- Slepaya (ko’r) – manzillar manzili.
Elektron pochtaning “Soobщeniy” muharriri xohlagan matn muharririga tegishli bo’lgan
matnni taxrirlash va kiritish bo’yicha deyarli barcha imkoniyatlarga ega. Matn fragmentini
sichqoncha bilan belgilash, ularni buferga joylashtirish yoki belgilanganni qirqib tashlashingiz
mumkin.
Endi asboblar panelidan “Otpravitь” tugmasini bosing. U rasmda ko’rsatilgandek jo’natilgan
konvert ko’rinishiga ega.
Keyin jo’natilgan xabarni nazoratlash oynasi paydo bo’ladi. Bu oynada elektron pochta
ishlarining asosiy bosqichlarini kuzatish mumkin: manzilingizni o’rnatish, parolni nazoratlash,
manzilning aniq manzilini o’rnatish va x.k.
Agar hamma ish (yaxshi) bo’lsa, “zadachi” hoshiyasida pochtaning me’yoriy ishi haqidagi
xabarni ko’rasiz. Agar xabarni jo’natish jarayonida qiyinchiliklarga uchragan bo’lsangiz, u holda
xavotirli xabar ham paydo bo’lishi mumkin. Agar hamma ish o’z o’rnida bo’lsa, Outlook Express
“Vxodahie” ochiq papkasi me’yoriy holatga qaytadi. Unda Siz o’z xabaringizni topishingiz
mumkin.
“Vxodyaщie” papkasida xabarning mavjudligi Sizga xabar kelganlik belgisidir. “Vxodyaщie”
dan so’ng “1” raqami ko’rinsa, Siz chap paneldagi xabarni hali o’qimagan bo’lasiz. Bu papkada
bitta o’qilmagan xabar borligini ko’rsatadi. Jo’natilishi kerak bo’lgan xabarlarning
jo’natilmaganligi “Isxodyaщie” papkasida huddi shunday tasvirlanadi.
“Udalitь” tugmasini bosish bilan joriy xabarni yo’qotish mumkin. Uni “Udalitь” papkasiga
joylashtiriladi va undan boshqa papkalarga o’tkazish mumkin (22-rasm).
“CHernoviki” yana bir papka jo’natilgan xabarlarni emas, balki Siz tayyorlagan xabarlarni
saqlaydi “Otpravlennыe” papkasi esa jo’natilgan xabarlarni saqlaydi. Siz manzilga xatni otkritka
bilan jo’natsangiz, ya’ni xatga otkritkani skrepka bilan biriktirib konvertga solgandek, habar bilan
unga kiritilgan (O’rnatilgan) faylni jo’natish elektron pochtaning yangi avlod dasturlarining asosiy
imkoniyatlaridandir.
Siz xabar bilan qandaydir faylni jo’natmoqchi bo’lsangiz, asboblar panelidagi xabarni
tayyorlovchi oynadagi skrepka tasvirli tugmani bosing. Bu fayllarni qidirish oynasini paydo
bo’lishini taьminlaydi. Kerakli faylni yuklashda fayllarni yukalash oynasida “Vlojitь” tugmasini
bosing. Bu jarayonni bajarishingiz bilan xabar muharririning quyi qismida yangi oyna ochiladi va
unga kiritilgan faylning nomi va o’lchami ko’rsatilgan piktogramma ko’rinadi.
Xabarni jo’natishga tayyorlanish shunda tugallanadi. Agar Siz bir nechta fayllarni kiritmoqchi
bo’lsangiz, skrepka tugmasini bosish bilan bu jarayonlarni takrorlang. So’ngra “Otpravitь”
tugmasini bosing va Sizning fayl kiritilgan xabarlaringiz “Isxodyaщie” papkasiga joylashtiriladi,
dastur esa, asosiy oynaga o’tadi. Xabarni jo’natish uchun “Dostavitь pochtu” tugmasini bosing.
Do'stlaringiz bilan baham: |