140
har biri 2–3 ta kurtagidan kesib qisqartiriladi.
Kesish vaqtida
ko‘chatlarning
sifati tekshiriladi, qurib qolganlari (eskilari),
kasallangan, nimjonlari, shikastlanganlari yoki standart ta-
lablariga javob bermaydiganlari yaroqsiz hisoblanadi. Kesib
bo‘lingandan so‘ng ko‘chatlar nam tuproqqa ko‘miladi.
O‘zbekiston sharoitida tok ekini sug‘orilib yoki sug‘orilmay
o‘stiriladi. jami
tokzorlarning asosiy qismi, ya’ni 70
foizi
sug‘orilib o‘stiriladi. Sug‘oriladigan hududlarda tok uchastka-
sining maydoni 3–5
gektardan, har qaysi kvartal maydoni 25–
50 gektardan kam bo‘lmasligi kerak. Maydonning tekisligiga
qarab uchastkaning uzunligi 100–150 m dan ortiq bo‘lmasligi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: