekin Internet Explorer ni (Provodnik Internet) o’rgatib, uni mutlaqo
aniq topamiz.
FTP bo’limidan fayllarni nusxalash uch qismdan tuzilgan: FTP – serverga ulanish; fayl
tanlash va nusxalash. Nusxalash uchun kerakli faylni topganingizdan so’ng, faylni
kompьyuteringizda joylashtirish uchun papka tanlang.
FTP – server faylida sichqonchachaning tugmasini ikki marta bosing va WS - FTP oynasi
ikki qismga bo’lingan. CHap qismida kompьyuteringizdagi ma’lumotlarni va turli xil vazifalarni
bajaradigan tugmalar ustunini ko’rasiz.
O’ng tarafda FTP – server ma’lumotlarini va FTP serverda turli xil jarayonlarni bajaruvchi
tugmalar ustunini ko’rasiz. Oynaning ikkala qismi bir xil ishlaydi. Bundan tashqari, WS – FTP dan
fayllarni FTP serverdan olishning ko’p xil usullari mavjud, jumladan ommabop bo’lgan elektron
pochta va Web brauzer.
Do'stlaringiz bilan baham: |