Zang novdalarini bog‘lash. Bahorda tok tuplari-
ni ochish bilan bir vaqtda zang va novdalar simbag‘az va
boshqa simbag‘azlarga ko‘tarib bog‘lanadi. Asosiy zanglar
simbag‘azning ikki tomoniga birinchi va ikkinchi qator simga,
hosil novdalar esa ikkinchi va undan yuqoridagi qatordagi sim-
larga gorizontal holda bog‘lanadi. Novdalar tik bog‘lanmasligi
lozim. Aks holda, uning yuqorisidagi kurtaklar rivojlanib, past-
ki qismi yalang‘ochlanib qoladi. Gorizontal holda bog‘langanda
kurtaklar bir tekisda rivojlanadi. Zang va novdalar chipta kanop
yoki polietilen plyonkadan tayyorlangan tasmalar yordamida
«8» shaklida bog‘lanadi. Bir gektar tokzor uchun 15 kg gacha
bog‘lov materiali sarflanadi.
Tokni simbag‘azda o‘stirish ko‘p ishlarni mexanizatsiya-
lashtirish imkonini beradi. Simbag‘az O‘zbekistonning hamma
uzumchilik tumanlarida keng qo‘llaniladi.