P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


B I X E V I O R I Z M   ( X U L Q   P S IX O L O G IY A S I)



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet522/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   518   519   520   521   522   523   524   525   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

B I X E V I O R I Z M   ( X U L Q   P S IX O L O G IY A S I)

XIX 


asming oxirida bir qancha Amerika  psixolog va  fiziologlari, jum ­

ladan,  E. Tomdayk (1874-1949), J.  Uotson (1878-1958),  K.  Leshli  (1890- 

1958),  A.  Veys  (1879—1931)  va  boshqalar  empirik  psixologiyani  tanqid 

qilib  chiqdilar.  Ular,  aw alo,  bu  psixologiya  foydalanib  kelayotgan  o'z- 

o'zini  kuzatish  metodi  (subyektiv  metod)  haqiqiy  ilmiy  bilimlar bera  ol­

maydi,  chunki  uning  xulosalari  subyektiv  xarakterga  egadir.  Haqiqiy  il­

miy bilimlar obyektiv va aniq boMmog'i kerak.  Psixologiya falsafaga emas, 

balki  hozirgi  zamon  tabiatshunosligiga  tayanmog'i  va  boshqa  tabiat  fan­

lari,  masalan, fizika, ximiya, biologiya singari, tashqi tajriba dalillari asosida 

ko'rilmog'i  kerak.  Shuning  uchun  ham  psixologiya  o'z-o'zini  kuzatish 

metodini  uloqtirib  tashlashi  va  faqat  obyektiv  (tashqi)  metoddan  foy­

dalanishi  kerak, ya’ni psixik hayotni har kim o‘z-o'zida emas, balki boshqa 

kishilarda  hayvonlarda  tashqi  kuzatish  va  eksperiment  yo'li  bilan 

o'rganmog'i  kerak.  Psixologiya  faqat  obyektiv  metod  qamrab  oladigan 

narsalamigina,  ya’ni  tashqi  sezgi  organlari  yordamida  idrok  qilinadigan 

narsalarnigina  o'rganmog'i  kerak.

Psixik  hayotni  obyektiv  metod  bilan  o'rganishda,  aftidan,  ongning 

subyektiv  hodisalari,  inson  shaxsining  ichki  psixik  kechirmalari  (ya’ni, 

empirik  psixologiya  o'rganishi  lozim  deb  hisoblagan  hodisalar)  qamrab 

olinmay  qolsa  kerak.  Obyektiv  metod  bilan  faqat  organizmning  harakal-




larini,  ya’ni  mimika,  imo-ishoralar,  nutq  va  boshqalarnigina  o'rganish 

mumkin.  Amerika  psixologiyasidagi  bu  oqimning  vakillari  ham  psixolog 

organizmning  faqat  tashqi  ifodali  harakatlarini,  inson  va  hayvon  xulqini- 

gina  o'rganmog'i  kerak,  deb  da’vo  qildilar.

Uotson  shuning  uchun  ham  o'zining  psixologiya  sohasidagi  asosiy 

asarini  «Psixologiya  xulq  haqidagi  fan»  deb  nomladi.  «Bixevior»  degan 

so'z  inglizcha  xulq,  demakdir.  Amerika  psixologiyasidagi  bu  yo'nalish 

shuning  uchun  ham  «bixeviorizm»  («Xulq  psixologiyasi»)  deb  ataladi.

Organizmning turli-tuman  harakatlarini  va  umuman  hayvonlar  ham­

da  inson  xulqini  keltirib  chiqaradigan  sabablar  nimadan  iborat  degan  sa- 

volning  tug'ilishi  tabiiydir.

Biz  odatda,  organizmning  harakatlari  —  mimika,  imo-ishoralar,  nutq 

ichki  ruhiy kechirishlarning  faqatgina tashqi  zohiri  deb  bilamiz.  An’anaviy

—  ratsionalistik  va  empirik  —psixologiya  ham  bizning  harakatlarimizning 

ko'pchiligi ichki psixik kechiriklaming faqat tashqi ifodasidir, deb ta’kidlagan.

Lekin bixevioristlar inson xulqining bunday tushuntirishini ilmiy emas 

deb  rad  qildilar.  Ularning  da’vosiga  ko'ra,  fizik  va  qonuniyatlariga 

bo'ysuninaydigan  fiziologik  jarayonlar  inson  xulqiga  ta’sir  qiladigan  va 

uni  boshqaradigan  hech  qanday  alohida  psixik  faoliyat  yoki  ong  faoliya­

tining  bo'lishi  mumkin  emas.

Psixika va ong haqida Uotson: «Agar bixeviorizm fanda qandaydir ko'zga 

ko'rinarli o'rin olinishini xohlasa (loaqal aniq, obyektiv metod sifatida bo'lsa 

ham),  u  «ong»  tushunchasini  mutlaqo  rad  qilmog'i  kerak.  Ong  va  uning 

tarkibiy  elementlari  — bulaming  barisi  quruq gapdan  iborat»  deb  aytgan.

Shuning  bilan  birga  bixevioristlar psixologiyaning  oddiy  terminologi- 

yasini  ham  uloqtirib  tashlaydilar.  O'sha  Uotsonning  o'zi  yana  shunday 

deydi:  «sezgi,  idrok, diqqat,  iroda, xayol kabi tushunchalardan,  biror kimsa 

to'liq  tushungan  holda  foydalana  olishini  men  mutlaqo  bilmayman  va 

unga  ishonmayman  ham».

Hayvon  va  insonning har bir harakati  tashqi  qo'zg'ovchilarning ta’siri 

tufayli  ro'y beradi.  Inson va hayvonning xatti-harakatlari tashqi ta'sirotlarga 

berilgan  reaksiyalardir,  xolos.  Bu  reaksiyalar  tug'ma  va  turmush  jarayo­

nida  hosil  qilingan  bo'lishi  mumkin.  Tug'ma  reaksiyalarga  reflektor  ha­

rakatlar (instinktlar)  kiradi.  Hosil qilingan reaksiyalarga esa har xil  malakalar 

kiradi.  Masalan,  barcha  irodaviy  harakatlar  nutq  va  boshqa  murakkab 

xulq  shakllari  shunday  harakatlardir.

Bixeviorizmning  asoschisi  Tomdayk  kuzatish  metodi  va  maxsus  eks- 

perimentlar o'tkazish  bilan  hayvonlarda  (asosan,  kalamushlarda)  malaka 

hosil  qilish  jarayonini  o'rgangan.  Torndayk  hayvonlar  psixikasini 

o'rganishdagi  xuddi  shu  obyektiv  metodlarni  inson  psixik  havotini 

o'rganishga  ham  ko'chirish  (latbiq  qilish)  mumkin  deb  hisobladi.  Inson 

xulqi  reaksivnlar yig'indisi sifatida bitta emas, balki butun bir qo'zg'ovchilar




sistemasi  bilan  vujudga  keltiriladi.  Organizmning  javob  harakatlari 

yig'indisini  (xulqini)  ro'yobga  chiqaruvchi  barcha  qo'zg'ovchilarning 

murakkab yig'indisi  bixevioristlar situatsiya  (tashqi  sharoit)  deb ataydilar.

Bixeviorizm  nuqtayi  nazaridan,  inson  xulqi  ong  faoliyati  bilan emas, 

balki  tashqi  qo'zg'ovchilarning  yig'indisini  bo'lgan  situatsiya  bilan  belgi­

lanadi.  Iisonning  psixik  hayoti  butunlay  organizm  reaksiyalarining 

yig'indisiga  tenglashtirib  qo'yiladi.  Psixik  hodisalar,  psixik  jarayonlar 

tushunchalari  o'miga  ham  an’anaviy  psixologik  tushunchalar  hisoblan- 

gan  sezgi,  idrok,  iroda,  xayol, tafakkur kabi tushunchalar o'miga ham har 

xil  nom  olgan  reaksiyalar  ishlatiladi.

Bixeviorizmning  nuqtayi  nazaricha,  psixologiyaning  vazifasi,  awalo, 

organizm  har  xil  qo'zg'ovchilarni  qabul  qilib  olishga  xizmat  qiluvchi  va 

shu  qo'zg'ovchiga javob beruvchi  apparat va mexanizmlami  o'rganishdan 

iboratdir.  Shuning  bilan  birga,  psixologiya  muayyan  reaksiya  tashqi 

muhitning inson organizmiga ta ’sir qilib turgan qanday predmet va hodi­

salari  bilan  ro'yobga  chiqarilishini  ham  o'rganmog'i  kerak.  Binobarin, 

psixologiya  inson  reaksiyalarini  faqat  tasvirlabgina  qolmasdan,  balki 

qo'zg'ovchi  bilan  organizmning  javob  harakati  o'rtasidagi  qonuniy 

bog'lanish  va  munosabatlarni  ham  qidirib  topishi  va  aniqlashi,  xulqning 

situatsiyaga bog'liqligini belgilab berishi lozim.  Bixevioristlaming fikricha, 

tashqi  qo'zg'ovchi  bilan  inson  xulqi  o'rtasida  qonuniy,  faqat  mexanik 

bog'lanish  bor:  qo'zg'ovchi  (situatsiya)  qanchalik  kuchli  va  murakkab 

bo'lsa,  reaksiya  (xulq)  shunchalik  kuchli  va  murakkab  bo'ladi  va  aksin­

cha,  qo'zg'ovchi  (situatsiya)  qanchalik  kuchsiz  va  oddiy  bo'lsa,  reaksiya 

(xulq) shunchalik kuchsiz va oddiy bo'ladi.  Demak, bixeviorizmning asosiy 

qoidalaridan  biri  shuki,  inson  xulqi  hamma  vaqt  muhit  bilan  qat’iy  mu- 

vozanatda  bo'ladi.

Bixevioristlaming ta ’limotiga  ko'ra,  inson  shaxsi  faqat  organizm  yoki 

aniqroq  qilib  aytganda,  eng  murakkab  mashina  bo'lib,  u  o'zining  barcha 

(elementar  yoki  murakkab)  harakatlari  bilan  muhitning  shart-sharoitlari 

va  o'z  organizmining  strukturasi  bilan  qonuniy  ravishda  belgilangan 

(determinlangan)dir.

Insonning  butun  faoliyati,  uning  butun  xulqi  harakatlardan  iborat 

bo'lgan  fizik,  mexanik jarayon  deb  qaraladi:  insonning psixik  hayoti  nerv 

sistemasida,  mushak va  ichki  sekretsiya  bezlarida  ro'y  beradigan  harakat 

va  o'zgarishlarga  tenglashtirib  qo'yiladi.

Shuning  uchun  ham,  agar  empirik  (subyektiv)  psixologiya  ruhning 

o'zini  o'rganishdan  voz  kechganligi  sababli  uni  ba’zan  «ruhsiz  psixologi­

ya»  deb atagan bo'lsalar,  obyektiv psixologiyani  esa «Psixikasiz  psixologi­

ya»  deb  atadilar.

Bixevioristlaming fikricha,  psixologiya ham  nazariy fan sifatida  fizika 

singari, aniq fan bo'lmog'i kerak. Texnika sohasida fizika qanchalik ahami-




yatga  ega  bo'lsa,  ijtimoiy  tuzum  sohasida  psixologiya  ham  shunchalik 

ahamiyatga  ega  bo‘lmog‘i  kerak.  Uotsonning  fikricha,  psixologiyaning 

oldiga shaxs va  muhitni  shunday tashkil  qilish vazifasi  qo‘yilmog‘i  kerak­

ki,  bu  bilan  jamiyatda  oqilona  va  baxtli  hayot  kechirish  uchun  zaruriy 

shart-sharoitlar yaratilgan  bo'Isin».

Bixeviorizm  nuqtayi  nazaricha,  xususan  psixologiyaning  oxirgi  vazi­

falari  insonning  yoki  butun  bir jamiyat  (sinf)  ning  zaruriy  xulqini  tashkil 

qilishdan  iboratdir.  Psixologiya  u  yoki  bu  odam,  butun  bir jamiyat  har 

qanday sharoitlarda ham qanday xatti-harakat  qilishini  oldindan  mumkin 

qadar aniq va  ilmiy jihatdan  asoslab  aytib  bermog'i  kerak.

Bixeviorizm  nuqtayi  nazaricha, ta ’lim va tarbiya tarbiyalanuvchilar va 

o'quvchilar  ongiga  tarbiyachi  yoki  o'qituvchi  tomonidan  ta ’sir  qilishdan 

emas,  balki  tegishli  situatsiya  (sharoit)  tashkil  qilishdan  iboratdir.

Bu  situatsiya  (qo'zg'ovchilar  va  stimullar  yig'indisi)  orgahizmga  be­

vosita  ta’sir  qilib,  inson  xulqini  kerakli  yo'nalishda  shakllantirmog'i  ke­

rak.  Ta’lim  va  tarbiya jarayonining  o'zi  esa,  kerakli  malakalar  (ichki  va 

tashqi  harakatlar)  hosil  qilishga  tenglashtirib  qo'yiladi,  boshqacha  qilib 

aytganda,  ta’lim  va tarbiya jarayoni  pressirovkadan  iborat  qilib  qo'yiladi.




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   518   519   520   521   522   523   524   525   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish