jahonning rivojlangan mamlakatlari va xalkaro tashkilotlari bilan hamkorligini yangi boskichga
ko’tarishning «yo’l xaritasi» belgilab olindi. «Harakatlar strategiyasi» O’zbekiston tashki siyosiy
faoliyatida yangi omillar, resurslar va uzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, siyosiy va iktisodiy
diplomatik munosabatlarni chukurlashtirish uchun asos yaratdi. Xalqaro ekspertlarning ta’kidlashicha,
Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlar BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari global
dasturi bilan uyg’undir. Harakatlar strategiyasi - bu BMT Barkaror rivojlanish maqsadlarini amalga
oshirish bo’yicha O’zbekistonning yo’l xaritasidir.
Shunga asosan, O’zbekiston tashki siyosiy faoliyatida,
jahonnning rivojlangan mamlakatlari va xalkaro tashkilotlari xususan, BMT bilan munosabatlarida yangi
sahifa ochildi.
2017 yil 19 sentyabrda Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mir-ziyoyev AKShda bulib, BMTning 72-
sessiyasida nutk suzladi. Mazkur nutk Uzbekistonning BMT doirasidagi xalkaro tashabbuslarida yangi
tenden-siyalarni namoyon qildi. Uzbekiston Prezidenti uz nutkida mamlakat ijtimoiy-iktisodiy, siyosiy v a
madaniy xayotidagi uzgarishlar xam da anik va asosli manbalarga ega bir nechta tashabbuslarni ilgari
surdi. Ya’ni globallashuv va axborot kommunikasiya texnologiyalari jadal rivojlanib
borayotgan bugungi
sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga karatilgan umumlashtirilgan xalkaro
xuku kiy xujjat - BMTning Yoshlar xukuklari to’g’risidagi xalkaro konvensiyasini ishlab chikish, BMT
Bosh Assambleyasining «Ma’rifat va diniy bag’rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini kabul
kilish, BMT Xavfsizlik Kengashini boskichma-boskich isloh kilish, kabi global xarakterdagi takliflari
jaxrn jamoatchiligida katta kizikish uyg’otdi. Xususan, O’zbekiston Prezidenta Sh.Mirziyeyovning
mazkur nutki mavjud muammolarga maxalliy, mintakaviy va global darajada axamiyat qaratilib, ularning
yechimiga pragmatik yondashilganligi bilan aloxida ahamiyat kasb etdi.
O’zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi davlatlari bilan aloqalari
Xozirda jahonda turli xil xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar mavjud bo’lib, ularning
orasida Mustaqil
Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) o’ziga xos ko’rinishga ega.1991 yil 8-dekabrda Minskda – Rossiya,
Ukraina va Belorus rahbarlarining uchrashuvida Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) ni tuzish
to’g’risida shartnoma imzoladilar.
Shartnomada1922 yil 30-dekabrda tashkil topgan SSSR tugatilganligi va Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi
(MDH) tashkil etilganligi rasman e’lon qilindi. 1991 yil 25-dekabrda SSSR xalqaro huquq subyekti
sifatida barham topdi va M.S.Gorbachyov Bosh kotib va Prezident lavozimlaridan iste’foga chiqdi.
1991 yil 21-dekabrda Almatida 11 davlat – Rossiya, Ukraina, Belorus, Qozog’iston, O’zbekiston,
Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston, Moldova davlatlari boshliqlarining
Kengashida Belovejskoye Pushche shartnomasi yuzasidan
protokol imzolanib, “Teng huquqli va
ahdlashayotgan oliy tomonlar” maqomida MDH muassisi bo’ldilar. Kengashda Almati Deklarasiyasi
qabul qilindi.
1991-2001 yillarda MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashi bo’lib, ularda hammasi bo’lib
iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy, tashkiliy umumiy sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muhokama
etilgan, tegishli 1400 dan ortiq masalalar muhokama etilib tegishli normaviy,
tavsifiy hujjatlar, bitimlar,
shartnomalar imzolangan. MDHda hamjihatlikni mustahkamlash va rivojlantirish jarayoni davom
etmoqda, yilda bir necha bor sammitlar o’tkazilib kelinmoqda. 2000 yilning o’zida Moskvada ikki marta,
ya’ni 24-25-yanvar hamda 21-iyun kunlari MDH davlat boshliqlarining sammiti bo’lib o’tdi. 2001 yil 29-
30-noyabr kunlari Moskvada MDH tashkil etilgan kunning 10 yilligiga bag’ishlangan yubiley sammiti
bo’lib o’tdi. Sammitda MDH tuzilganligining 10 yilligi munosabati bilan Bayonot imzolandi. Sammit
qatnashchilari Afg’oniston voqyealari to’g’risida ham Bayonot imzoladilar. 2004 yil sentyabr Astanada
bo’lib o’tgan MDH sammitida hamdo’stlikning strukturasini o’zgartirish masalasi ko’rildi. Sammitda
terrorizmga qarshi kurash borasida MDXning “Xavfsizlik kengashi”ni tuzishga qaror qilindi.
Shu bilan bir qatorda MDH a’zolari hamdo’stlikning boshqa yo’llarini topmoqdalar. MDH doirasida bir
necha xalqaro tashkilotlar vujudga keldiki, ularning faoliyati umumiy maqsadlar va
muammolarga
qaratildi. Bunga Kollektiv xavfsizlik to’g’risidagi shartnoma tashkiloti (ODKB) va Yevrosiyo Iqtisodiy
Hamjamiyati (YevrAzES)ni misol qilish mumkin.
1992-yil 20-martda Kiyev shahrida O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o’rtasida
diplomatik munosabatlar o’rnatish to’g’risida Protokol imzolangan bo’lsa,1992-yil 5-mayda Moskvada
O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o’rtasida davlatlararo munosabatlar asoslari
to’g’risidagi Shartnoma imzolandi,1992-yil 22-iyulda esa Toshkentda Rossiya Federasiyasi Bosh vaziri
A.Shoxin boshchiligidagi Rossiya Federasiyasi va O’zbekiston delegasiyalarining muzokaralari bo’lib
o’tdi. Muzokaralar yakunida O’zbekiston Rossiya munosabatlarni rivojlantirishga aloqador qo’shma
axborot imzolangan edi.
1993-yil 26-may kuni I.A.Karimov “Trud” gazetasi muxbirlarining savollariga qaytargan javoblarida
Rossiyaga munosabatini bildirib, quyidagilarni ta’kidladi: "Rossiya biz uchun suv va havodek zarur. Men
rejalashtirish idoralarida ko’p yillar ishlaganman. Aloqalarimiz naqadar kengligini bilaman.Ma’naviy
yaqinligimiz ham juda muhim. Rossiyaning kelajagi buyuk. Azaldan buyuk davlat bo’lib kelgan, tarix
uning o’rnini ana shunday belgilab qo’ygan".
Ikki mamlakat o’rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, parlamentlararo,
samolyotsozlik va madaniyat
sohalarida teng huquqli va o’zaro manfaatli hamkorlik yo’lga qo’yila boshlandi.
O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlik alohida ahamiyatga ega
bo’lib mamalakatlarimiz o’rtasida bu sohani rivojlantirishga oid bir qator amaliy qadamlar tashlandi.
2004 yilda ikki mamlakat o’rtasida mahsulot ayirboshlash 2003 yilga nmsbatan 42,9 foizga oshib, 1641,9
mln AQSh dollarini tashkil etdi. O’zbekistondan Rossiya Federasiyasiga eksport hajmi 57,8 foizga oshib,
724,8 mln AQSh dollarini tashkil etdi, Rossiyadan imtort esa 33,7 foizga ko’payib, 917,1 mln AQSh
dollarini tashkit qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: