Payvandtaglarni kurtak payvand qilishga tayyorlash.
Kurtak payvand qilishdan oldin payvandning tanasi yer beti-
dan 15–20 sm balandlikdagi qismi yon shoxchalaridan o‘tkir
bog‘ pichog‘ida yaxshilab tozalanadi va latta bilan artiladi, qa-
tordagi kesaklar ariqqa tushirilib, payvand qilinadigan uchastka
ketma-ket sug‘oriladi. Payvandtag tanasida suv yurishi hamda
po‘stloqning ko‘chishi tezlashadi. Payvandtaglar kurtak payvand
qilinguniga qadar me’yorida o‘sishi yerning puxta tayyorlani-
shiga bog‘liq. Ayrim xo‘jaliklarda payvandtag ekiladigan yerlar
odatda 25–27 sm chuqurlikda haydaladi, urug‘li, danakli meva
urug‘lari ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |