Tok kesish vaqti. Dunyo tokchiligida, shu jumladan, O‘zbe-
kistonda tok tuplari asosan ikki muddatda kuzda ko‘mishdan
oldin (oktabr–noyabrda) hamda bahorda tuplar ochilgach kur-
taklar uyg‘onguncha kesiladi. Kuzgisi dastlab kesish hisoblanib,
bunda novdalar 20–30 foiz ko‘proq qoldiriladi. Bahorgisi uzil-
kesil hisoblanib, bunda shikastlangan va ortiqcha bo‘lgan novda-
lar olib tashlanadi. Tok tajribali ishchilar tomonidan kesiladi.
Bahorgi sovuqlarda zararlangan tok tuplari ularning zararlangan
darajasi aniqlangach, shuningdek, qari toklarni yoshartirishning
maxsus qoidasi asosida kesiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |