72
Ko‘chat yetishtiruvchi xo‘jaliklarda
asosan kurtak payvand qi-
lish yo‘li bilan ko‘chat yetishtiriladi. Qisman qishki payvand hamda
yovvoyi daraxtlarning bir yillik shoxlariga iskana va kurtak pay-
vand qilinadi. Bog‘dorchilikda payvandlashning bir necha usullari
mavjud.
Kurtak payvand «okulirovka» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,
grekcha «okulis» ko‘z demakdir.
Shunday ekan bir yillik nov-
daning barg qo‘ltig‘ida joylashgan ko‘z olib payvand qilinadi.
O‘zbekiston sharoitida kurtak payvandni ikki davrda iyulning
oxirgi o‘n kunligidan to 15–20 sentabrgacha davom ettirish
mumkin. Respublikamizning janubiy rayonlarida biroz erta-
roq, shimoliy zonalarida esa kurtak payvand yoppasiga 1 av-
gustdan boshlanadi. Yong‘oq iyun-iyul
oylarida payvand qilina
boshlanadi, xurmo apreldan sentabrning boshlarigacha pay-
vand qilinishi mumkin. Akademik R.R. Shreder nomidagi me-
vachilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tekshirish institutida
kurtak payvandning progressiv usullari
ishlab chiqildi va qulay
muddatlari aniqlandi. Kurtak payvand avgust oyidan oldin qi-
linsa, kurtak tez uyg‘onishi mumkin. Ayrim paytlarda bundan
ertaroq payvand qilinganda undan novda o‘sib chiqa boshlaydi.
Bu novda kech kuzgacha yaxshi chiniqib yetilishi uning uchi
chilpib qo‘yilishi zarurdir.
Olmani iyun oyidan sentabrgacha kurtak payvand qilish
mumkin. Bahorda payvand qilinadigan novdalar kuzda ma’lum
daraxtlardan qirqib maxsus yerto‘la
yoki sovutgich xonalarida
saqlanishi mumkin. Yozda kurtak payvand qilinganda qalam-
chalar ma’lum daraxtlardan ketma-ket olib tavyorlanadi. Qalam-
cha tavyorlanadigan bog‘lardagi daraxtlar nihoyatda saralan-
gan, serhosil, kasallanmagan,
navlari aralashib ketmagan, aniq
bo‘lishi kerak. Olingan qalamchalar bog‘-bog‘ qilib bog‘lanadi.
Kurtak payvand qilingan qismiga taqib payvandtagning ortiq-
cha yer ustki qismini o‘tkir tok qaychi yordamida qirqiladi. Bir
yarim ikki hafta ichida payvandlangan kurtak payvandtag bilan
tutashadi va 10–12 kundan keyin payvand ko‘zdan novda o‘sib
chiqadi. Mana shu davrda boshlang‘ich lenta qirqilib asta-sekin
73
bo‘shatib qo‘yiladi. May oyiga kelganda unmay qolgan ortiqcha
payvandtaglarni olib tashlash kerak.
Yong‘oqni kurtak payvand qilish
boshqa mevali daraxtlardan
birmuncha farq qiladi. Payvandlash uchun Bekichev pichog‘ida
20–25 sm yo‘g‘onlikdagi yong‘oq novdasidan kurtak po‘sti bi-
lan halqa shaklida kesib olinadi. Payvandtagning po‘stlog‘i ham
doira shaklida kesilib, kurtakka qarama-qarshi tomoni uzuna-
siga tilinadi. halqasimon po‘stloq payvandtagdan ehtiyotlik bi-
lan ajratiladi. Novda kurtagi bilan
ajratilgan payvandust tezda
po‘stlog‘i kesilgan payvandtagga ulanadi, ulangan joy bog‘ mo-
yiga botirib olingan doka bilan zichlab bog‘lanadi.
Payvand uchun kerakli ona daraxtlardan bir yillik novdalar qir-
qib keltiriladi va payvand qilish uchun 4–5 mm uzunlikda barg ban-
di qoldirilib, qolgan qismi olib tashlanadi
va namlangan lattalarga
o‘raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: