128-savol: Samarqandning 2750 yillik yubileyining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi. (I. Karimov,
arxeologik ma'lumotlar, konferentsiya)
Samarqandning 2750 yillik yubileyining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi
Samarqand shahrining 2750 yilligi.
Qadimiy va boy tarixi, betakror madaniyati, buyuk
siymolari bilan jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan
hissa qo‘shgan, milliy davlatchiligimiz va
ma’naviyatimizning ko‘hna beshiklaridan biri bo‘lgan,
noyob tarixiy-me’moriy obidalar, muqaddas qadamjolarni
o‘z bag‘rida asrab-avaylab kelayotgan Samarqand
shahrining 2750 yillik qutlug‘ sanasini 2007 yilda
Mustaqillik umumxalq bayrami bilan bog‘liq tantanalar
kunlarida keng miqyosda nishonlash hamda
yurtdoshlarimiz, xususan, yosh avlodni milliy g‘urur va
iftixor, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash
maqsadida:YUNESKO Bosh konferensiyasining 2005 yil
20 oktabrdagi 33-sessiyasida Samarqand shahrining 2750
yilligini nishonlash va unda YUNESKOning ishtirok etishi
haqidagi qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat
va sport ishlari vazirligi, Respublika “Ma’naviyat va
ma’rifat” markazi, Samarqand viloyati hokimligi hamda
keng jamoatchilikning Samarqand shahrining 2750 yilligini
nishonlash haqidagi taklifi ma’qullansin.Samarqand
shahrining 2750 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish
va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi
tarkibi, tadbirlar dasturi 1- va 2-ilovaga muvofiq
tasdiqlansin.O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport
ishlari vazirligi Samarqand viloyati hokimligi, boshqa
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2006-2007
yillarda Samarqand shahridagi tarixiy obidalarni ta’mirlash,
ijtimoiy hamda kommunal sohasida xizmat ko‘rsatishni
rivojlantirish va obodonlashtirishga doir tadbirlar dasturini3-ilovaga muvofiq amalga oshirsin.
O‘zbekiston Fanlar
akademiyasi, Samarqand davlat universiteti, Madaniyat va
sport ishlari vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi tegishli
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Samarqand shahrida
2007 yil may oyida «Samarqand shahrining umumbashariy
madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o‘rni» mavzusida xalqaro
ilmiy konferensiya tashkil etish, mazkur anjuman ishiga
mamlakatimiz va chet ellardagi taniqli olim va
mutaxassislarni jalb etgan holda, uni har tomonlama yuksak
saviyada o‘tkazish, shu mavzu bilan bog‘liq badiiy-tarixiy
ko‘rgazmalar uyushtirish, konferensiya materiallarini chop
etish va keng yoritish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab
chiqsin va amalga oshirsin.Belgilab qo‘yilsinki, xalqaro
ilmiy konferensiyani o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar
respublika budjeti hisobidan qoplanadi. Samarqand
shahrining 2750 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish
va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi
yilning har choragida o‘tkaziladigan majlislarida tadbirlar
dasturining ijrosini ta’minlash to‘g‘risida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib
borsin.Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga
doir tadbirlar dasturini amalga oshirishda homiy sifatida
qatnashish istagini bildirgan nodavlat va jamoat
tashkilotlari, xorijiy va xalqaro tuzilmalarning tashabbuslari
qo‘llab-quvvatlansin.O‘zbekiston Milliy
teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
va boshqa ommaviy axborot vositalariga Samarqand
shahrining 2750 yilligiga bag‘ishlangan yubiley
tantanalariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan
bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin
Do'stlaringiz bilan baham: |